Ziyadullaev Mirjalol Egamberdi o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Xinazolin-4-on va uning 6-almashgan hosilalari sintezi, texnologiyasi», 02.00.03 – Organik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K387.
Ilmiy rahbar: Karimov Rixsibay Quchkarovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simlik moddalari kimyosi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.09.2020.K.82.02.
Rasmiy opponentlar: Ikramov Abduvaxab, kimyo fanlari doktori, professor; Abdugafurov Ibroxim Azizovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xinazolin-4-on va uning 6-almashgan hosilalarini sintez qilish hamda ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor bisiklik xinazolin-4-onni nitrolovchi aralashma (HNO3+H2SO4) ishtirokida nitrolash asosida xinazolin-4-onning 6-holatdagi vodorod atomi nitro guruhga elektrofil almashib 6-nitroxinazolin-4-on sintez qilish usuli ishlab chiqilgan;
xinazolin-4-onni turli qaytaruvchilar bilan reaksiyalarining faollanish energiyalari, kinetik tenglamalari, reaksiya mexanizmi kvant-kimyoviy usullar yordamida nazariy isbotlangan;
6-aminoxinazolin-4-onni turli alifatik karbon kislotalar va aromatik al`degidlar bilan reaksiyalari tadqiq qilingan, mahsulot unumini oshiruvchi turli xil omillarning tabiati va ta’sirining samadorlik va faollik qatori ishlab chiqilgan;
ilk bor xinazolin-4-on asosida yangi “Xinazol” antigel`mint preparatini sintez qilish texnologiyasi yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Xinazolin-4-on va uning 6-almashgan hosilalarini sintez qilish, ularning texnologiyasini yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
6-nitroxinazolin-4-on va 6-aminoxinazolin-4-on tarkibli birikmalarning rentgen tuzilish tahlili natijalari xalqaro Kembridj markaziy kristallografik ma’lumotlar bazasiga kiritilgan (The Cambridge Structural Database, https://www.ccdc.cam, CCDC 2104937, 2104938). Natijada, bazaga kiritilgan yangi moddalar o‘xshash birikmalarni sintez qilish, tuzilishini tavsiflash imkonini bergan;
xinazolin-4-on yordamida antigel`mint xossasiga ega bo‘lgan “Xinazol” preparati sintez qilish va ishlab chiqarish texnologiyasi uchun tashkilot standarti “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan (Ts 03535440-034:2019). Natijada, stimulyator, fungisid, bakterisid va insektisid xossaga ega bo‘lgan yangi preparat ishlab chiqarish imkonini bergan;
xinazolin-4-on asosida sintez qilingan birikmalar chorva mollarida uchraydigan turli zamburug‘ kasalliklariga qarshi yangi antibakterial preparatlari sifatida Samarqand veterinariya ilmiy tekshirish institutida amaliyotda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 02/23-1853 ma’lumotnomasi). Natijada, Fassiolyoz va Moniezios kasalliklariga chalingan mayda shohli hayvonlarning sog‘ayish samaradorligini 92% gacha oshirish imkonini bergan. 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish