Mahsudov Shohruxmirzo Abdulhamid o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD)dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Ayollar elkali kiyimlarini avtomatlashtirilgan loyihalash usullarini takomillashtirish” 05.06.04 -Tikuvchilik buyumlari texnologiyasi va kostyum dizayni.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: №B2021.2.PhD/T2310.
Ilmiy rahbar: Abdukarimova Mashxura Abduraimovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti PhD.03/30.12.2019.T.66.01
Rasmiy opponentlar: Alimova Xalima Alimovna, texnika fanlari doktori, professor; Aripdjanova Dilafruz Uktamovna, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ayollar elkali kiyimlari bazaviy asos elementlarini hisoblashni formallashtirish va avtomatlashtirish asosida konstruksiya chizmalari sifatini va yaratish tezkorligini oshirish usullarini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kiyimning yuqori sifatli o‘rnashuvini kafolatlaydigan bazaviy asos konstruksiyasi tayanch uchastkasini ayollar tipaviy qomatlarida elka qiyaligi burchagining o‘lchamlararo o‘zgarish xarakteriga mos holda aniqlash usuli taklif etilgan;
konstruksiya elementlari va parametrlari bog‘liqliklarining eksperimental tadqiqotlari asosida ayollar elkali kiyimlarini  avtomatlashtirilgan loyihalash tizimining kiruvchi ma’lumotlari formalizatsiyasi taklif qilingan;
uchinchi tartibli polinomali splayn interpolyasiyani qo‘llash asosida bazaviy asos konstruksiyasi egri konturlarini loyihalashning analitik usuli  ishlab chiqilgan;
materiallar xususiyatiga ko‘ra berilgan modelning turli o‘lchamlarida elka aylanasiga qo‘shimcha va qiyama kirishtirish me’yorlari doimiyligini ta’minlaydigan eng konstruksiyasi optimal parametrlarini hisoblashning algoritmli echimi taklif etilgan;
konstruksiya chizmalari sifati va yaratish tezkorligini oshiruvchi  ayollar elkali kiyimi bazaviy asos chizmalarini avtomatlashtirilgan loyihalash uslubi va tizimi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ayollar elkali kiyimlarini avtomatlashtirilgan loyihalash usullarini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy va amaliy natijalar asosida:
ayollar elkali kiyimlari bazali asoslarini avtomatlashtirilgan loyihalash tizimi «O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasi tizimidagi korxonalarda, xususan «Ideal tekstil-orzu» MChJda joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 20 oktyabrdagi №03/13-2963 son ma’lumotnomasi). Natijada buyumni loyihalash uchun ketadigan vaqt harajatlarini 23,67%ga qisqartirilgan, mehnat unumdorligi esa 31,16% ga oshirilgan;
eng qiyamasi kirishtirish me’yorlari va gradatsiya sxemasining ilmiy asoslangan parametrlari hamda turli materiallardan turli siluet shakllardagi ayollar bluzkasi modellari uchun «Texnik tavsif» ko‘rinishidagi me’yoriy hujjatlar «Istiqlol Dizayn Markazi» MChJda joriy qilingan («O‘zto‘qimachiliksanoat» uyushmasining 2021 yil 20 oktyabrdagi №03/13-2963 son ma’lumotnomasi). Natijada buyumning qomatda o‘rnashuv sifatining oshishi hisobiga tijoriy jihatdan muvaffaqiyatli ayollar bluzkalarining sotish hajmini 4,4%ga  oshirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish