Zikriyoev Aziz Sadulloevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «Inson kapitalini rivojlantirishda kasbiy sog‘liq va mehnat xavfsizligini ta’minlash», 08.00.10 – Demografiya. Mehnat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Iqt1083.
Ilmiy rahbar: Abdurahmonova Gulnora Qalandarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent arxitektura-qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.22/30.12.2019.I.100.01.
Rasmiy opponentlar: Nasimov Dilmurod Abdulloevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hayitov Abdumannon Buxarovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ish joylarida KSXT natijasida inson kapitalini rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kasbiy sog‘liq va xavfsizlik tushunchasi qurilish ob’ektlarida xavf-xatarni anglatuvchi chiziqlar va maxsus belgilar xususiyatini ahamiyatli hisoblagan holda takomillashtirilgan;
kasbiy sog‘liq va xavsizlikning salbiy oqibatlarini muayyan miqdorga yaxshilash inson kapitalini rivojlantirgan holda zarar va yo‘qotishlarni kamaytirishga, shu bilan birga, qurilish jarayonida inson kapitalini umumiy zararlarni keskin kamaytirishga olib kelishi asoslab berilgan;
soha korxona va tashkilotlarida sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlashga yo‘naltirgan “Xavfsiz ish muhiti”, “Xavfsiz ish madaniyati”, “Sanitari va gigena xizmati”, ”Baxtsizlik indeksi” va “Nol` jarohatlanish rejasi”ni qamrab olgan dastur ishlab chiqilgan;
mulkchilik shaklidan kat`iy nazar kurilish ob`ektlari smetalariga mexnat muxofazasi uchun xarajatlar ajratish qismini kiritish, ishchi-xodimning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zarar miqdorini inson qadr qimmati va oilaviy halatini to‘liq hisoblagan holda hisoblash hamda jarohatlar va kasbiy kasalliklar oqibatida nogironlik yuki va shikastlanishning og‘irlik darajasi bo‘yicha nisbiy nogironlik milliy shkalasini yaratish kabi takliflar asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Inson kapitalini rivojlantirishda kasbiy sog‘liq va mehnat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
kasbiy sog‘liq va xavfsizlikning takomillashgan  tushunchasi mohiyati  bo‘yicha tavsiyalardan “Qurilish sohasida kasbiy sog‘liq va xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha tavsiyalar” amaliy qo‘llanma Qurilish vazirligining ShNK 3.01.02-20 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” yangi nashrida,  qurilish me’yorlari va qoidalarining “Umumiy qoidalar” 1.15-bandini   va “Qurilish maydonchalarini, ish uchastkalarini va ish o‘rinlarini tashkil qilish” bo‘limlari bandlarini hamda O-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining 2021 yil 17 iyundagi 09-06/7292-son ma’lumotnomasi). Buning natijasida ish joylarida ishchi-xodimlarning qurilish me’yorlari va qoidalariga to‘liq amal qilishlari bo‘yicha qo‘shimcha izohli tavsiyalar faoliyat samardorligini oshirishga xizmat qilgan;
kasbiy sog‘liq va xavsizlikning salbiy oqibatlarini muayyan miqdorga yaxshilash inson kapitalini rivojlantirgan holda zarar va yo‘qotishlarni kamaytirishga, shu bilan birga, qurilish jarayonida inson kapitalini umumiy zararlarni keskin kamaytirishga olib kelishi bo‘yicha takliflardan “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi tarkibidagi korxonalar faoliyatiga tadbiq etilgan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi 2021 yil 7 iyundagi 05/13-1485-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif natijasida ish jarayonida korxonalarda ehtimoliy baxtsiz hodisalar sodir bo‘lish xavfini boshqarish, nazorat qilish va monitoringini olib borish natijasida 2020 yilning 3-choragida 2019 yilning shu davriga nisbatan ishlab chiqarishdagi umumiy jarohatlanish 17 foizga kamayib, umumiy holda 77,5 mln. so‘m ijtimoiy-iqtisodiy zarar tejalgan;
korxona va tashkilotlarda sog‘liq va xavfsizliknita’minlashga yo‘naltirgan “Xavfsiz ish muhiti”, “Xavfsiz ish madaniyati”, “Sanitari va gigena xizmati”, ”Baxtsizlik indeksi” va “Nol` jarohatlanish rejasi”ni qamrab olgan dasturidan' O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi amaliyotiga joriy qilingan (Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 2021 yil 1 iyuldagi 01/00-03/17-7863-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, ish joylarida sog‘liq va xavfsizlik xizmatini tashkil etishning 3 yo‘nalishini-mehnat gigienasi, xodimlar xavfsizligi va ularning farovonligini birlashtiradigan  hamda  ishlab chikarishdagi  jarohatlanish va kasb kasalligi ko‘rsatkichlarining  pasayishida  ish  beruvchilarga ko‘maklashuvchi  ettita "Oltin  koidalar"ni amalga  oshirilishiga  karatilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish imkon bergan;
mulkchilik shaklidan kat`iy nazar kurilish ob`ektlarining smetalariga mexnat muxofazasi uchun xarajatlar ajratish qismini kiritish, ishchi-xodimning hayoti va sog‘lig‘iga etkazilgan zarar miqdorini inson qadr qimmati va oilaviy halatini to‘liq hisoblagan holda hisoblash hamda jarohatlar va kasbiy kasalliklar oqibatida nogironlik yuki va shikastlanishning og‘irlik darajasi bo‘yicha nisbiy nogironlik milliy shkalasini yaratish kabi takliflar raqami № 002811) O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashi va O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi bilan birgalikda ishlab chiqilgan Respublika Kengashi qarorining 5-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston transport, yo‘l va kapital qurilish, qurilish industriyasi xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining 2021 yil 2 iyundagi A/N-38/01-son ma’lumotnomasi). Ushbu takliflar Xalkaro mehnat tashkilotining “Kurilishda sog‘liq va xavf-sizlik” to‘g‘risidagi 167-sonli konvensiyasiga qo‘shilish istiqbollarini o‘rganish, ish joylarida uning eng asosiy maqsadi va afzalliklari bo‘yicha tushuntirish chor-tadbirlarini ishlab chiqishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish