Raximova Xolisxon Maqsudovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «O‘rtacha sho‘rlangan agrotsenozda  soya navlarini rivojlanishi, hosildorligi va tuproq unumdorligiga ekologik ta’sirini baholash», 03.00.10 – Ekologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/V492.
Ilmiy rahbar: Yormatova Dilarom Yormatovna, qishloq ho‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/30.04.2021.B.79.01.
Rasmiy opponentlar: Shamuratova Nagima Genjemuratovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professori; Absattarov Nietbay Allabergenovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent. 
Yetakchi tashkilot: Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida soya navlarini rivojlanish biologiyasi, hosildorligi va tuproq unumdorligiga ekologik ta’sirini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatining o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarida soya navlarining ekologik omillarga chidamliligi, hosildorligi va ekologik barqarorligi baholangan;
soya navlarida sodir bo‘ladigan fiziologik va biokimyoviy jarayonlarga atrof-muhit omillarining ta’siri va biologik azot to‘planish jarayoni baholangan;
soya o‘simligining er ustki biomassasi to‘planish dinamikasiga va barg sathi indeksi o‘zgarishiga ekologik omillar ta’siri va ular orasidagi korrelyasion bog‘liqlik aniqlangan; 
ekologik omillarning maqbul ta’sirini hisobga olgan holda sho‘rlangan tuproqlarda ekiladigan soya o‘simligining hosildorlik darajasi aniqlangan va iqtisodiy samaradorlik ko‘rsatkichlari baholangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Xorazm viloyati o‘rtacha sho‘rlangan tuproq-iqlim sharoitida soya navlarini rivojlanish biologiyasi, hosildorligi va tuproq unumdorligiga ekologik ta’sirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqlimi issiq, o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda soya navlarini ekish yordamida tuproq unumdorligini saqlash, ekologik toza mahsulot olish, ekinlarning hosildorligini oshirish maqsadida maqbul navlarni tanlash va etishtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligi amaliyotida joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 11 avgustdagi  02/027-3283-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyati tuproq iqlim sharoitida dukkakli ekin soya maydonlarini kengaytirish, ulardan yuqori, sifatli hosil olish va tuproq unumdorligini oshirish imkonini bergan;
agrotsenozlardagi ekologik vaziyatni yaxshilash, sho‘rlangan tuproqlarda soya navlarini ekishning amaliy kriteriyalar bo‘yicha ishlab chiqilgan chora–tadbirlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi amaliyotida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining 2021 yil 31 maydagi  02/18-1245-son ma’lumotnomasi). Natijada, Orolbo‘yi mintaqasi o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarida soya navlarining ekologik omillarga chidamliligi, hosildorligi va ekologik barqarorligini aniqlash bo‘yicha ilmiy dasturlar ishlab chiqish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish