Xayitov Bahodirjon Abdulborievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Biofabrikalarda mum kuyasi qurtini oziqlantirish va undan brakon ko‘paytirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvdan foydalanish”, 06.01.09 - O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.4.PhD/Qx358.
Ilmiy rahbar: Abdullaev Muradjon Tursunovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Maxpuza No‘’monovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Jumaev Rasul Axmatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘simliklarni himoya qilish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi biofabrika sharoitida katta mum kuyasi (Galleria mellonella) qurtini oziqlantirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvdan foydalanib, yangi ozuqa muhitini qurtlarning pushtdorligi, o‘rtacha vazni, yashovchanligiga ta’siri va undan ko‘paytirilgan brakonni (Nabrabracon hebetor Say) dala sharoitida ko‘sak qurtiga (Helicoverpa armigera Hb) qarshi biologik samaradorligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor biofabrika sharoitida katta mum kuyasi qurtlarini oziqlantirish va undan brakon ko‘paytirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvning ishqoriy muhitga (rN=9,5-10) ega bo‘lgan katolit qismidan foydalanishning me’yoriy sharoitlari aniqlangan;
katta mum kuyasi qurtlarini elektrokimyoviy faollashtirilgan suv asosida tayyorlangan turli hil sun’iy ozuqa muhitlarida ko‘paytirilganda ularning yashovchanligi (3,5-5,25%), pushtdorligi (30-50 donaga) va qurtlarning o‘rtacha vazni (3,5-6,1 mg) ortganligi aniqlangan;   
katta mum kuyasi qurtlaridan brakon chiqishi elektrokimyoviy faollashtirilgan suv asosida oziqlantirilganda nazorat variantiga nisbatan  200 dona qurt hisobida X.R.Mirzalieva resepti bo‘yicha 46 dona, O‘HQITI resepti bo‘yicha esa 81,5 donaga ko‘pligi aniqlangan. 
elektrokimyoviy faollashtirilgan vodoprovod suvi (rN=100,5) ishlatilgan X.R.Mirzalieva resepti asosida ko‘paytirilgan brakonni ko‘sak qurtiga qarshi biologik samaradorligi 10-kunda 60,0% va O‘HQITI reseptida esa 66,6 % ni tashkil etgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Biofabrikalarda mum kuyasi qurtini oziqlantirish va undan brakon ko‘paytirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvdan foydalanish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida: 
mum kuyasi qurtini ko‘paytirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvdan foydalanish usuliga Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti (№IAP 05798) olingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi 02/025-3385-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida biomahsulotlar ko‘paytirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvdan foydalanish texnologiyasi amaliyotga joriy etildi;
elektrokimyoviy faollashtirilgan suv asosida tayyorlangan ozuqalarda ko‘paytirilgan katta mum kuyasi qurtlaridan olingan brakonni ko‘sak qurtiga qarshi kurashda Namangan viloyatining Chust tumanidagi Zarafshon, Varzik, G‘alaba MMTP, Namangan tumanidagi Paxtaobod MMTP, Mingbuloq tumanidagi Navoiy, Namangan, Xorazm MMTP hududlaridagi jami 7040 gektar maydonda va To‘raqo‘rg‘on tumani “Qo‘rg‘oncha oq oltini” fermer xo‘jaligining 35 gektarli paxta maydonlarida qo‘llanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi 02/025-3385-son ma’lumotnomasi). Natijada nazorat variantiga nisbatan 3,2-4,5 s/ga qo‘shimcha hosil saqlab qolishga erishilgan; 
“Mum kuyasi qurtini ko‘paytirishda elektrokimyoviy faollashtirilgan suvdan foydalanish usuli” bo‘yicha tavsiyanoma. tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi 02/025-3385-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma 2017 yildan buyon Namangan “Bioservis” MJChda brakon ko‘paytirishda foydalanilmoqda. 
2018 yilda elektrokimyoviy faollashtirilgan suv asosida mum kuyasi qurtini oziqlantirish va undan brakon ko‘paytirish usulini amaliyotga joriy etish bo‘yicha Andijon viloyati Baliqchi tumani “BIO” xususiy ishlab chiqarish biofabrikasida tadqiqotlar o‘tkazilib, 5 mln. dona brakon ishlab chiqarilgan va 3000 gektardan ortiq paxta maydonida ko‘sak qurtiga qarshi kurashda foydalanilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2020 yil 21 oktyabrdagi 02/025-3385-son ma’lumotnomasi). Natijada samaradorlik amaldagi usulga nisbatan 19-20% ni tashkil etgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish