Tojieva Xolida Baxtiyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yuqori sinflarda o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini sharqona o‘qitish asosida o‘rganishning uslubiy tamoyillari”, 13.00.02– Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek adabiyoti).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Ped1995.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Tursunova Mahkamoy, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020 Ped.02.06 kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Mahmudova Muyassar Mahmudovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Niyozmetova Roza Hasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat unversiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini o‘qitishda sharqona usullardan foydalanishning nazariy jihatlarini ochib berish, o‘qitish samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuqori sinflar adabiyot darsligiga kiritilgan o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini tahliliy va sharhli o‘rgatish imkoniyatlari sharqona usullar (“ilmi sharh”, “ilmi tahlil”, “ilmi sanoe’”, “ilmi g‘ariba”)ning uslubiy tamoyillari (tushunish, tahlil qilish, baholash, estetik his qilish)ni belgilash asosida kengaytirilgan;
yuqori sinflarning adabiyot darslarida ta’lim tizimi tarixida alohida o‘ringa ega bo‘lgan “ilmi aruz”, “ilmi sanoe’”, “ilmi qofiya”, “hasbi hol” kabi adabiy-nazariy istilohlarning ahamiyati she’riy janrlar hamda tarixiy manbalar asosida aniqlashtirilgan;
yuqori sinflarda o‘zbek mumtoz adabiyotining she’riy va nasriy namunalarini o‘rgatishda sharqona o‘qitish usullaridan foydalanish metodikasi murakkab so‘z va tushunchalar sharhini berish, baytlar mazmunini ochib berish, shoir kashfiyoti va badiiy san’atlarni qo‘llash mahorati, matndagi polifonik ohangni aniqlash jarayonlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
nasriy va mumtoz she’riy asarlarni o‘rgatish mashg‘ulotlarining o‘quv-uslubiy ta’minoti sharqona o‘qitish bosqichlarida talqin, o‘zaro qiyoslash va ifodalashga oid tavsiyalar asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Umumta’lim maktablarining yuqori sinflarida o‘zbek mumtoz adabiyot namunalarini sharqona o‘qitish usullari asosida o‘rganishning uslubiy tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida:
yuqori sinflar adabiyot darsligiga kiritilgan o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarining mazmun-mohiyati, sharqona usullar (“ilmi sharh”, “ilmi tahlil”, “ilmi g‘ariba”) vositasida o‘rganishning uslubiy (tushunish, tahlil qilish, baholash, his qilish) tamoyillari, “ilmi aruz”, “ilmi sanoe’”, “ilmi qofiya”, “hasbi hol” kabi adabiy-nazariy istilohlarning o‘rni she’riy janrlar hamda tarixiy manbalarga oid takliflardan Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi 187-son qarori bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim o‘quvchilarida shakllantirilishi lozim bo‘lgan fanga oid kompetensiyalarni ishlab chiqishda foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 4 martdagi 02-02/3-693-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumta’lim maktablari yuqori sinf o‘quvchilarning o‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini idrok etish va badiiy asarni tahlil qilish kompetensiyalarida ijobiy natijalar kuzatilgan;
o‘zbek mumtoz adabiyotining she’riy va nasriy namunalarini o‘rgatishda sharqona o‘qitish usullaridan foydalanish metodikasi, murakkab so‘z va tushunchalar sharhini berish, baytlar mazmunini ochib berish, shoir kashfiyoti va badiiy san’atlarni qo‘llash mahorati, matndagi polifonik ohangni aniqlash jarayonlariga oid takliflardan 2020-2021 yillarga mo‘ljallangan F3-202001047-“O‘zbekistonda madrasa ta’lim tizimi elektron portalini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 13 fevraldagi 89-03-4317-son ma’lumotnomasi). Natijada, adabiyot o‘qitishning “ilmi sharh”, “ilmi tahlil”, “ilmi g‘ariba” kabi tarixiy usullarining bugungi kundagi ahamiyatini oshirishga xizmat qilgan;
nasriy va mumtoz she’riy asarlarni o‘rganish mashg‘ulotlarining o‘quv-uslubiy ta’minoti, o‘qitish bosqichlarida tahlil va talqin, o‘zaro qiyoslash va ifodalashga oid amaliy taklif va tavsiyalardan 5111800-Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun “Nutq o‘stirish nazariyasi va metodikasi” nomli darslikni ishlab chiqishda foydalanilgan (Samarqand davlat universitetining 2020 yil 29 sentyabrdagi 2-son qaroriga asosan 216-son guvohnomasi, Samarqand davlat universitetining 2021 yil 5 oktyabrdagi 10-3916-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda nasriy va mumtoz she’riy asarlarni o‘qitish bosqichlarida tahlil va talqin qilish, o‘zaro qiyoslash malakalarini oshirishga erishilgan.