Sharibaev Nosir Yusupjanovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yarimo‘tkazgichlarda energetik xolatlarning zichligi spektrlarini haroratga bog‘lanishini modellashtirish», 01.04.10–Yarimo‘tkazgichlar fizikasi (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/FM54.
Ilmiy maslahatchi: Gulyamov Gafur, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01.
Rasmiy opponentlar: Mamadalimov Abdugafur Teshabaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Rasulov Rustam Yavkachovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Ayuxanov Rashid Axmetovich, fizika-matematika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yarimo‘tkazgichlarning energetik holatlar zichligini haroratga bog‘liqligini matematik modellashtirish orqali energetik spektrlarini qurishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
energetik holatlar zichligi spektrini harorat va energiyaga bog‘laydigan GN(E,E0,T)-del`ta–funksiyali echimi topilgan;
yaratilgan matematik model yordamida eksperiment natijalarini qayta ishlab, yarimo‘tkazgichlardagi holatlar zichligining spektrlarini tasdiqlovchi yangi uslub ishlab chiqilgan;
kuchli ligerlash yarimo‘tkazgich energetik holatlar spektrini o‘zgartirishi va shu bilan taqiqlangan zonasi o‘zgarishini tushuntiradigan matematik model topilgan;
kuchli ligerlash yordamida energetik holatlar spektri o‘zgargarishi asosida yangi xususiyatli yarimo‘tkazgich materiallar olishni nazariy jihatdan bashorat qilish imkoniyati ochib berilgan;
SixGe1-x qorishma taqiqlangan zona kengligini harorat va konsentratsiya bilan bog‘laydigan matematik model yaratilgan;
SixGe1-x qorishma taqiqlangan zona kengligini haroratga bog‘liqligi spektrini yaratilgan matematik model yordamida qurish uslubi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Yarimo‘tkazgichli materiallarda termodenamik energetik holatlar zichligini haroratga bog‘liqligi asosida:
yarimo‘tkazgichli qorishmalarda taqiqlangan zona kengligini aniqlash matematik modeli Meksika Milliy politexnika instituti «Transporte Mono- y Bipolar en Estructuras Semiconductoras» mavzudagi loyihada SixGe1-x qorishmalar ta’qiqlangan zona kengligini aniqlashda qo‘llanilgan (Meksika Milliy politexnika institutining 2017 yil 15 oktyabrdagi 6171-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash Si0.15Ge0.85 va Si0.2Ge0.8 yarimo‘tkazgichli qorishmalarning taqiqlangan zonalari kengligini aniqlash imkonini bergan;
termodinamik energetik holatlar spektrini haroratga bog‘liqligini hisoblashning matematik modeli Rossiya fundamental tadqiqotlar politexnika instituti «Svetoindusirovannie effekti v asimmetrichnix nanostrukturax» mavzudagi loyihasida yarimo‘tkazgichli birikmalarda taqiqlangan zonasidagi diskret holatlar energetik o‘rnini aniqlashda qo‘llanilgan (RF FAning A. V. Rjanov nomidagi yarimo‘tkazgichlar fizikasi instituti Sibir` bo‘limining 2017 yil 25 sentyabrdagi 15307-46-2433-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash yarimo‘tkazgichli birikmalar taqiqlangan zonasidagi holatlarni aniqlash xatoligini 0,001 eV gacha tushirish imkonini bergan;
kuchli ligerlangan yarimo‘tkazgichlarda taqiqlangan zona kengligini konsentratsiyaga va haroratga bog‘lanish matematik modeli Dog‘iston Fizika institutida kuchli ligerlangan yarimo‘tkazgichlarda taqiqlangan zona kengligini konsentratsiyaga nisbatan o‘zgarishini hisoblashda qo‘llanilgan (RF FA FDIM Dog‘iston Fizika institutining 2017 yil 16 oktyabrdagi 17241/226-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarni qo‘llash kuchli ligerlangan Si<B,S> va Si<B,Mn> yarimo‘tkazgichlar taqiqlangan zona kengligini haroratga bog‘liqligi spektri 77-300 K harorat oralig‘ida nazariy aniqlash imkonini bergan.