Usmonov Sanjarbek Paxlavonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Farg‘ona vodiysi zararli chigirtkalarining bioekologik xususiyatlari va ularga qarshi kurash choralarini takomillashtirish”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx721.
Ilmiy rahbar: Nurjanov Allabergen Abdalyazovich, biologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Maxpuza No‘’monovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Yuldashev Farruxbek Ergashboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vodiysi sharoitida zararli chigirtkalari tur tarkibi, tarqalishi, biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganish asosida ularga takomillashtirilgan qarshi kurash tizimini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona vodiysi agrotsenozlari chigirtkalarning tur tarkibi o‘rganilgan va zararli turlarning bioekologik xususiyatlari hamda populyasiya holati ilmiy asoslangan;
Farg‘ona vodiysi agrotsenozlarida chigirtkalarning 36 ta turi keng tarqalganligi aniqlanib, ularning 14 ta turi dominant bo‘lib, 3 ta tur to‘da hosil qiluvchi, 11 ta tur yakka holda rivojlanuvchi, shundan 7 ta turning keng tarqalganligi aniqlangan. 
Farg‘ona vodiysi sharoitida zararli chigirtkalar 6 ta turining biologik va ekologik xususiyatlari o‘rganilib, rivojlanish fenologiyasi ishlab chiqilgan. 
Farg‘ona vodiysida chigirtka turlarining tarqalagan maydonlari elektron xaritalari Google Eart Pro va Quantum GIS (QGIS) dasturlari asosida ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Farg‘ona vodiysi zararli chigirtkalarining bioekologik xususiyatlari va ularga karshi kurash choralarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalariga asosida: 
Farg‘ona vodiysi viloyatlari agrobiotsenozlarida chigirtkalarning 36 turi tarqalganligi va ularning 14 turi dominant ekanligini aniqlanib, qishloq xo‘jaligi ekinlari atrofi agrobiotsenozlarida uchraydigan chigirtkalar tur tarkibi, ularning dominant va zarar keltiruvchi turlari to‘g‘risidagi Excel 2016 dasturi negizida tayorlangan birlamchi ma’lumotlar bazasi ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi № 02/025-2575-son ma’lumotnomasi). Natijada to‘da hosil qiluvchi 3 ta, yakka holda rivojlanuvchi 3 turning zarar keltirishini asoslab berilgan. 
Zararli chigirtkalarning dominant turlarining biologik va ekologik xususiyatlarini o‘rganib, ularga qarshi kurash choralari ishlab chiqilib, Vodiy viloyatlari hududlarida invaziv turlar kirib kelishi mumkin bo‘lgan hududlar, to‘da hosil qiluvchi chigirtkalar tarqalgan tabiiy o‘choqlar, yakka holda rivojlanuvchi chigirtka turlarining tarqalagan maydonlari elektron xaritalari Google Eart Pro va Quantum GIS (QGIS) dasturlari asosida ishlab chiqilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi № 02/025-2575-son ma’lumotnomasi). Natijada Farg‘ona vodiysi, jumladan Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari “Tut parvonasi va zararli chigirtkalarga qarshi kurash xizmati” tashkilotlarida joriy etilib, zararli chigirtkalar turlari rivojlanishini qisqa va uzoq muddatli bashorat qilish, chigirtkalarga qarshi ilmiy asoslangan kurash tadbirlarini o‘z vaqtida samarali olib borish uchun imkoniyati yaratilgan. 
Farg‘ona vodiysi viloyatlarining tog‘ oldi hamda qir-adirlarida tarqalgan zararli chigirtkalarga qarshi Karat iks 20% sus.k. preparatining 0,0375 - 0,0625 l/ga sarf-me’yorlarida qo‘llanilib, 1800 gektar maydonda joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq ho‘jaligi vazirligining 2021 yil 17 iyundagi № 02/025-2575-son ma’lumotnomasi). Natijada andozada sifatida qo‘llanilgan Atilla super 10 % em.k. preparatiga nisbatan o‘rtacha 97,0% dan yuqori biologik samaradorlikka erishilgan. Ushbu preparat bilan ishlov berilganda gektaridan nazoratga nisbatan 350 kg gacha qo‘shimcha pichan - xashak olishga va 455500 so‘m sof-foyda olishga, sarflangan 1 so‘mning 13,2 martagacha qoplanishi va kurash usulining rentabelligi 132% ni tashkil etishi qayd etilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish