To‘ychieva Mahliyo Obidxon qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Elektrokeramika kompozision materiallarining samarali tarkibi va ularni energiya-resurstejamkor olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.07 – Kompozision, lok-bo‘yoq va rezina materiallari kimyosi va texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2445.
Ilmiy rahbar: Tulyaganova Vasila Sunatillaevna, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Talipov Nig‘matilla Xamidovich, texnika fanlari doktori; Bekjanova Gulrux Baxtiyarovna, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Guliston davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: elektrokeramika kompozision materiallarining samarali tarkibi va ularni energiya-resurstejamkor olish texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qorakalpoq tal`kining kimyoviy-mineralogik tarkibi va uni kuydirishda sodir bo‘ladigan faza o‘zgarishlarining mexanizmi hamda pishirish jarayonida protoenstatit-steatit hosil bo‘lishi aniqlangan;
Kattaqo‘rg‘on bentonitini fizik-kimyoviy va texnologik xossalari hamda bentonitni qizdirilgandagi faza hosil bo‘lish jarayoni aniqlangan;
fizik-kimyoviy va texnologik xossalari yaxshilangan past haroratda pishadigan steatitli elektrokeramika kompozisiyaning optimal tarkibi ishlab chiqilgan;
steatitli elektrokeramika kompozisiyasi tarkibida mikrostrukturasi shakllanishining o‘ziga xosligi va faza tarkibi aniqlangan;
shishasimon fazaning steatitli elektrokeramik kompozisiyasining dielektrik xossalariga ta’sir mexanizmi ishlab chiqilgan;
steatitli kompozision elektrokeramika materiallarini ishlab chiqarish texnologiyasi va texnologik reglamenti ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Elektrokeramika kompozision materiallarining samarali tarkibi va ularni energiya-resurstejamkor olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
ishlab chiqilgan magnezial-steatitli kompozision elektrokeramik materiallarning samarali tarkiblari «Olmaliq KMK» AJ «NMvaQQ» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 24 noyabrdagi HA-009605-son ma’lumotnomasi). Natijada, elektrokeramika materiallari bo‘yicha sanoatning xom-ashyo bazasini kengaytirish imkonini bergan;
magnezial-steatitli kompozision elektrokeramik materiallar ishlab chiqarish uchun energiya tejaydigan samarali texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ «NMvaQQ» IIChBda amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 24 noyabrdagi HA-009605-son ma’lumotnomasi). Natijada, fizik-mexanik va elektroizolyasion hususiyatlari yaxshilangan elektrokeramika mahsulotlarini olish hamda «Olmaliq KMK» AJning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini bergan.