Bao‘etdinov Baxtiyar Otebaevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston bug‘doy agrobiotsenozi zararkunandalarining dominant turlariga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.4.PhD/Qx531.
Ilmiy rahbar: Toreniyazov Elmurat Sheriniyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Maxpuza No‘manovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Meyliev Akmal Xushvaqtovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozida ekilayotgan kuzgi bug‘doy navlarini, zararkunanda turlarini, o‘simliklarning o‘sib rivojlanishiga ta’siri va dalada to‘planishidagi asosiy sababini aniqlash. Biotopda shakllanadigan abiotik va biotik omillarning zararkunandalar rivojlanish dinamikasiga, keltiradigan zarariga, bioekologik rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqligini aniqlash.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qoraqalpog‘iston agroiqlimi xususiyatlariga xos kuzgi bug‘doyning Krosnadarskaya-99, Omad, Asr va Yaksart navlarining o‘sib-rivojlanishida hasharot turlari salbiy ta’sir etuvchi, omil ekanligi aniqlangan;
biotopda paydo bo‘ladigan zararkunandalardan: bug‘doy tripsi (Haplothrips tritici Kurd), bug‘doy shirasi (Schizaphis graminum Rond) va zararli xasva (Eurygaster integriceps Put) asosiy tur hisobida biotsenoz tarkibiga kirib, rivojlanish bioekologiyasi tashqi muhit omillari asosida vujudga kelishi aniqlangan;
tarqalgan zararkunandalarining rivojlanish dinamikasi, zarar keltirish mezoni katta hisoblanib: bug‘doy tripsi 1 o‘simlikda 2,7-27,3 dona ko‘payganda bir tup bug‘doyda 0,21 gr hosilni (6,7 s/ga); bug‘doy shirasi 1 ta o‘simlikda 9,6 dona rivojlanganda 0,40 gr (10,1 s/ga); zararli xasva soni 10 m² maydonda 1-10 dona rivojlanganda 1 m² boshoqlar soni 46,2 donaga, bir boshoqdagi don vazni 0,14 gr, 1000 dona donning vazni 11,1 gr (10,9 s/ga) kamayishi isbotlangan;
kuzgi bug‘doy biotopidagi zararkunandalar sonini boshqarish uchun agrotexnik tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirib, biologik kurash usullari qo‘llanilganda gektaridan 13,7-18,0 sentner hosil himoya qilinadi va bu tadbirning iqtisodiy samaradorligi 1678,0 so‘m/ga tashkil qilishi aniqlangan;
istiqbolli insektisidlarni kuzgi bug‘doyning asosiy zararkunandalariga qarshi qo‘llanilganda xo‘jalik-iqtisodiy samaradorligi 526,5-1341,5 so‘mni tashkil qilib, ishlatilgan 1 so‘m 1,65 so‘mga qoplanib, rentabellik darajasi 74-165 % bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qoraqalpog‘iston agrobiotsenozi kuzgi bug‘doy biotopida zararkunandalarga qarshi kurash tadbirlarini olib borish maqsadida o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
Dalada erta bahordan paydo bo‘lib zarar keltiradigan shiralarga qarshi biolaboratoriyalarda ko‘paytirilgan oltinko‘z entomofagi Chimboy, Kegeyli va Nukus tumani fermer xo‘jaliklarida 578 gektar maydonga joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi «Agrokimyohimoya» AJ tashkiloti 2021 yil 15-fevraldagi 07/145-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ushbu maydonlarda entomofaklar tarqatilganda, zararkunandalarning sonini to‘la boshqarish imkoni bo‘lishi isbotlanib, zararkunanda soni 98,9 % kamaygan va gektaridan 14,7 sentner hosil saqlab qolinib, iqtisodiy samaradorlik gektaridan 1678,0 ming so‘mni tashkil qilgan.
Biotopda erta bahordan hosil yig‘ib olingunga qadar tarqalib zarar keltiradigan bug‘doy tripsi, shira va xasva soni zararlilikning iqtisodiy sonidan ko‘paygan dalalarda respublika shimoliy tumanlari Chimboy, Kegeyli va Nukus tumani fermer xo‘jaliklarida 578 gektar kuzgi bug‘doy dalasida Bagira 20%, Atilla 5%, Atilla super, 10%, Killer neo 10%, Killer ekstra 10%, Dalate 5%, Esfen alfa 5%, Siperfos 55%, Entometrin 25%, Agrofos D 55% li preparatlari qo‘llanilganda OVX-28 traktor purkagichi yoki motorli qo‘l osma purkagichlari yordamida ishlatish samarali ekanligi isbotlandi (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 15-sentyabrdagi 02/013-2525-sonli ma’lumot-nomasi). Natijada zararkunandalar 98,9 % yo‘q etilish hisobidan har bir gektariga 14,7 sentnerdan hosil saqlab qolishga erishilgan. Bug‘doy dalasida maqbul sharoitda qo‘llanilgan kimyoviy preparatlarning iqtisodiy samaradorligi har gektardan 526,5-1341,5 ming so‘mni tashkil qilgan.