Umarov Suxrob Rustamovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Suv xo‘jaligi tizimida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish», 08.00.04–Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt14.
Ilmiy maslahatchi: Umurzakov Uktam Pardaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.27.06.2017.I.10.03.
Rasmiy opponentlar: Nazarova Fotima Xakimovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdusattorxo‘ja, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ergashev Rahmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand qishloq xo‘jalik instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida suv xo‘jaligi tizimida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy tavsiyalar va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
suv xo‘jaligida innovatsion jarayonlar va innovatsiyalar bozorini shakllantirish, innovatsion infratuzilmalarni rivojlantirish hamda innovatsion salohiyatdan foydalanishga ta’sir etuvchi omillardan foydalanish bo‘yicha ilmiy-nazariy yondashuvlar ishlab chiqilgan;
suv xo‘jaligida innovatsiyalarni joriy etishga kiritilgan investisiyalar natijasida erishiladigan iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari diskontlash imkoniyatlaridan foydalanishni ko‘zda tutgan holda takomillashtirilgan;
tizimdagi mavjud innovatsion salohiyat, intellektual mulk ob’ektlari va tarmoqqa jalb etilgan investisiyalardan samarali foydalanishni ta’minlovchi innovatsion infratuzilmani rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilgan;
suv xo‘jaligi tizimida innovatsiyalarni joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy asoslarini suv resurslarini samarali taqsimlash, suvdan foydalanishning tejamkor rejimi hamda optimal meliorativ tadbirlarni joriy etish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlangan;
tarmoqni innovatsion asosda rivojlantirish tadbirlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning tashkiliy-iqtisodiy yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Suv xo‘jaligi tizimida innovatsion faoliyatni rivojlantirishning ilmiy-amaliy asoslarini takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar asosida:
suv xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish va investisiyalar samaradorligini aniqlashdagi uslubiy yondashuvlar bo‘yicha taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 8 fevraldagi 04/33-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif tarmoqda innovatsiyalarni joriy etish va meliorativ tizimlarni modernizatsiyalashga kiritilgan investisiyalarning iqtisodiy samaradorligini aniqlash imkonini beragan;
suv xo‘jaligini innovatsion rivojlantirish, jumladan innovatsion salohiyat, intellektual mulkdan foydalanish, tarmoqqa jalb etilgan investisiyalardan samarali foydalanish uchun sohada innovatsion infratuzilmani rivojlantirish, ya’ni ilmiy va oliy ta’lim muassasalari qoshida innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi kichik tadbirkorlik sub’ektlarini tashkil etish taklifi (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 8 fevraldagi 04/33-son ma’lumotnomasi). Bu ilmiy muassasa va oliy ta’lim muassasalari qoshida «Kichik innovatsion korxonalar»ni tashkil etish va ushbu korxona faoliyatiga innovatsion faoliyat bilan shug‘ullanuvchi intellektual mulk sohiblarini jalb etish imkonini beragan;
suv xo‘jaligini innovatsion rivojlantirishda tizimni yuqori malakali ilmiy, tashkiliy-boshqaruv va texnologik yo‘nalishdagi kadrlar bilan ta’minlash hamda innovatsiyalarni joriy etishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar Zarafshon irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasida tatbiq etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 8 fevraldagi 04/33-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida Madad suv-JRK suv iste’molchilari uyushmasida suv resurslarini optimal taqsimlash, suvdan foydalanishning optimal rejalari hamda meliorativ tadbirlar asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari hosildorligining 1-2 s/ga oshishi, fermer xo‘jaliklari umumiy daromadlari 76619,4 mln. so‘mni tashkil etishiga olib kelgan. Shu bilan birga, irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari qoshida «Innovatsion rivojlantirish jamg‘arma»larining tashkil etilishi tizimda innovatsion faoliyatni rivojlantirish imkonini beragan;
suv xo‘jaligini innovatsion asosda rivojlantirish tadbirlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash uchun tarmoqda innovatsion siyosatni yuritish tartib va tamoyillari hamda davlat dasturining tadqiqot yo‘nalishlari va suv xo‘jaligida innovatsion tizimni shakllantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha taklifi tatbiq etish uchun qabul qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining 2017 yil 8 fevraldagi 04/33-son ma’lumotnoma). Bu esa tarmoqni innovatsion-investision rivojlantirish samaradorligini oshirishga xizmat qilgan.