Valixanova Nigora Abdukaxxorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish», 13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD /Ped1644
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Hakimova Muhabbat Fayzievna, pedagogika fanlari doktori, professor, Isakulova Nilufar Janikulova, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish modeli mutaxassislik fanlari o‘quv bloki moduliga sub’ektning kognitiv-faoliyatli psixologik, motivatsion-qadriyatli pedagogik hamda texnik-texnologik tashkiliy komponentlarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligi o‘quv jarayonida elektron o‘quv materiallarini yaratish, Microsoft office paketidan maqsadli foydalanish, infografika ko‘rgazmali didaktik material hamda mul`timediali elektron testlar yaratish asosida takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida elektron ta’lim muhitining dasturiy-metodik ta’minoti tahliliy-sinergetik diagnostik qayta ishlash, o‘quv materiallarini didaktik xususiyatlariga ko‘ra interpretatsiya qilish, pedagogik harakatlar komponentlari tarkibini milliy qadriyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari internet ta’lim resurslarian intensiv foydalanish, elektron ta’lim kontentini yaratish, EDraw Max dasturi, Mind Map dasturiy vositalarining ta’limiy imkoniyatlarini pedagogik muammoli vaziyatlar va didaktik-rolli ishchan o‘yinlarga sinxron-adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish yuzasidan olingan ilmiy natijalar asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish modeli mutaxassislik fanlari o‘quv bloki moduliga sub’ektning kognitiv-faoliyatli psixologik, motivatsion-qadriyatli pedagogik hamda texnik-texnologik tashkiliy komponentlarini bosqichma-bosqich kiritish asosida takomillashtirishga oid xulosa va takliflardan A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich cinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali darc ishlanmalari majmuacini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 sentyabrdagi 02-07-2343/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga boshlang‘ich ta’lim fanini o‘qitishning elektron ta’lim recurclari mazmuni takomillashtirilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligi o‘quv jarayonida elektron o‘quv materiallarini yaratish, Microsoft office paketidan maqsadli foydalanish, infografika ko‘rgazmali didaktik material hamda flaerlarni tayyorlash, mul`timediali elektron testlar yaratish asosida takomillashtirishga oid xulosa va takliflar asosida «Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-091-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining uzluksiz malakasini oshirish uchun www.bsmom.uz sayti yaratilishiga xizmat qilgan;
malaka oshirish jarayonida elektron ta’lim muhitining dasturiy-metodik ta’minoti tahliliy-sinergetik diagnostik qayta ishlash, o‘quv materiallarini didaktik xususiyatlariga ko‘ra interpretatsiya qilish, pedagogik harakatlar komponentlari tarkibini milliy qadriyatlarga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid xulosa va takliflar asosida «Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi» o‘quv qo‘llanmasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 6 oktyabrdagi 522-son buyrug‘i asosida berilgan 522-091-son nashr ruxsatnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining malakasini oshirishda o‘qitiladigan fanlarning metodik ta’minoti takomillashuviga xizmat qilgan;
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining axborot-kommunikatsion kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari internet ta’lim resurslarian intensiv foydalanish, elektron ta’lim kontentini yaratish, EDraw Max dasturi, Mind Map dasturiy vositalarining ta’limiy imkoniyatlarini pedagogik muammoli vaziyatlar va didaktik-rolli ishchan o‘yinlarga sinxron-adaptiv moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar A-1-23 raqamli «Boshlang‘ich cinf o‘qituvchilari uchun mul`timediali darc ishlanmalari majmuacini yaratish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 13 sentyabrdagi 02-07-2343/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga boshlang‘ich ta’lim fanini o‘qitishning innovatsion texnologiyalar bazasi takomillashtirilgan.