Kenjabaev Shokir Abduxalimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon matni
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish usullarini takomillashtirish (biologiya, zoologiya va anatomiya fanlari misolida)”, 13.00.02-«Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (qishloq xo‘jaligi va veterinariya fanlari)» (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: PhD.03/30.12.2019. Ped.78.03.
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Xol Jumaevich, pedagogika fanlari doktori. professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi institutining Toshkent filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand veterinariya medisinasi instituti Toshkent filiali PhD.06/09.07.2020.Qx/V.117.01.
Rasmiy opponentlar: Ro‘zieva Dilnoza Isomjonovna, pedagogika fanlari doktori; Axrarova Fotima Baxromovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish va uni hozirgi bosqichda takomillashtirish asoslarini aniqlash va ulardan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun joriy etish texnologiyalarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitishga doir an’anaviy tajriba o‘quvchilarning formal-mantiqiy fikrlashini rivojlantirish, jamiyatning o‘zgaruvchan talablariga moslashuvchanlik, ingliz tili o‘qituvchilarining nazariy-amaliy tayyorgarligiga yuqori talablar belgilanmaganligi bilan tavsiflanuvchi o‘zgaruvchan beqaror dinamiklik kasb etuvchi tizim ekanligi aniqlashtirilgan;
umumta’lim maktablarida ingliz tilini milliy hunarmandchilik, biologiya, zoologiya va anatomiya fanlariga doir lug‘aviy so‘zlar, atamalarni tarjima qilish va aralash metod orqali o‘zlashtirish jarayonlarining akmelingvistik elementlar bilan aloqadorligini empiriklik darajasini belgilash asosida takomillashtirilgan;
umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha yaratilgan o‘quv mul`timedia materiallaridan foydalanib, veterinariyaga oid terminologik lug‘atni o‘rganishning lingvistik jihatlarini, yangicha xorijiy tillar madaniyatini o‘rganish metodikasi va onlayn ta’limni tashkil etishning alohida tamoyillari ishlab chiqilgan;
umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘qitishning majburiy o‘quv fani sifatida metodologik jihatdan takomillashtirish, o‘quvchi yoshlarda ingliz tili bo‘yicha bilimlarning shakllanish genezisi va amaliyotda qo‘llanilishi ochib berilib, o‘quvchilar malakasini yosh xususiyatlari bo‘yicha bosqichma-bosqich rivojlantirib borish davrlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonning Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlaridagi umumta’lim maktablarida ingliz tilini o‘rgatishda psixolog-pedagog olimlarning ilmiy-ma’naviy meroslaridan foydalangan holda, tarbiyani takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy, metodik natijalar asosida:
o‘quvchilarning lingvistik (nutqiy, til), diskurs (og‘zaki va yozma matn), sotsiolingvistik va ingliz tillarni o‘qitish metodikasi kompetensiyalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ilmiy-tarixiy asoslangan nazariyalardan, umumlashtirilgan xorijlik olimlar tajribalari natijalaridan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2015-2017 yillarda amalga oshirilgan, PZ-2014-0910185149 – son “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida o‘quvchilarning kompetensiyalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi amaliy loyihaga singdirilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 yanvardagi 89-03126- son ma’lumotnomasi). Natijada, ingliz tilini o‘qitish metodikasi, ona tili va adabiyot fanlari misolida yondashuvga asoslangan Davlat ta’lim standartlari va o‘quv dasturlari loyihalarini tajriba-sinovdan o‘tkazish jarayoni uchun nazariy, umumlashtirilgan va metodik materiallar tayyorlashga xizmat qilgan;
9-11-sinflarda ingliz tilini o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv-metodik majmualarining tahliliy materiallaridan hamda 9-11-sinflarda ingliz tilini kommunikativ tarzda o‘qitishga yordamchi (Communicative English)
“S SHARP” dastur mul`timediya o‘quv resurs materiallaridan T.N.Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot institutida 2015-2016 yillarda bajarilgan “Ingliz tilini o‘qitishning samarali metodikasini yaratish va joriy etish” mavzusidagi innovatsion loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 yanvardagi 89-03126-son ma’lumotnomasi); Natijada, 9-11-sinflarda ingliz tilini o‘qitishning samarali metodikasini yaratish monografiyasi hamda mul`timediya o‘quv resurs manbasi takomillashtirilgan;
ingliz tilini o‘qitish metodikasining psixolog-pedagog olimlarning ilmiy-ma’naviy merosidan foydalanib, ularning axloqiy kompetensiyalarini rivojlantirish usullarini xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo‘limi tasarrufidagi Surxondaryo viloyatining Termiz shahridagi 7-, 15-; Sariosiyo tumanidagi 13-; Denov shahridagi 19-; Termiz tumanidagi 16-, 4-; Sho‘rchi tumani 4-; Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi 8-; Kitob tumanidagi 14-; Chiroqchi tumanidagi 6-; Shahrisabz tumanidagi 26-; Qamashi tumanidagi 17-; Yakkabog‘ tumanidagi 22-umumta’lim maktablari amaliyotiga tatbiq qilingan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 9 yanvardagi 89-03126-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida ingliz tilini zamonaviy talablar asosida maxsus amaliy yordamchi manba bilan ta’minlangan.