Mirzanova Zulfizar Anvarjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mis zavodining konvertor changidan rangli va qimmatbaxo metallarni qayta ishlash texnologiyasini ishlab chiqish», 05.02.01 - Mashinasozlikda materialshunoslik. Quymachilik. Metallarga termik va bosim ostida ishlov berish. Qora, rangli va noyob metallar metallurgiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/T2486.
Ilmiy rahbar: Xasanov Abdurashid Salievich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, “Olmalik kon-metallurgiya kombinati” AJ.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti «Fan va taraqqiyot» DUK, DSc.03/30.12.2019.K/T.03.01.
Rasmiy opponentlar: Abed Nodira Soyibjonovna, texnika fanlari doktori, professor; Tolibov Behzod Ibrohimovich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy  va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mis zavodining konvertor changidan rangli va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mis eritish zavodining mayda zarrachali changining kimyoviy va mineralogik tarkibi ilmiy tahlil etilib, rangli va nodir metallarning eritmaga o‘tish xususiyatlari aniqlangan, undagi mis va rux sul`fatini olish texnologiyasi ishlab chiqilgan;
sul`fat kislotasining maqbul eritmasi yordamida tanlab eritish natijasida qolgan kekni natriy xloridli eritma bilan tanlab eritish orqali qo‘rg‘oshin metallini olish texnologiyasining ko‘rsatkichlari olingan va natijada konvertor changlaridan qo‘rg‘oshinning 85% ni ajratib olish, oltin va kumushning 95% ni kekda qoldirish imkoni mavjudligi aniqlangan;
qo‘rg‘oshinni natriy xloridli eritma tarkibida ushlab turish uchun yuqori haroratdagi fil`tratsiya qilishning ko‘rsatkichlari aniqlangan;
qo‘rg‘oshin karbonatni kuydirish va qo‘rg‘oshin oksid (glet) olishning optimal ko‘rsatkichlari aniqlangan;
mis eritish zavodi konverter mayda zarrachali changgini qayta ishlashning resurstejamkor texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mis zavodining konvertor changidan rangli va nodir metallarni ajratib olish texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mis eritish zavodining mayda zarrachali changlaridan rangli metallarni ajratib olish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 15 dekabrdagi AA-010216-son ma’lumotnomasi). Natijada, konvertor changidan 85,0 % qo‘rg‘oshinni, 96,0-98,0 % mis va 92,0-93,0 % ruxni olish imkonini bergan;
kekdan qo‘rg‘oshinni natriy xlorid tuzi eritmasi bilan tanlab eritish texnologiyasi «Olmaliq KMK» AJ mis eritish zavodida amaliyotga joriy etilgan («Olmaliq KMK» AJning 2021 yil 15 dekabrdagi AA-010216-son ma’lumotnomasi). Natijada, konvertor changini natriy xlorid tuzi bilan yuvish orqali undan 99,0 % tozalikdagi qo‘rg‘oshin metalini ajratib olish imkonini bergan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish