Raxmatov Bektosh Shomurod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yosh taekvondochilarda muvozanat saqlash turg‘unligi va harakat aniqligini vestibulosomatik mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligi”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped.2029.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Yarashev Komil Dehqonovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor;
Rasmiy opponentlar: Xankel`diev Sher Hakimovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Rajabov G‘ulomjon Qurbanbaevich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi yosh taekvondochilarda muvozanat saqlash turg‘unligi va harakat aniqligini vestibulosomatik mashqlar yordamida shakllantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yosh taekvondochilarda muvozanat saqlash turg‘unligini oshirish uchun Apchage, Yopchage usullarini bajarishda tana va uning qismlar holatini harakat yo‘nalishi bo‘yicha yordamchi va rivojlantiruvchi mashqlarni bir oyoqqa tayangan holda belgilangan traektoriya va amplitudada mashg‘ulotga kiritish hisobiga maxsus texnik usullarni bajarish aniqligini rivojlantirish mexanizmi takomillashtirilgan;
yosh taekvondochilarning maxsus texnik usullar aniqligini oshirish uchun fazoda mo‘ljal olish layoqatidan kelib chiqib mushak kuchlanishlarini his qilish imkoniyatlari bo‘yicha muvozanat saqlash qobiliyatini ko‘z nazoratida va ko‘z nazoratisiz aylanma va burilma zarbalarni noqulay bo‘lgan holatda bajartirish hisobiga murakkab vaziyatlardan unumli foydalanish imkoniyati takomillashtirilgan;
15-16 yoshli taekvondochilarda muvozanat saqlash qobiliyatini oshirishda tananing turli qismlarini aylantirish mashqlaridan so‘ng maniken boshiga zarba berishni rivojlantirish mashqlari orqali assimetrik farqni qisqartirish uchun vestibulosamatik mashqlarni statik va dinamik tartibda mashg‘ulotlarga kiritish hisobiga musobaqalashishga bo‘lgan ko‘nikma va malakalari shakllantirilgan;
15-16 yoshli taekvondochilarda maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun keskin kuchlanish bilan bajariladigan tezkor-kuch mashqlarini o‘zgaruvchan yo‘nalish bo‘yicha miometrik (engib o‘tuvchi) va poliometrik (yon beruvchi) tartibda mashg‘ulotga kiritish hisobiga qisqa vaqt ichida katta kuchni (portlovchi kuch) nomoyon etish qobiliyati takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yosh taekvondochilarda muvozanat saqlash turg‘unligi va harakat aniqligini vestibulosomatik mashqlar yordamida rivojlantirish samaradorligi qaratilgan tajribalar asosida:
yosh taekvondochilarda muvozanat saqlash turg‘unligini oshirish uchun (Apchage, Yopchage) usullarini bajarish mexanizmi bo‘yicha takliflar Respublika Olimpiya zahiralari kollejining o‘quv-trenirovkasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 03-17-01/2873 - son ma’lumotnomasi). Natijada texnik usullarni takomillashtirish 14-18%ga yaxshilangan;
yosh taekvondochilarning mahsus texnik usullar aniqligini oshirish uchun fazoda mo‘ljal olish layoqatidan kelib chiqib ko‘z nazoratida va ko‘z nazoratisiz aylanma va burilma zarbalarni noqulay bo‘lgan holatda bajartirish hisobiga murakkab vaziyatlardan unumli foydalanish bo‘yicha takliflar “Taekvondo nazariyasi va uslubiyati” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 434-305-raqamli guvohnoma). Natijada harakat faolligi 17% ga oshirilgan;
15-16 yoshli taekvondochilarda muvozanat saqlash qobiliyatini oshirishda tanani turli qismlarini aylantirish mashqlaridan so‘ng maniken boshiga zarba berish yuuklamasidan kelib chiqib assimetrik farqni qisqartirish uchun vestibulosamatik mashqlarni mashg‘ulotlarda qo‘llash bo‘yicha takliflar Respublika Olimpiya zahiralari kollejining o‘quv-trenirovkasiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 21 iyundagi 03-17-01/2873-son ma’lumotnomasi). Natijada zarba aniqligi 15% ga yaxshilangan;
15-16 yoshli taekvondochilarda maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun o‘zgaruvchan yo‘nalishli darajada keskin kuchlanish bilan bajariladigan tezkor-kuch mashqlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar “Sport pedagogik maxoratni oshirish”(Taekvondo) nomli darslik mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2017 yil 28 iyundagi 434-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan 434-311-raqamli guvohnoma). Natijada harakat faolligi 17% ga oshirilgan.