Aliyarova Lola Abdijabborovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Issiqxonalarda havoga issiqlik-namlik ishlov berish uchun gelioqizdirish tizimini ishlab chiqish”, 05.05.06-“Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2018.1.PhD/T605.
Ilmiy rahbar: Uzoqov G‘ulom Norboevich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, PhD.03/30.09.2020.T.111.03.
Rasmiy opponentlar: Mirzaev Shavkat Mustaqimovich, texnika fanlari doktori, professor; Axatov Jasurjon Saidovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti.            
Dissertatsiya ishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi past potensialli quyosh qurilmalaridan foydalanib issiqxona havosiga issiqlik-namlik ishlov berish tizimini ishlab chiqish va parametrlarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
quruq-issiq iqlim sharoitida issiqxonalarda talab etiladigan harorat-namlik rejimini ta’minlash uchun ventilyasiya havosiga issiqlik-namlik bilan ishlov beruvchi gelioqizdirish tizimining takomillashtirilgan issiqlik sxemasi ishlab chiqilgan;
issiqxonalarni havosini qizdirish, sovutish, namlantirish, qo‘shimcha issiq suv olish va ventilyasiya havosiga issiqlik-namlik bilan ishlov berish uchun kombinatsiyalashgan suv-havoli quyosh kollektorli va aralashtiruvchi issiqlik almashtirgichli gelioqizdirish qurilmasi ishlab chiqilgan;
atrof-muhit, ichki havo va issiqxona devori konstruksiyasini issiqlik-texnik parametrlarini hisobga olgan holda ventilyasiya havosiga issiqlik-namlik bilan ishlov beruvchi gelioqizdirish tizimli issiqxonaning harorat-namlik rejimini hisoblash imkonini beradigan  matematik model ishlab chiqilgan;
kombinatsiyalashgan suv-havoli quyosh kollektori issiqlik-gidrodinamik rejimlarining tajribaviy tadqiqoti natijalarini umumlashtirish asosida quyosh kollektorining quvurlarida gidravlik qarshilik va issiqlik berish koeffisientini aniqlovchi empirik tenglamalar olingan;
quyosh energiyasining  suvli akkumulyatori asosida ventilyasiya havosini namlantiruvchi issiqlik texnologik qurilma taklif etilgan va energetik samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Issiqxona havosiga issiqlik-namlik bilan ishlov berishning gelioqizdirish tizimini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
havoga issiqlik-namlik ishlov beruvchi kombinatsiyalashgan suv-havoli quyosh kollektorli energiya tejamkor gelioqizdirish tizimi Qashqadaryo viloyatining “Qashqadaryo parnik taraqqiyot invest” MChJ issiqxonasida joriy qilingan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi №02/022-5081-son ma’lumotnomasi). Natijada, foydali maydoni 100 m^2 bo‘lgan issiqxonada bir mavsum davomida 12792÷12800 kVt soat  elektr energiyasi tejalishiga erishilgan.
issiqxona ventilyasiya havosiga issiqlik-namlik bilan ishlov berish uchun kombinatsiyalashgan quyosh kollektorli va aralashtiruvchi issiqlik almashtirgichli gelioqizdirish qurilmasi Qashqadaryo viloyatining “Taraqqiyot sari” MChJ issiqxona xo‘jaliklarida joriy qilingan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi №02/022-5081-son ma’lumotnomasi). Natijada, maydoni 100 m^2 bo‘lgan issiqxonada mavsum davomida 22...25% shartli yoqilg‘i tejalishiga erishilgan;
havoga issiqlik-namlik bilan ishlov beruvchi gelioqizdirish tizimi bir gektar maydonli issiqxonalarda joriy etilgan (Qishloq xo‘jalik vazirligining 2021 yil 15 dekabrdagi №02/022-5081-son ma’lumotnomasi). Natijada, an’anaviy tizimda ishlovchi issiqxonalarga nisbatan  mavsum davomida 377,6 mln. so‘m iqtisod qilish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish