Mamanazarov Abdusamat Abdusaitovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Milliy boylik tarkibiy qismlarini diversifikatsiyalashning nazariy asoslari», 08.00.01 – “Iqtisodiyot nazariyasi” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.1.PhD/Iqt861.
Ilmiy rahbar: Djuraev Toshbolta Tuxtaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.01.11.
Rasmiy opponentlar: Tuxliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mamatov Axmetjon Atajanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi milliy boylik tarkibini diversifikatsiyalash va ulardan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlashda samarali foydalanishga qaratilgan ilmiy-nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
milliy boylikni tadqiq qilish va unga ta’rif berishda muammoga ikki tomonlama, ya’ni, ijtimoiy qiymat va naflilik jihatdan yondashishga alohida e’tibor qaratish zarurligi asoslangan;
milliy boylikning tabiiy resurslar qismidan foydalanish darajasini hisoblash usuli haqiqatda o‘zlashtirilgan (TRQhu) va umumiy zahirasi aniqlangan resurslar (TRQz) o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi “Samaradorlik indeksi”ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
milliy boylikning nomoliyaviy aktivlar tarkibini iqtisodiyotning eng asosiy sub’ektlaridan biri bo‘lgan uy xo‘jaligi sektorida harid qilingan uzoq muddat iste’mol qilinadigan mol-mulk qiymatining joriy yilda iste’mol qilingan qismini kiritish orqali diversifikatsiyalash asoslangan;
milliy boylik tarkibidagi tabiiy resurslar qiymatini diskontlash orqali tabiiy-resurs kompleksi (TRK) ko‘rsatkichi, uning yalpi ichki mahsulot, eksport va bandlikdagi ulushining yuqori hamda quyi chegarasi mezonlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Milliy boylik tarkibiy qismlarini diversifikatsiyalashning nazariy asoslari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy boylik kategoriyasiga ijtimoiy qiymat va ijtimoiy naflilik nuqtai-nazaridan yondashish orqali berilgan mualliflik ta’rifi «Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot» nomli o‘quv qo‘llanmaga kiritilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil 18 avgustdagi 356-118 raqamli guvohnomasi). Ushbu yangilikdan o‘quv qo‘llanmada foydalanish qiymat qonuni nafaqat tovar va xizmatlar, moddiy, nomoddiy va intellektual boyliklar, balki, shu bilan birga, bevosita mamlakat milliy boyligiga ham tegishli ekanligi, uning ham ijtimoiy qiymati hamda ijtimoiy nafliligi mavjudligini ilmiy asoslashga xizmat qilgan;
haqiqatda o‘zlashtirilgan (TRQhu) va umumiy zahirasi aniqlangan resurslar (TRQz) o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi “Samaradorlik indeksi”ni qo‘llash orqali takomillashtirilgan milliy boylikning tabiiy resurslar qismidan foydalanish darajasini hisoblash usulidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida darajasini aniqlash jarayonida amaliyotga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 12 maydagi 01/1-03-17/2-38-son ma’lumotnomasi) mamlakatda mavjud bo‘lgan tabiiy resurslardan foydalanish Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda tabiiy resurslar zahiralarining o‘zgarishi, ulardan foydalanish jarayonlari va uning samaradorligini hisoblash metodologiyasi takomillashtirilgan.
milliy boylikning nomoliyaviy aktivlar tarkibini iqtisodiyotning eng asosiy sub’ektlaridan biri bo‘lgan uy xo‘jaligi sektorida harid qilingan uzoq muddat iste’mol qilinadigan mol-mulk qiymatining joriy yilda iste’mol qilingan qismini kiritish orqali diversifikatsiyalash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasida mamlakatda aholi tomonidan jamg‘arilgan mol-mulk qiymatini hisoblash jarayonida amaliyotga tatbiq qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining 2021 yil 12 maydagi 01/1-03-17/2-38-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida mamlakatda uy xo‘jaligi sektorida uzoq muddat xizmat qiladigan tovarlarning iste’mol darajasini aniqroq hisoblashga, bundan tashqari, iqtisodiyot tarmoq va sohalarida asosiy vositalarning haqiqiy eskirganlik darajasini aniqlashga, asosiy kapital iste’molini «uzluksiz inventarizatsiya usuli» bo‘yicha hisoblashga erishilgan;
milliy boylik tarkibidagi tabiiy resurslar qiymatini diskontlash orqali ishlab chiqilgan tabiiy-resurs kompleksi (TRK) hamda uning yalpi ichki mahsulot, eksport va bandlikdagi ulushini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimidan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligida milliy boylik unsurlaridan biri bo‘lgan tabiiy resurslarning mamlakat iqtisodiyotidagi o‘rnini aniqlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining 2021 yil 13 iyuldagi 03/14-01-6/10-2874-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada mavjud bo‘lgan barcha turdagi tabiiy resurslar darajasidagi o‘zgarishlarning mamlakat iqtisodiy o‘sishiga ta’sirini aniqroq hisoblashga erishilgan.