Kosimov Xusanboy Xaydarovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Yangi toshtutgich qurilmasi konstruksiyasini yaratish va ishlab chiqarishga joriy qilish” 05.06.02- “To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish” ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.Phd/T1337
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD. 03/30.12.2019.01
Rasmiy opponentlar: Sarimsaqov Olimjon Sharipjanovich, texnika fanlari doktori, professor; Mamasharipov Abdunabi Abdumajidovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)., katta o‘qituvchi.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta xom ashyosi tarkibidagi og‘ir aralashmalarni ajratib olish samaradorligini oshirish, tola va chigit shikastlanishini oldini olish, cho‘ntakdagi og‘ir aralashmalarni uzluksiz ravishda chiqib ketishini ta’minlash uchun toshtutgich qurilmasini yangi konstruksiyasini ishlab chikishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi 
toshtutgich qurilmasi takomillashtirilib elastik qoplamali parrakli baraban o‘rnatilishi hisobiga paxta xomashyosi tarkibidan begona jismlarni ajratib olishga, tola hamda chigitning tabiiy xususiyatlarini saqlab qolishga erishilgan;
toshtutgich ishchi kamerasida paxta xomashyosi tarkibidagi begona jismlarni to‘la ajratish jarayonida elastik qoplamali parrakli baraban va to‘rli yuzani tola va chigitga ta’sir qiladigan ya’ni zarb kuchlari va aerodinamik kuchlarni hisobga olib matematik modeli olingan;
toshtugich qurilmasining kirish quvuri qarshisidagi to‘rli yuzaning elastik asosga o‘rnatilishi hisobiga zarb kuchini kamaytirishga, tola va chigitning shikastlanishini oldini olishga erishilgan; 
toshtutgich qurilmasining ishchi kamerasidan paxta xomashyosi tarkibidagi og‘ir aralashmalarning tashqariga uzluksiz ravishda chiqib ketishini ta’minlovchi moslama yaratilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta havo yordamida tashish jarayonidagi toshtutgich qurilmasini konstruksiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan natijalar asosida:
tadqiqotlar natijasida ishlab chiqilgan yangi toshtutgich qurilmasi “Uchqo‘rg‘on tekstil” MChJga qarashli “Uychi paxta tozalash” korxonasida ishlab chiqarishga joriy etilgan («O‘zbekiston paxta–to‘qimachilik klasterlari» uyushmasining 03/12-251-son ma’lumotnomasi). Natijasida chigitni shikastlanishi 3.6 % dan 3.1 % gacha kamayishiga, mayda iflosliklardan 3,6%dan 3.3 % gacha tozalanishiga va tola bilan chigitning tabiiy xususiyatlarini 0,23% ga saqlashga erishilgan. Natijada toshtutgich ishchi kamerasida paxta xomashyosi tarkibidagi begona jismlarni ajratib olish jarayonida tola va chigitning tabiiy xususiyatlarini saqlash hamda paxta xomashyosi tarkibidagi mayda va og‘ir aralashmalarni tozalash orqali korxonalarda iqtisodiy samara olish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish