Axmedov Elyor Allayarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bolalarda zotiljam asoratlarining nur tashxisotiga mul`timodal yondashuv» 14.00.19 – Klinik radiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib1371.
Ilmiy rahbar: Yusupalieva Gulnora Akmalovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi huzuridagi DSc.04/30.12.2019Tib.77.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xodjibekov Marat Xudaykulovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djuraeva Nigora Muxsumovna, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: bemorlarni kompleks tekshiruv tizimida zamonaviy nur tekshiruv usullarini qo‘llagan holda bolalarda zotiljam asoratlari tashxisotini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
bolalarda zotiljam asoratlarining nur tashxisotida ilk marotaba vizualizatsiyaning quyidagi ketma-ketlikdagi: raqamli rentgenografiya, kompleks exografiya, magnit-rezonans tomografiya (past va yuqori maydonli) va mul`tispiral kompyuter tomografiya usullarini kompleks qo‘llash yo‘li bilan mul`timodal yondashuv tizimining o‘rni asoslandi;
bolalarda zotiljam asoratlarini erta tashxislash maqsadida birinchi marta raqamli rentgenografiya, kompleks exografiya, magnit rezonans tomografiya va mul`tispiral kompyuter tomografiya kabi turli nur tekshiruv usullarining tashxisot samaradorligi ko‘rsatkichlarini qiyosiy tahlili isbotalandi;
bolalarda asoratlangan zotiljamni aniqlashda raqamli rentgenografiya bazaviy usul bo‘lishi kerakligi, bunda o‘pkalar, plevral bo‘shliqlarning patologik o‘zgarishlarini baholash va davolash samaradorligining monitoringida aerobronxofoniya bilan kompleks exografiyani qo‘llash afzalligi isbotlandi;
bolalarda qo‘llanilish imkoniyatlari cheklangan magnit-rezonans tomografiya usuli va yuqori nurlanishga ega bo‘lgan mul`tispiral kompyuter tomografiya usuli zotiljamning o‘pka, plevral va o‘pka-plevral asoratlarining gumonli rentgenologik xamda ul`tratovush belgilari bo‘lganda qat’iy ko‘rsatmalar bo‘yicha o‘tkazilishi lozimligi asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bolalarda zotiljam  asoratlarining nur tashxisotiga multimodal yondashuvni baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
turli virus va bakterial chaqiruvchilar yordamida yuzaga keladigan bolalardagi zotiljam kasalligini nur tashxisotida tashxislash natijasida yuza keladigan  asortalarni erta tashxislash natijasida «Zotiljam asoratlari bo‘lgan bolalarda nur tashxisotiga mul`timodal yondashuv» nomli uslubiy tavsiyalari ishlab chiqildi (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 2 noyabrdagi 8n-r/303-son ma’lumotnomasi). Taklif etilgan tavsiyalar bolalarda zotiljam asoratlarini nur tekshiruv usullariga asoslanib  ishonchli tashxisot o‘tkazishga imkon berdi;
Bolalarda zotiljam  asoratlarining nur tashxisotiga mul`timodal yondashuv tizimini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga jumladan, Buxoro va Sirdaryo  viloyatlarning bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlari nur tashxisoti bo‘limlarining  diagnostik  tashxislash amaliy faoliyatiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 30 noyabrdagi  8n-d/214-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq etilishi nur tekshiruv usullari etarli hajmini tanlash, bemorga nurlanish yuklamasini pasaytirish, tashxis jarayonining aniqligi va samaradorligini oshirishga imkon berdi.  

Yangiliklarga obuna bo‘lish