Qutlimuratov Izzatbek Xushnudovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Chidamkorlikni ustuvor rivojlantirish asosida futbol hakamlarining maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish”, 13.00.04 – Jismoniy tarbiya va sport mashg‘ulotlari nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Ped.1848.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01.
Ilmiy rahbar: Abidov Shavkat Usmonovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Koshbaxtiev Il`dar Axmedovich, pedagogika fanlari doktori, professor; Akramov Jasur Anvarovich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Urgench davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi futbol hakamlarining chidamkorlik sifatini rivojlantirishga qaratilgan yillik mashg‘ulot rejasi va mashqlar majmuasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
futbol hakamlarining maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirish uchun yillik mashg‘ulot siklining umumiy mashqlar hajmidan kelib chiqib o‘yin yuklamasidagi intensiv yugurish mashg‘ulotlarini o‘zgaruvchan mashq metodida standart (aniq belgilangan masofa va vaqtni belgilash) intervallar orqali maxsus tayyorgarlik tizimiga kiritish hisobiga tezkor-chidamkorlik sifatlari takomillashtirilgan;
futbol bo‘yicha bosh hakamlarni yillik tayyorgarlik siklida musobaqa davrining tuzilishi o‘yinlar oralig‘idagi tig‘iz vaqt va ayrim o‘yinlarning uzoq davom etishidan kelib chiqib qo‘shimcha daqiqalarda o‘yin sur’ati bo‘yicha samaradorlikni saqlab qolish uchun konpensatsiyalangan charchoq bosqichida organizmning energetik va funksional salohiyatini tejab ishlatishga qaratilgan “Yo-Yo” mashg‘ulotlarini kiritish hisobiga o‘yin tizginini boshqarish imkoniyati takomillashtirilgan;
futbol hakamlarini maydon bo‘ylab o‘yin davomidagi vaziyatlarni aniqlash jarayonlarga yaqinroq bo‘lishi uchun umumiy va maxsus chidamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan individual va guruhli mashg‘ulotlarni ta’sir etish darajalariga ko‘ra yordamchi hakamlarga “ARIET, CODA” tezlik chidamlilik mashg‘ulotini qat’iy reglamentlashtirilgan metod bo‘yicha kiritish hisobiga mushak faoliyatida jismoniy charchashga qarshi tura olish qobiliyati takomillashtirilgan;
1-2 toifali futbol hakamlarning tayyorgarlik davrida funksional imkoniyatlarini inobatga olgan holda haftalik va oylik mikrotsikllarda takroriy usuldan farqli o‘laroq intervalli sprint mashg‘ulotlarini ishlab chiqish (qisqa masofalarda har bir mashq orasida dam olishni belgilash) hisobiga o‘yin davomida tempni tushirmasdan ish bajarish samaradorligi oshirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Futbol hakamlarining chidamkorligini rivojlantirish orqali maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishga qaratilgan tajriba tadqiqotlari asosida:
futbol hakamlarining yillik tayyorgarlik bosqichlarida innovatsion tehnologiyalardan foydalangan xolda maxsus jismoniy tayyorgarlik darajasini baholashning yangi me`yorlarini ishlab chiqish orqali mahsus chidamkorligi takomillashtirilib taklif va tavsiyalar «Sport pedagogik mahoratini oshirish» (futbol) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-raqamli buyrug‘iga asosan 500-194-raqamli guvohnomasi). Natijada futbol hakamlarining maxsus chidamkorligi 13,5-14,7% ga yaxshilangan;
musobaqa faoliyati tuzilishi asosida futbol hakamlarining maxsus jismoniy tayyorgarligini oshirishga qaratilgan dastur bo‘yicha vositalarining meyoriy ko‘rsatkichlarini optimallashtirish asosida «Sport pedagogik mahoratini oshirish» (futbol) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-raqamli buyrug‘iga asosan 500-194-raqamli guvohnomasi). Natijada futbol hakamlarining chidamkorlikka yo‘nalitirilgan vositalarning tayyorgarlik davrlaridagi optimal me’yorlari 15-20 % hajmda belgilangan;
umumiy va maxsus chidamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan vositalarni ta’sir etish darajalariga ko‘ra taqsimlash orqali guruxli va individual mashg‘ulotlar turli variantlarda futbol hakamlarining o‘quv-mashg‘ulotlari jarayoniga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligining 2021 yil 26 oktyabrdagi 03-17-02/9576-raqamli ma’lumotnomasi). Natijada futbol hakamlarining maxsus jismoniy tayyorgarligi 16,5-17,35% ga yaxshilangan;
futbol hakamlarining mahsus chidamkorligini o‘yin vaziyatlarini modellashtirish asosida rivojlantirish usullarini takomillashtirishga doir materiallar asosida «Sport pedagogik mahoratini oshirish» (futbol) nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligining 2021 yil 23 noyabrdagi 500-raqamli buyrug‘iga asosan 500-194-raqamli guvohnomasi). Natijada hakamlarning o‘yin faoliyatidagi harakat faoliyati samaradorligi 0,60 dan 0,73% gacha oshgan.