Xamraeva Gavxar Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ko‘ruv nervi yallig‘lanishi kasalliklarining klinik-tashxisiy xususiyatlari va kompleks davolashni asoslash», 14.00.08 – Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.PhD/Tib48.
Ilmiy rahbar: Kasimova Muniraxon Sadikjanovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Young Kwang Chu, tibbiyot fanlari doktori (Siolam ko‘z shifoxonasi, Janubiy Koreya); Buzrukov Botir Tulkunovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: N`yu-York optometriya kolleji davlat universiteti (AQSh).
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ko‘z klinik-funksional ko‘rsatkichlari asosida kasallik bosqichiga qarab ko‘ruv nervi yallig‘lanishi kasalligining kechish xususiyatlarini aniqlash hamda uni davolash uslublarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
KNYaKning o‘tkir yallig‘lanish bosqichlari atrofiya holatiga o‘tishining ob’ektiv ko‘rsatkichlari chaqirilgan ko‘ruv potensiallari (ChKP) va MR-traktografiya usullari asosida aniqlangan;
MR-traktografiya va ChKP yordamida KNYaKda yallig‘lanish va atrofik jarayonlar uchinchi neyrondan to‘rtinchisiga o‘tishi hamda qaytarib bo‘ladigan yoki qaytarilmas holda kechishi aniqlangan;
kasallik bosqichiga qarab optik kogerent tomografiya (OKT) yordamida to‘r pardaning peripapillyar nerv tolalari qavati, neyroretinal bo‘g‘in va makulyar sohalarining o‘zgarishlari, shu bilan birga ChKP usuli yordamida latentlik va amplituda ko‘rsatkichlari o‘zgarishi aniqlangan;
KNYaKda erta neyroprotektorlar bilan davolash zararsizligi va samaradorligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Ko‘ruv nervi yallig‘lanishi kasalliklarini tashxislashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
ko‘ruv nervi yalig‘lanishi kasalligi bilan xastalangan bemorlarni davolash usulini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida Intellektual mulk agentligining “Ko‘ruv nervi yalig‘lanish kasalliklarini davolash samaradorligini baholash usuli”ga ixtiro patenti olingan (№ IAP 2014 0513; 15.02.2017). Davolash chora-tadbirlari ko‘ruv nervi yalig‘lanishi kasalligi bilan xastalangan bemorlarni shifoxonada davolanish muddatini o‘rtacha 2,5 o‘rin kunga qisqarishiga olib keldi hamda qaytalanishlar sonini 2–3 marta kamaytirish imkonini bergan;
«Optik nevritli bemorlarda juft ko‘zni kasallanishini erta tashxislash» uslubiy qo‘llanma ishlab chiqilib, Respublika oftal`mologik klinik shifoxonasiga, 1-son shahar bolalar shifoxonasiga, Andijon va Samarqand viloyat oftal`mologik shifoxonalariga ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2016 yil 9 dekabrdagi 8N-d/75-son ma’lumotnomasi). Olingan natijalar ko‘ruv nervi yallig‘lanishi kasalliklarini tashxislash sifatini yaxshilash hamda davolash uslublarini optimizatsiyalashga imkon yaratib, ko‘ruv nervi nevritidan keyingi asoratlarning oldi olingan, shuningdek shifoxonada yotish o‘rin kunini 1,7 barobar kamaytirishga erishilgan. Joriy qilingan ko‘z yoshi suyuqligini immunologik tekshirish usulini qo‘llash ko‘ruv nervi yallig‘lanishi kasalliklarini tashxislash sifatini 38 foizga oshirish imkonini bergan.