Yuldoshev Xojiakbar Toshpo‘latovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Zarafshon daryosi havzasi hovuz baliqchiligi sharoitida chipor do‘ngpeshona va oq amur baliqlarining o‘sishi hamda reproduktiv biologiyasi», 03.00.15 - Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/B517.
Ilmiy rahbar: Kamilov Baxtiyar Ganievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand veterinariya medisinasi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2019.B.02.08 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulxamet Raimberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Sobirov Jobir Jamalovich, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: hovuz baliqchiligi sharoitida oq amur va chipor do‘ngpeshona baliqlarining o‘sishi va reproduktiv biologiyasini asoslashorqali ularni ko‘paytirishni optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jinsiy voyaga etgan oq amur va chipor do‘ngpeshona baliqlarning morfologik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgaruvchanlik aniqlangan;
oq amur va chipor do‘ngpeshona turlari o‘sishning retrospektiv tahlili asosida, tangachalarning qayd qiluvchi tuzilmasi sifatidagi xususiyatlari aniqlangan;
Sirdaryo havzasidan Zarafshon daryosining o‘rta oqimiga ko‘chirilgan baliq turlarining mahalliy iqlim sharoitlarida 8-10 avlod almashinuvidan keyingi o‘sish xususiyatlari asoslangan;
Zarafshon daryosining o‘rta oqimidagi baliq pitomnigi sharoitidagi oq amur va chipor do‘ngpeshona turlarining gonadogenezi, gametogenezi, mutlaq serpushtliligi, jinsiy etilgan va tashlangan ikralarning morfologik xususiyatlari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Zarafshon daryosi havzasi hovuz baliqchiligi sharoitida chipor do‘ngpeshona va oq amurning o‘sishi va reproduktiv biologiyasi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Zarafshon havzasidagiuchta baliqchilik xo‘jaligida oq amur va chipor do‘ngpeshona baliqlarining reprodkutiv ko‘paytirish usullari va ota-ona baliqlar to‘dasini shakllantirishbo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar «Xusniddin oila market baliqchilik» xo‘jaligida amaliyotga joriy etilgan (O‘zbeksiton Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 7 maydagi 02/23-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, mahalliy sharoitda baliqlarni ko‘paytirish mavsumi muvafaqqiyatli o‘tkazilib,inkubatsion qurilmalarda 4 mln donalichinkalar etishtirish imkonini bergan;
oq amur va chipor do‘ngpeshona baliqlarining ishchi serpushtliligi ko‘paytirilib me’yordagi 320-350 ming dona ikradan 450-500 ming dona ikraga etkazish imkoniyati hamda baliq lichinkalarini chavoq holatigacha o‘stirishning biologik asoslari «Xusniddin oila market baliqchilik» va «Halol luqma» baliqchilik xo‘jaliklarida joriy etilgan(O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2021 yil 7 maydagi 02/23-174-son ma’lumotnomasi). Natijada, oq amur va chipor do‘ngpeshona baliqlaridan 120 va 101 kg bir yozlik chavoqlari etishtirish hamda har bir gektardan qo‘shimcha ravishda sof daromad olish imkonini bergan.