Maksudova Laylo Masxutovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘z a’zosining kuyishi bo‘lgan bemorlarni olib borishga zamonaviy yondashuv (klinik-eksperimental tadqiqot)», 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib43.
Ilmiy rahbar: Kamilov Xalidjan Maxamadjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Young Kwang Chu, tibbiyot fanlari doktori (Siolam ko‘z shifoxonasi, Janubiy Koreya); Yusupov Amin Azizovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Vena tibbiyot universiteti (Avstriya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘ruv a’zosining kuyishi bo‘lgan bemorlarni tashhislash, oqibatlarni prognozlash va davolash taktikasiga yondashuvlarni takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
eksperimentda va klinik amaliyotda kimyoviy kuyishlarda ko‘ruv a’zosi zararlanishi xarakteri va reparatsiya jarayonlari o‘rtasida bog‘liqlik aniqlangan;
kimyoviy kuyishlarda ko‘ruv a’zosi destruktiv jarayonlar dinamikasi va gavhar, oqsil parda, shox parda va ko‘zning tomirli pardasi to‘qima antigenlariga (TA) antigen bog‘lovchi limfotsitlar (ABL) ko‘rsatkichlariga bog‘liq ravishda zararlanish morfologik ko‘rinishlari xususiyatlari ochib berilgan;
ko‘z old kesimi strukturalari TA ga ABL darajasining ko‘ruv a’zosi kimyoviy kuyishida zararlanish xarakteri, destruktiv jarayon darajasi va chuqurligi hamda reparatsiyasining holati bilan patogenetik bog‘liqligi isbotlangan;
ko‘ruv a’zosi kimyoviy kuyishlarida reparativ jarayonlar kechishini bashorat qilish, klinik ko‘rinishlar dinamikasi va oqibatini baholash mezonlar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘z kimyoviy kuyishlari bilan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
«Ko‘zning kimyoviy kuyishlari asoratlarini prognozlash, davolash, diagnostika va profilaktikasida yangicha yondashuvlar» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan va sog‘liqni saqlash amaliyotiga tatbiq qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 sentyabrdagi 8n-d/53-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan prinsiplarga rioya qilgan holda ko‘z kuyish kasalligi bo‘lgan bemorlarni kompleks davolash qoniqarsiz natijalar ko‘rsatkichini joylarda 23,5% ga kamaytirish imkonini bergan;
«Ko‘zning kimyoviy kuyishlarida zararlanishning darajasi va chuqurligini prognozlash» ishlab chiqilgan bo‘lib, unga reparativ jarayonlar xarakteri, klinik ko‘rinishlar dinamikasi va ko‘ruv a’zosi jarohatining oqibatini prognozlash mezonlari kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 sentyabrdagi 8n-d/53-son ma’lumotnomasi). Davolash-profilaktika tadbirlarining taklif etilgan kompleksi asoratlar sonini 30% dan 15,8% gacha qisqartirish, ushbu bemorlar guruhini davolash va reabilitatsiyasiga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirish imkonini bergan;
ko‘z kuyishlari bilan bemorlarni olib borish taktikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, xususan, Respublika oftal`mologik klinik shifoxonasi davolash-maslahat faoliyatiga, Navoiy va Jizzax viloyatlari oftal`mologik kasalxonalariga, sanitar gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti klinikasiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 14 sentyabrdagi 8n-d/53-son ma’lumotnomasi). Ko‘z kuyish kasalligi bilan bemorlarga taklif etilgan kompleks yondashuvning qo‘llanilishi davolashning yaqin va uzoq muddatlardagi natijalarini 13,8% ga yaxshilash va hayot sifati darajasi ijobiy ko‘rsatkichini 60,9% dan 77,9% gacha ko‘tarish imkonini bergan.