Jumaev Rasul Axmatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «In vitroda yaratilgan parazit entomofaglarni g‘o‘za agrobiotsenozidagi ahamiyati», 06.01.09–O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.PhD/Qx72.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Botir Abdushukirovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti va Andijon qishloq xo‘jalik instituti, DSc.27.06.2017.Qx.13.01.
Rasmiy opponentlar: Amanov Shuhrat Baxtiyorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori; Sagdullaev Axror Umarovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: in vitro usulida parazit entomofaglarni (Trichogrammatidae, Braconidae) ko‘paytirish va ularni g‘o‘za agrobiotsenozida tunlamlar sonini boshqarishdagi ahamiyatini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
parazit entomofaglarni in vitro usulida ko‘paytirishda ularga yorug‘lik, havo harorati va nisbiy havo namligi qulay miqdorlarining ta’siri aniqlangan;
in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit entomofaglarning tabiiy populyasiya turlari bilan o‘zaro rivojlanishi aniqlangan;
g‘o‘za agrobiotsenozlarida qo‘llaniladigan ayrim insektisidlarning in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit-entomofag avlodlariga ta’siri aniqlangan;
in vitro usulida ko‘paytirilgan parazit entomofaglarni tunlam zararkunanda turlariga qarshi qo‘llash va ularni biologik samaradorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
In vitroda yaratilgan parazit entomofaglarni g‘o‘za agrobiotsenozidagi ahamiyati bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
trixogramma turlarini (Hymenoptera: Trichogrammatidae) va brakon turlarini (Hymenoptera: Braconidae) in vitro usulida yaratilgan sun’iy oziqalarga Intellektual mulk agentligining ixtiro patentlari (№IAP 2015 0052; №IAP 2016 0343; №IAP 2016 0344) olingan. Buning natijasida trixogramma va brakon turlarini in vitro usulida intensiv ko‘paytirishda samarali bo‘lgan me’yoriy oziqa ko‘rsatkichlariga ega sun’iy oziqa muhitlarini yaratish imkonini bergan;
In vitro usulida ko‘paytirilgan parazit entomofaglar (Trishogramma pintoi, Trichogramma evanescens, Trichogramma chilonis, Bracon hebetor, Bracon juglandis) g‘o‘za va pomidorda g‘o‘za tunlamiga qarshi kurashda jami 32,0 ming gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 27 oktyabrdagi 02/20-5386-son ma’lumotnomasi). Natijada g‘o‘zadan gektardan o‘rtacha 3,3-4,2 sentner, pomidordan esa 26,5-33,7 sentner qo‘shimcha hosil olingan va sarflangan har 1 so‘m xarajat uchun 5-6 so‘mlik mahsulot olishga erishilgan.