Igamov Sobir Salimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarni shakllantirishning innovatsion texnologiyalari”, 13.00.01–Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1. PhD/Ped1232.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Qo‘ysinov Odil Almuratovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov A’lamjon Amrilloevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent; Shomirzaev Maxmatmurod Xurramovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion texnologiyalarini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish tuzilmasi motivatsion-emotsional, faoliyatli, kognitiv komponentlarning klasterli yondashuv bilan gorizontal va vertikal integratsiyasining o‘quv elementlariga maqsadli yo‘naltirishga doir didaktogen identifikatsiyasi natijaviyligini ta’minlash asosida aniqlashtirilgan;
o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning reproduktiv, produktiv va kreativ mezonlari va kritik, adaptiv, maqbul ko‘rsatkichlari Blum taksonomiyasiga muvofiq o‘quv faoliyatidan kutiladigan natijalarni transformatsion ijodkorlikning milliy o‘zlikni anglash, yaratuvchanlik, innovatsion fikrlash indikatorlari bilan ayniylik va nisbiylik darajalarini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish orqali ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish modelining amaliy yo‘naltirilgan komponenti kreativ ta’lim muhiti sharoitida jadal moslashuvchan va sinektik tavsifga ega interfaol o‘qitish texnologiyalarini bosqichma-bosqich qo‘llash algoritmini lokal-modulli tarzda ishlab chiqish orqali takomillashtirilgan;
o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish asosida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlari mualliflik yondashuvi asosida ishlab chiqilgan “Etalon” texnologiyasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan ijodiy mashqlar va muammoli videotopshiriqlar, algoritmik xaritalarni “Technology crafts” elektron tizimi orqali kreativ tafakkurni rivojlantirish jarayonlariga produktogen ta’sir darajasini intensiv kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning innovatsion texnologiyalari bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida o‘quvchilarda ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish tuzilmasini kognitiv, motivatsion-emotsional, faoliyatli, kognitiv komponentlarning klasterli yondashuv bilan gorizontal va vertikal integratsiyasini o‘quv elementlariga maqsadli yo‘naltirishga doir didaktogen identifikatsiyasi natijaviyligini ta’minlash asosida aniqlashtirishga doir takliflardan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining Davlat ta’lim standartlarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi ta’limi vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 02-02/3-2428-son ma’lumotnomasi). Natijada, texnologik ta’lim jarayonida o‘quvchilarda ijodiy kompetensiyalarni shakllantirish mazmunini takomillashtirishga erishilgan;
o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish mezonlari va ko‘rsatkichlarini aniqlashtirish, dars va darsdan tashqari ishlar jarayonida o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish orqali ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirish modelining amaliy yo‘naltirilgan komponentini kreativ ta’lim muhiti sharoitida jadal moslashuvchan va sinektik tavsifga ega interfaol o‘qitish texnologiyalarini bosqichma-bosqich qo‘llash algoritmini lokal-modulli tarzda ishlab chiqish orqali takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan 5-7 sinf texnologiya fani darsliklarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi ta’limi vazirligining 2021 yil 21 sentyabrdagi 02-02/3-2428-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish jarayonida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan;
o‘quvchilarni xalq hunarmandchiligiga o‘rgatish asosida ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishning tashkiliy-pedagogik shart-sharoitlarini mualliflik yondashuvi asosida ishlab chiqilgan “Etalon” texnologiyasiga asoslangan holda ishlab chiqilgan ijodiy mashqlar va muammoli videotopshiriqlar, algoritmik xaritalarni “Technology crafts” elektron tizimi orqali kreativ tafakkurni rivojlantirish jarayonlariga produktogen ta’sir darajasini intensiv kengaytirish orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan PZ-2014-0912150534. “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mehnat ta’limi fanini mazmunan modernizatsiyalash hamda ta’lim sifati va samaradorligini oshirish texnologiyalari” (2015-2018 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zR Vazirlar Mahkamasini huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 2022 yil 12 yanvardagi 03-06-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarda ijodkorlik kompetensiyalarini shakllantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan.