Urazbaev Akmalbek Aminbaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bug‘doyni turli ekish usulida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi himoya tizimini ishlab chiqish», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Qx58.
Ilmiy rahbar: Po‘latov Zarip Aslamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Amanov Shuhrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Mirzaeva Saidaxon Abdusalomovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli usullardaekilgan bug‘doyzorlar agrobiotsenozida sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarni aniqlash, dala atrofida oldini olish ishlovlarining ahamiyati va so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi samarali kimyoviy vositalarni tanlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor «g‘o‘za-g‘alla» navbatlab ekish tizimida agrobiotsenozda sodir bo‘ladigan entomologik va gerbologik o‘zgarishlari aniqlangan;
kuzgi bug‘doyni etishtirishda zararkunandalardan himoya qilishning xo‘jalik uchun samarador, takomillashgan tizimi ishlab chiqilgan;
erta bahorda bug‘doyzorlar atroflarida o‘tkaziladigan zararkunandalarga qarshi oldini olish ishlovlarining samaradorligi aniqlangan;
istiqbolli insektisidlarni bug‘doyning so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi qo‘llashning maqbul reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Bug‘doyni turli ekish usulida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi himoya tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kuzgi bug‘doyni so‘ruvchi zararkunandalardan himoya qilish uchun «Bagira», «Atilla Super», «Borey», «Agrofos-D», «Imitrin» va «Akito» preparatlari «O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligida ishlatish uchun ruxsat etilgan pestisidlar va agroximikatlar ro‘yxati»ga kiritilgan (Kimyolashtirish va o‘simliklarni himoya qilish vositalari Davlat kimyo komissiyasining 2017 yil 20 sentyabrdagi 2-5-161-son ma’lumotnomasi). Ushbu preparatlar boshoqli don ekinlarida so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi kurashda qo‘llash imkonini bergan;
bug‘doyzor chetlarida erta bahorda zararkunandalarga qarshi kurashda Toshkent viloyati fermer xo‘jaliklarida jami 11900 gektar kuzgi bug‘doy maydonida joriy etilgan («O‘zagrokimyohimoya» aksiyadorlik jamiyatining 2017 yil 25 sentyabrdagi 03-13/1834-son ma’lumotnomasi). Bunda don hosildorligi gektariga o‘rtacha 25-28 foizga oshishiga erishilgan;
bug‘doyning so‘ruvchi zararkunandalarga qarshi samarador «Bagira» 20% s.e.k. insektisidi ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarida 30,1 ming gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 29 sentyabrdagi 07/23-837-son ma’lumotnomasi). Natijada zararkunandalarning miqdori 87,5-94,6 foizgacha kamaygan, gektaridan o‘rtacha 11,1 sentner qo‘shimcha don hosili olingan.