Boltaev Baxtiyor Rustamovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘smirlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash yo‘llari (mehribonlik uylaridagi badiiy to‘garaklar misolida)”, 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.1.PhD/Ped1342. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti. 
Ilmiy rahbar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.Ped.02.06.
Rasmiy opponentlar: Xalilov Faxriddin Nuriddinovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Fayzullaeva Gulchexra Sharipboevna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi badiiy to‘garaklarda kuy va qo‘shiqlar ko‘magida mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari orasida millatlararo totuvlik hissini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
badiiy to‘garak o‘quv jarayonlari musiqiy ta’limda hissiy dramaturgiya, kompozisiya yaratish, badiiy matn yaratish, interfaol, umumpedagogik kabi ustuvor metodlarning tarbiyalanuvchilarda o‘zaro totuvlik tuyg‘usini shakllantirishga ta’sirini ochib berish asosida takomillashtirilgan; 
mehribonlik uylarida badiiy to‘garaklar o‘quv tarkibiga milliy va umuminsoniy (yashash tarzi, urf-odatlar, kuy va qo‘shiqlar kabi), diniy (Imom Buxoriĭ va Imom Termiziĭ hadislaridagi odob, pand-nasihat, ŭgitlar) qadriyatlar mazmunini  singdirish asosida o‘smirlarda baynalmilal totuvlik hissini tarbiyalash imkoniyatlari kengaytirilgan;
kuy va qo‘shiqlarning o‘smirlarda o‘zaro uyg‘unlik (do‘stona munosabat, hamkorlikda ishlash, bir birini anglash, xis etish, to‘ldirish kabi) fazilatlariga ta’siri havaskor xor jamoasi faoliyatining jamoa shakllantirish, qobiliyatlarni o‘rganish, qismlarni jamlash, mashg‘ulot, targ‘ibot kabi tashkiliy bosqichlarini aniqlashtirish asosida ochib berilgan;
badiiy to‘garak rahbarlariga qo‘yiladigan talablar psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion, kommunikativ, shaxsiy, texnologik, ekstremal kabi umumpedagogik hamda bilimlilik, qobiliyatlarni aniqlash, uyushtirish, his etish, qadriyatlilik, mehribonlik kabi xususiy kompetensiyalar mazmunini ishlab chiqish asosida belgilangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida o‘smirlarni millatlararo totuvlik ruhida tarbiyalash yo‘llari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari asosida:
mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan har xil millat vakillari farzandlari orasida milliy totuvlik hissini tarbiyalashda erkin tarbiya  va xamkorlik pedagogikasi texnologiyalari ustuvorligini ta’minlashga oid takvsiyalar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda hamda “Maktabgacha ta’limda musiqa tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan. (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi,  Samarqand davlat universiteti kengashining 2019 yil 5 sentyabrdagi 1-sonli qaroriga asosan berilgan 68-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan har xil millat vakillari farzandlariaro milliy totuvlik hissini tarbiyalashda badiiy to‘garaklarning o‘rni va rolini ko‘rsatib berishga erishilgan;
mehribonlik uylari badiiy to‘garaklari misolida tarbiyalanuvchi ruhiyatida millatlararo totuvlik hissini shakllantirish alohida shaxs va jamiyat uchun ahamiyatliligi xalqaro tajribalar asosida dalillashga oid tavsiyalar KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi). Natijada, mehribonlik uylaridagi badiiy to‘garaklar misolida tarbiyalanuvchilar ruhiyatida millatlararo totuvlik hissini shakllantirishning shaxs va jamiyat uchun ahamiyatini aniqlash imkoni yaratilgan;
badiiy to‘garak faoliyatida tarbiyalanuvchilar orasida milliy totuvlik tuyg‘usini shakllantirishga yo‘naltiruvchi interfaol ta’lim metodlaridan foydalanish metodikasini takomillashtirishga oid takliflar PZ-20170923121 raqamli “Shaxs tarbiyasida milliy xususiyatlarni tadqiq etishning metodologik asoslarini takomillashtirish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni amalda bajarishda hamda “Maktabgacha ta’limda musiqa tarbiyasi” nomli o‘quv qo‘llanmani yaratishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi, Samarqand davlat universiteti kengashining 2019 yil 5 sentyabrdagi 1-sonli qaroriga asosan berilgan 68-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, badiiy to‘garak faoliyatida tarbiyalanuvchilar orasida milliy totuvlik tuyg‘usini shakllantirishga yo‘naltiruvchi ta’lim metodlarini aniqlash va ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlashga erishilgan;
mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilariaro milliy totuvlik hissi shakllanishida to‘garak rahbari kasbiy kompetentliligi xususiyatlari bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar KA-1-003 raqamli “Yoshlarda vatanparvarlik dunyoqarashini shakllantirishning ilmiy-pedagogik texnologiyalari yagona tizimini ishlab chiqish” nomli grant doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 9 dekabrdagi 02-07-3973/04-son dalolatnomasi). Natijada, badiiy to‘garaklarda tarbiyalanuvchilararo milliy totuvlik hissini shakllantirishda to‘garak rahbari kompetentliligiga xos bo‘lgan xususiyatlarni aniqlash imkoni yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish