Akimov Tairning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi: “Xitoy tilidagi somatik frazeologizmlar: shakllanishi va semantikasi”, 10.00.05 – Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.4.PhD/Fil1509.
Ilmiy rahbar: Sodiqov Qosimjon Pozilovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil/Tar.21.01.
Rasmiy opponentlar: Dadaboev Hamidulla Aripovich, filologiya fanlari doktori, professor; Nasirova Saodat Abdullaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat chet tillar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xitoy tilidagi «bosh», «ko‘z», «yurak», komponentli somatik frazeologizmlarning strukturasi va leksik-semantik xususiyatlari, xitoy badiiy adabiyoti va nutq jarayonida qo‘llanish darajalarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xitoy tili somatik frazeologizmlari o‘zbek sinologiyasida umumlashtirilib, mazkur jarayonda tilda amal qilgan qonuniyatlar va ularning so‘zlashuv tilida katta ahamiyatga ega ekanligi ochib berilgan;
«bosh», «ko‘z», «yurak» komponentli somatik frazeologizmlarning shakllanishi va semantikasi aniqlanib, «yurak» komponentli frazeologizmlarning sermahsulligi aniqlangan;
«bosh» so‘zi bilan bog‘liq frazeologizmlarda 首shǒu «bosh»ga nisbatan 头tóu «bosh» son jihatdan ko‘pligi, 头tóu aksariyat hayvonlarga, 首shǒu esa kishilarga nisbatan qo‘llanilishi dalillangan;
xitoy matbuot materiallarida ba’zi bir frazeologizmlarning semantik jihatdan xato ishlatilayotgani («视shì– ko‘rmoq» bilan  «看kàn – ko‘rmoq» so‘zlarining (刮目相视guā mù xiāng shì,  刮目相看guā mù xiāng kàn – boshqacha ko‘z bilan qaramoq) iboralar o‘rni almashtirilib qo‘llanayotgani aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy tili somatik frazeologizmlari shakllanish va semantikasi tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
xitoy tilidagi somatik frazeologizmlarning ilmiy tahlili natijalari xitoy xalqning urf-odatlarini, madaniyati va mentalitetini o‘rganishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan (XXR Shanshi pedagogika universitetining 2021 yil 1 martdagi 05-0321-son ma’lumotnomasi). Pirovardida, xitoy tilini keng o‘rganish uchun tayyorlangan materiallarning mazmuni nazariy va amaliy ma’lumotlar bilan boyitilgan. Tadqiqotda to‘plangan ma’lumotlar xitoy tilini mukammal o‘rganishga muhim material bo‘lib xizmat qilgan;
hozirgi xitoy tilida somatik frazeologizmlarni to‘g‘ri qo‘llash va muqobil variantlarini tarjima qilish, yozma va og‘zaki nutqda ifodalash borasida olingan xulosalardan Konfusiy nomidagi O‘zbek-xitoy instituti ilmiy yo‘nalishlarida, o‘quv jarayonida, xususan, «Xitoy tili» darslarida qo‘llanilgan (Konfusiy nomidagi O‘zbek-xitoy institutining 2021 yil 10 yanvardagi 1-son ma’lumotnomasi). Joriy etilgan materiallar tinglovchilarda somatik frazeologizmlardan og‘zaki va yozma muloqotda to‘g‘ri istifoda etish hamda tarjima qilish ko‘nikmasini hosil qilishga xizmat qilgan;
xitoy tili frazeologizmlarining tarjima va lingvomadaniy xususiyatlaridan olingan natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tomonidan namoyish etilgan 52 qismli «G‘arbga sayohat» mul`tserialini tarjima qilishda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «O’zbekiston» telekanali DUK, 2020 yil 19 fevral` 01-35-401-son ma’lumotnomasi). Natijada xitoy tilidagi frazeologizmlarni to‘g‘ri tushuntirish haqidagi savol-javoblar radio eshittirish mazmunini boyitishga va tinglovchilarning xitoy tilidagi frazeologizmlarga oid bilimlarini chuqurlashtirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish