Aytmuratova Janilsin Jalgasovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: Qoraqalpog‘iston madaniyati taraqqiyotida fan, adabiyot va san’at arboblarining tutgan o‘rni (XX asr ikkinchi yarmi XXI asr boshlari), 07.00.01-O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD/Tar720.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Mustafaeva Nodira Abdullaevna, tarix fanlari doktori (DSc).
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12. 2019.Tar.20.05.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Bazarbaev Raxim Jumanazarovich tarix fanlari doktori (DSc); Xodjametova Gulchira Ilishovna, tarix fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
II. Tadqiqotning maqsadi. XX asr ikkinchi yarmi - XXI asr boshlarida Qoraqalpog‘iston madaniyati taraqqiyotida fan, adabiyot va san’at arboblarining tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
XX asrning 50-80 yillarida markazning qatag‘onlik siyosati va siyosiy tazyiqlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida ilmiy kadrlar tayyorlash tizimiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan bo‘lsa-da, qoraqalpoq adabiyoti, tarixi, tabiiy va tibbiyot fanlar sohasida mahalliy millat vakillarining dastlabki ilmiy maktablari paydo bo‘lganligi dalillangan;
Qoraqalpoq teatr san’atining shakllanishi va rivojlanishida mahalliy dramaturglarning dramatik asarlari teatr repertuarlaridan joy olganligi, ular mazmunida sovet totalitar siyosati ifodalanganiga qaramay, mohiyatan milliy madaniyat hamda urf-odat va an’analarini asrashga qaratilganligi isbotlangan;
Qoraqalpoq adabiyoti rivojida adabiy tanqidiy fikrlarning berilishi muhim ahamiyat kasb etganligi, natijada adabiyotshunoslik sohasida erkin va o‘z ovoziga ega ijodkorlar etishib chiqqanligi, adabiy asarlarda rivojlanish tendensiyalariga urg‘u berilganligi asoslangan;
1980-yillarda qoraqalpoq tasviriy san’atida Orol ekologik muammosi markaziy mavzuga aylanganligi, mustaqillik davrida tasviriy san’atning turli sohalari va janrlari rivojlanib, ona-diyor tabiati, Orol ekologik inqirozi va tarixiy obrazlarni yaratishda ijodiy erkinlik kuchayib, san’atda realizm, dekoratizm va milliy romantizm g‘oyalari mavjud bo‘lganligi dalillangan.
IV. Tadqiqotning natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘istonda madaniyat, fan, adabiyot, san’at arboblarining xizmatiga oid ishlab chiqilgan xulosa va takliflardan:
Qoraqalpog‘iston madaniyati taraqqiyotida fan va san’at arboblarining xizmatin ilmiy va tarixiy faktlar asosida yoritish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar Fanlar ilmiy-tadqiqot Instituti O‘zbekiston Respublikasi Davlat ilmiy-texnik yo‘nalishlari doirasida “FA-IZGOO2 “Qaraqalpaqstan tariyxi (1991-2015-jillar)” kitabin tayarlao‘ hәm baspadan shig‘ario‘” innovatsion loyihaning ijtimoiy-siyosiy yo‘nalishi ma’lumotlarini boyitishda (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq Gumanitar Fanlar ilmiy-tadqiqot Institutining 2021 yil 9 avgustdagi 197/1-son ma’lumotnomasi). Natijada “Qoraqalpog‘iston tarixi” o‘quv kursini o‘qitish va yangi ilmiy bilimlarni rivojlantirish imkonini bergan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Tarixi va madaniyati muzeyida Qoraqalpog‘istonda tasviriy san’atning rivojlanishiga hissa qo‘shgan rassomlar ijodi, san’at arboblari xizmati bo‘yicha ko‘rgazma, ekskurs darslarini o‘tishda va ilmiy-nazariy anjumanlarda (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat Vazirligining 2021 yil 17 avgustdagi 2-03/1406- son ma’lumotnomasi) va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qoraqalpog‘iston Milliy teleradiokompaniyasining «Qoraqalpog‘iston» telekanali orqali namoyish etilgan «Saz sәo‘bet bag‘darlamasi» ko‘rsatuvini tayyorlashda, «Qoraqalpog‘iston» radiokanalining “Meros” eshittirishida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Milliy teleradiokompaniyasining 2021 yil 12 avgustdagi 01-02/392-son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq madaniyatining rivojlanishiga hissa qo‘shgan san’at arboblari, teatr ziyolilari, yakka ijrochilar xizmati, milliy raqs san’atini ma’naviy ko‘rsatgichlar ramzi sifatida ilmiy bilimlarni rivojlantirish va tahlil qilish imkonini bergan.