Cultonova O‘g‘iloy Nabievnaning
fan doktori (DSc) dissertatsiya himoyasi haqida

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):   “Texnika oliy ta’lim muassasalarida fizika o‘qitish metodikasini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish”, 13.00.02-Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi (pedagogika fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.DSc/Ped148.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaeva Barno Sayfutdinovna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSs.03/30.01.2020.Ped.26.01.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusuf, pedagogika fanlari doktori, professor; Kamolxodjaev Sharobidin Muxiddinovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Jo‘raev Husniddin Oltinoyevich, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaviy yondashuv asosida oliy muassasalarida fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy texnik ta’lim muassasalarida fizika fanini o‘qitishning metodik tizimi o‘qituvchining innovatsion faoliyati, talabaning mustaqil ta’lim olishi didaktik jarayonining pedagogik-psixologik komponentlarini innovatsion ta`lim muhitida tajriba faoliyati variativligini soddalashtirib borish asosida aniqlashtirilgan;
fizikani o‘qitishning metodik jihatlariga ijodiy yondashuvning tarkibiy qismlari bo‘lajak texnik muhandislarga individual psixologik motivatsion-hissiy va irodaviy xususiyatlari hamda talabaning o‘quv faoliyatini individualligi va variativligiga kasbiy  frontal laboratoriya ishlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
talabalarning fizikadan bilimlari sifatini oshirish modeli fizikaga konseptual asoslarga tayangan holda fizikani o‘qitish jarayonini tashkil etishning metodologik, faoliyatli-texnologik, shaxsiy-natijaviy darajalarining qayta aloqaga kirishuvining intensivligini ta’lim jarayonlarini kasbiy differensiallashtirish asosida takomillashtirilgan;
fizikaga oid motivatsion-qadriyatli, obrazli, amaliy  komponentlari muammoli va kontekstli o‘qitishning eksperimental jihatlarini oshirish, talabalarning o‘zini o‘zi rivojlantirish, eksperimental faoliyatini individuallashtirish hamda o‘zgaruvchanlik muhitini fanlararo praktikum parametrlarini kiritish asosida takomillashtirilgan;
bo‘lajak texnik muhandislarni tayyorlashda fizikadan mustaqil o‘quv faoliyatiga kompetensiyaviy yondashuv o‘qitishning sifati va samaradorligini oshirish istiqbollarini strategik aniqlash asosida takomillashtirilgan, kasbiy fizika kursi bo‘limlaridan laboratoriya ishlarini ilmiy yo‘naltirish, talabalar tomonidan o‘zlashtirish darajasi bo‘yicha aniqlashga qaratilgan baholash mezonlari va modulli o‘qitish indikatorlarini kiritish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida oliy muassasalarida fizika o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga oid tadqiqotning ilmiy natijalari asosida:
bo‘lajak texnik mutaxassislarga fizika o‘qitishning metodik tizimi (maqsad, mazmun, shakl, vosita va metod) ijodiy yondashuv o‘qituvchining innovatsion faoliyati, talabaning mustaqil ta’lim olishi, anglash, xotirada saqlash, olgan bilimlarini amaliyotga qo‘llash tatbiq etish mazmunining tarkibiy qisimlari talaba va o‘qituvchining o‘zaro bog‘liqligi asosida takomilashtirishga oid takliflar asosida “Fizika fanidan savol va masalalar” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356-006 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, fizika o‘qitishning hozirgi xolatini tahlil etish va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni fizika fanini o‘qitishda qo‘llash imkoniyatlarini aniqlashga erishilgan.
bo‘lajak texnik muhandislarga fizika o‘qitishning individual va psixologik motivatsion-hissiy  va irodaviy xususiyatlari hamda talabaning muvofiqlashtiruvchi o‘quv va amaliy faolligini strategik diagnostikaga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid takliflar  PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-07-3904/04-son dalolatnomasi). Natijada, kompetentli yondashuvni fizika fanini o‘qitishdagi o‘ziga xos nazariy metodologik va amaliy faoliyat jihatlarini aniqlashga erishilgan;
kompetentli yondashuv asosida fanlar integratsiyasi fizika kursi va kasbiy fanlarni o‘zaro bog‘liqligi vositalaridan foydalanish ta’limning uch tomonlama birlashuvini ta’minlash jarayoni va motivatsiyasi modeli yaratilib talabaning bilim, ijodkorligi innovatsion qobiliyati va qiziqishlarini baholash mezonlari, izlanuvchanligini auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda rivojlantirish mexanizmini aniqlash asosida takomillashtirishga oid takliflar asosida “Fizika fanidan savol va masalalar” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356-006-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnik muxandislarni tayyorlashda fizika fanini o‘qitishning pedagogik modelini takomillashtirish imkoni yaratilgan;
fizika fanidan ma’ruza, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni talabalarga individual va tabaqalashgan «Shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim» , “Aqliy hujum”, “Didaktik o‘yin”, STEAM”, “Blis”, “Keys stadi” texnologiyalari bosqichlariga ustuvorlik berish asosida ta’limning yangi modelini amaliyotga tatbiq etish texnologiyasi takomillashtirishga oid takliflar asosida “Fizika fanidan savol va masalalar” nomli darslik yaratilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-son buyrug‘iga asosan berilgan 356-006-raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, fanlararo o‘quv mashg‘ulotidagi tayanch tushunchalarning aloqadorlik ko‘rsatgichlari mezonlarini aniqlashga erishilgan;
o‘qituvchi va talabarning faoliyatini ijodiy muhit yaratuvchi kreativ yondashuvlar o‘qituvchining innovatsion faoliyati, talabalarning mustaqil ta’lim olishga tayangan xolda o‘qituvchi va talabalarni turli faoliyatini integrallash asosida fizika fanini mazmunini o‘zlashtirishga oid ilmiy - metodik qo‘llanma va darsliklar ishlab chiqarish bo‘yicha tavsiyalar PZ-2017927124 raqamli «Ta’lim muassasalarida hamkorlik asosida pedagogik faoliyatni rivojlantirish» mavzusidagi amaliy loyiha doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 3 dekabrdagi 02-07-3904/04-son dalolatnomasi). Natijada, bo‘lajak texnik muhandislarning kasbiy qobiliyatini oshirishning metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish