Yuldashev Abduxakim Abdukarimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yog‘-moy korxonalari xomashyo zahirasini boshqario‘ni takomillashtirish”, 08.00.13 – Menejment (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt575.
Ilmiy rahbar: Ziyadullaev Nabi Saidkarimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2020.I.16.02.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxrar Saidaxmedovich iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo texnologiyalari instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yog‘-moy korxonalari xomashyo zahirasini boshqarishni takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmini oshirishda import yog‘-moy xomashyosi hajmi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilish taklif etilgan;
yog‘-moy korxonalarining xomashyo zaxiralarni kamaytirish, saqlash joylari va ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish, noishlab chiqarish operatsiyalar sonini kamaytirishda korxona resurslarini boshqarish (ERP) tizimi asosida boshqarishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«Toshkent yog‘-moy kombinati» AJning ishlab chiqarish samaradorligini davlat-xususiy sheriklik asosida oshirishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarining xomashyo resurslarini xomashyo sarfiga ta’siri e’tiborga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yog‘-moy korxonalari iqtisodiy samaradorligini oshirishda xomashyo boshqaruvini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish hajmini oshirishda import yog‘-moy xomashyosi hajmi uchun bojxona to‘lovlarini to‘lashdan ozod qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 16 yanvardagi PQ-4118-son «Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida»gi qaroriga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2021 yil 30 iyundagi KS/3-639-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etilishi natijasida Qo‘shma korxona shaklidagi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJning xomashyo ta’minoti 14,1 foizga, Xorijiy investorlar ishtirokidagi «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJning xomashyo xomashyo ta’minoti 12,7 foizga oshgan;
yog‘-moy korxonalarining xomashyo zaxiralarni kamaytirish, saqlash joylari va ishlab chiqarish vaqtini qisqartirish, noishlab chiqarish operatsiyalar sonini kamaytirishda korxona resurslarini boshqarish (ERP) tizimi asosida boshqarishning taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabrdagi PF-6079-son «Raqamli O‘zbekiston—2030» strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2021 yil 30 iyundagi KS/3-639-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi Qo‘shma korxona shaklidagi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ va Xorijiy investorlar ishtirokidagi «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJning strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan;
«Toshkent yog‘-moy kombinati» AJning ishlab chiqarish samaradorligini davlat-xususiy sheriklik asosida oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi PF-6096-son “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga kiritilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2021 yil 30 iyundagi KS/3-639-son ma’lumotnomasi). Ushbu ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi Qo‘shma korxona shaklidagi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ va Xorijiy investorlar ishtirokidagi «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJning strategik rivojlantirish dasturini ishlab chiqishda foydalanilgan;
«O‘zyog‘moysanoat» uyushmasi tarkibidagi korxonalarining xomashyo resurslarini xomashyo sarfiga ta’siri e’tiborga olgan holda mahsulot ishlab chiqarishning 2026 yilgacha bo‘lgan prognoz natijalari Qo‘shma korxona shaklidagi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ va Xorijiy investorlar ishtirokida «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJlarning faoliyatiga joriy etilgan («O‘zyog‘moysanoat» uyushmasining 2021 yil 30 iyundagi KS/3-639-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz natijalaridan Qo‘shma korxona shaklidagi «Toshkent yog‘-moy kombinati» AJ va Xorijiy investorlar ishtirokidagi «Yangiyo‘l yog‘-moy» AJlarining 2026 yilgacha mo‘ljallangan rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan.