Anarbaeva Fotima Urazalievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Ochiq kodli platformalar asosida elektron ta’lim metodikasini takomillashtirish (nomutaxassislik yo‘nalishlari misolida)» 13.00.06 - Elektron ta’lim nazariyasi va metodikasi. 
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped295 
Ilmiy rahbar: Maxmudov Abdulxalim Xamidovich, pedagogika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01 raqamli Ilmiy  kengash.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, dotsent, Mamatov Dilmurod Normurotovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim tizimida  ochiq kodli platformalar asosida  elektron ta’lim  metodikasini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni masofaviy ta’lim tuzilmalarining qonuniyligi, madaniy-generativ, ijtimoiy-universal, shaxsiy yo‘nalishlarining izchilligi prinsiplarini masofaviy ta’lim texnologiyalarining sub’ektivligi ochiq ta’lim resurslariga moslashtirish asosida takomillashtirilgan; 
elektron ta’lim metodikasiga qo‘yiladigan pedagogik talablar masofaviy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini mantiqiy-semiotik modellashtirish va  elektron ta’lim resurslaridan ratsional foydalanish, o‘quv axborotlarini sinxron uzatish va funksional boshqarish, tarmoqlararo kasbiy hamkorlik jarayonini bosqichma-bosqich intensivlashtirish asosida takomillashtirilgan;
ochiq kodli platformalar asosida elektron ta’limni rivojlantirish  texnologiyasi kasbiy mukammallik, ijtimoiy moslashuvchanlik ehtiyojlarni qondirish, yangi o‘quv sharoitlariga kirishish jarayonini yaxlitlikda sintaktik ifodalash hamda o‘zi-o‘zini muntazam nazorat qilish kabi shaxsiy sifatlarni kiritish asosida takomillashtirilgan.
elektron ta’lim metodikasini takomillashtirish modeli masofali ta’lim strukturasi va arxitekturasi, samaradorlikni aniqlash mezonlari hamda Moodle platformasi ko‘rsatkichlari  masofaviy ta’lim olish imkoniyatlarini joriy etishga qaratilgan faoliyatli yondashuv asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Elektron ta’lim tizimi metodikasini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
axborot-ta’lim muhitini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim jarayoni masofaviy ta’lim tuzilmalarining qonuniyligi, madaniy- generativ, ijtimoiy-universal, shaxsiy yo‘nalishlarining izchilligi prinsiplarini masofaviy ta’lim texnologiyalarining sub’ektivligi ochiq ta’lim resurslariga moslashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4865-son ma’lumotnomasi). Natijada “Axborot texnologiyalari” fani mazmuni va tashkiliy tuzilmasini shakllantirish asosida elektron ta’lim metodikasi samaradorligini oshirishga erishilgan;
elektron ta’lim metodikasiga qo‘yiladigan pedagogik talablar masofaviy ta’lim jarayonida axborot texnologiyalarini mantiqiy-semiotik modellashtirish va  elektron ta’lim resurslaridan ratsional foydalanish, o‘quv axborotlarini sinxron uzatish va funksional boshqarish, tarmoqlararo kasbiy hamkorlik jarayonini bosqichma-bosqich intensivlashtirish asosida takomillashtirishga oid takliflar 16/19-F raqamli “Milliy elektron hukumat muhiti xizmatlaridan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-tadqiqot masalalari “Igov – maslahat-muhokama-monitoring” tizimini ishlab chiqish va uning tadbiqi” nomli amaliy tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4865-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron ta’lim metodikasiga doir pedagogik faoliyat samaradorligi oshirilgan;
ochiq kodli platformalar asosida elektron ta’limni rivojlantirish  texnologiyasi kasbiy mukammallik, ijtimoiy moslashuvchanlik ehtiyojlarni qondirish, yangi o‘quv sharoitlariga kirishish jarayonini yaxlitlikda sintaktik ifodalash hamda o‘zi-o‘zini muntazam nazorat qilish kabi shaxsiy sifatlarni kiritish asosida takomillashtirishga oid takliflar PZ-2014-0910154408 raqamli “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida axborot-kommunikatsion muhitni yaratish va amaliyotga tatbiq qilish” mavzusidagi amaliy loyihani bajarishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4865-son ma’lumotnomasi). Natijada “Axborot texnologiyalari” fanidan masofali kurs yaratish metodikasi asosida boshqa fanlar bo‘yicha masofali kurslarni yaratish metodikasi ishlab chiqilgan;    
elektron ta’lim metodikasini takomillashtirish modeli masofali ta’lim strukturasi va arxitekturasi, samaradorlikni aniqlash mezonlari hamda Moodle platformasi ko‘rsatkichlari  masofaviy ta’lim olish imkoniyatlarini joriy etishga qaratilgan faoliyatli yondashuv asosida takomillashtirish bo‘yicha olingan xulosalar Tempus Project 544161-TEMPUS-1-2013-I-UK-TEMPUS-JPCR Aston University "Developing the Teaching of European Languages: Modernising Language Teaching through the development of blended Masters Programmes" nomli amaliy tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 20 noyabrdagi 89-03-4865-son ma’lumotnomasi). Natijada elektron ta’lim metodikasining ta’lim samaradorligini aniqlash mezonlari va ko‘rsatkichlarini o‘zaro integrallash asosida rivojlantirish orqali ta’lim sifati va samaradorligini yanada oshirishga imkoniyatlar yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish