Qaxorova Nazokat Poyanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turli me’yorlarda ekilgan soyaning ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlash me’rlarining g‘o‘za hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08 - O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.4.PhD/Qx289.
Ilmiy rahbar: Bozorov Xolmurod Maxmudovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Nazarov Renat Saidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Sattarov Mas’udjon Axtamovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qashqadaryo viloyatining cho‘l mintaqasi taqirsimon tuproqlari sharoitida qisqa navbatli almashlab ekishni soya:g‘o‘za (1:1) tizimida asosiy ekin sifatida ekilgan soyani ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini ingichka tolali g‘o‘zaning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Qashqadaryo viloyatining cho‘l mintaqasi taqirsimon tuproqlari sharoitida soya-g‘o‘za qisqa navbatli almashlab ekish tizimida ingichka tolali g‘o‘za hosildorligini oshirishda asosiy ekin sifatida soyaning “Oltintoj” navini maqbul ko‘chat qalinligi 370 ming tup/ga hamda ma’dan o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash me’yori N100P120K100 kg/ga ekanligi aniqlangan;
soyani maqbul ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlash me’yorlarini ta’sirida uning o‘sishi va rivojlanishi, dukkaklar soni quruq massa to‘plashi hosildorligi, moy hamda oqsil miqdori yuqori bo‘lishi kuzatilgan;
ingichka tolali Qashqadaryo-5 g‘o‘za navining ko‘saklar soni, quruq massa to‘plashi, barg yuzasi, hosildorligi, tola chiqishi, 1000 dona chigit massasi, tola uzunligi yuqori bo‘lishiga soyani maqbul ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlash me’yorlari ijobiy ta’sir etganligi aniqlangan;
soyani gektariga 270, 370, 555 ming ko‘chat qalinligi va N100P120K100 kg/ga o‘g‘itlash me’yorlarida parvarishlangandan so‘ng ingichka tolali g‘o‘za etishtirishni iqtisodiy samaradorligi yuqori bo‘lishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qashqadaryo viloyatining cho‘l mintaqasi taqirsimon tuproqlari sharoitida almashlab ekishning soya:g‘o‘za (1:1) tizimida asosiy ekin sifatida ekilgan soyani ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarini tuproq unumdorligi va ingichka tolali g‘o‘za hosildorligiga ta’sirini aniqlash bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
soya:g‘o‘za qisqa navbatlab ekish tizimida asosiy ekin sifatida soyani ko‘chat qalinligi va o‘g‘itlash me’yorini qo‘llash va izdosh ekin sifatida ingichka tolali g‘o‘za parvarishlash bo‘yicha “Soya-g‘o‘za (ingichka tolali) almashlab ekish tizimlarida ekinlardan yuqori hosil etishtirish agrotexnologiyalari bo‘yicha tavsiyalar” (Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlari misolida) ishlab chiqilib, fermer xo‘jaliklariga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentyabr` sanasidagi 02/027-3957-son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklar uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Qashqadaryo viloyatining taqirsimon tuproqlar sharoitida soya-g‘o‘za qisqa navbatli almashlab ekish tizimida soyani ko‘chat qalinligi gektariga 370 ming tup qoldirib, ma’dan o‘g‘itlarni N100P120K100 kg/ga me’yorda qo‘llash agrotexnikasi Koson tumanida 10 gektar, Kasbi tumanida 28 gektar va Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasida 2 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentyabr` sanasidagi 02/027-3957-son ma’lumotnomasi). Natijada 31,4-33,1 s/ga don hosili olinib, rentabellik darajasi 47,0-50,7%ni tashkil qilgan. Ishlab chiqarish sharoitida qo‘llanilayotgan agrotadbirlarga nisbatan 5,8 s/ga qo‘shimcha hosil olingan;
soya-g‘o‘za almashlab ekish tizimida soyani maqbul ko‘chat qalinligi va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlari qo‘llab parvrishlangandan so‘ng ingichka tolali g‘o‘za etishtirish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati Koson, Kasbi tumanlari va Qashqadaryo ilmiy tajriba stansiyasida jami 40 gektar maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 sentyabr` sanasidagi 02/027-3957-son ma’lumotnomasi). Soyadan so‘ng ingichka tolali g‘o‘za parvarish qilinganda o‘simliklarning o‘sib rivojlanishi me’yorida bo‘lib, 42,3-43,8 s/ga paxta hosili olingan va g‘o‘zadan so‘ng ikkinchi yil g‘o‘za ekilganga nisbatan gektaridan 6,1-6,8 s qo‘shimcha hosil olingan. Rentabellik darajasi 32,6-51,8%ni tashkil etgan.