Madrahimov Ulug‘bek Abduxalilovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘ining nomi): «O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish yo‘llari», 08.00.02–Makroiqtisodiyot (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Iqt9.
Ilmiy maslahatchi: Zaynutdinov Shavkat Nuritdinovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi va Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.27.06.2017.I.15.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Qalandar Xodjaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Qodirov Abdurashid Majidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; To‘xliev Nurislom, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy tadqiqotlar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini oshirishga qaratilgan ilmiy-uslubiy va amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ishlab chiqarish (iqtisodiy o‘sish) omillaridan foydalanish holati va uning ijtimoiy oqibatlarini aniqlashga qaratilgan iqtisodiy o‘sish sifatining omilli va natijaviy jihatlari bo‘yicha baholash uslubi takomillashtirilgan;
iqtisodiy o‘sishga mehnat, kapital, yalpi omillar unumdorligining qo‘shgan hissalarini aniqlash yordamida barqaror o‘sish sifatining samaradorlik ko‘rsatkichlari investisiyalar o‘zgarishiga mutanosibligi asoslab berilgan;
soha va tarmoqlarning iqtisodiy o‘sishga ta’sirini tizimli baholash asosida xorijiy va xususiy sektorlar samaradorlik darajasining nisbiy ustunliklari aniqlangan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ishlab chiqarish, ish bilan bandlik, eksport salohiyati hamda ishlab chiqarish omillaridan foydalanish samaradorligi asosida uning rivojlanishini integral ko‘rsatkichlar orqali diagnostika qilish uslubi ishlab chiqilgan;
barqaror o‘sish sifatining ko‘p omilli ekonometrik modellari ishlab chiqilgan va omillarning ta’sirchanlik (elastiklik) koeffisientlari aniqlangan;
erishilgan iqtisodiy o‘sish darajasi va sifatiga tegishli ko‘rsatkichlarni, ularning ijobiy o‘zgarishi bilan bog‘liq omillarni tizimli o‘rganish asosida barqaror o‘sish davomiyligi hamda sifatining prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Barqaror iqtisodiy o‘sish sifatini oshirish yuzasidan ishlab chiqilgan uslubiy va amaliy takliflar asosida:
iqtisodiy o‘sish sifatining omilli va natijaviy jihatlari bo‘yicha takomillashtirilgan baholash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (2016 yil 23 noyabrdagi ISh-3-2/10-10-331-son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti amaliyotida foydalanilgan (2016 yil 1 dekabrdagi 15-04/452-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalardan foydalanish iqtisodiy o‘sish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil omillarni tahlil qilish, ularning ta’sir darajasini aniqlash hamda iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash monitoringini tashkil etishga xizmat qilgan;
barqaror o‘sish sifatining samaradorlik ko‘rsatkichlari investisiyalar o‘zgarishiga mutanosibligi bo‘yicha ilmiy natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amaliyotida foydalanilgan (2016 yil 23 noyabrdagi ISh-3-2/10-10-331-son ma’lumotnoma). Ilmiy natijalardan foydalanish investisiyalarning manbalari tarkibidagi xorijiy investisiyalarni kengaytirish uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratish, investisiyalarning soha va tarmoqlar bo‘yicha taqsimlashni samarali tashkil etish imkonini bergan;
xorijiy va xususiy sektorlar samaradorlik darajasining aniqlangan nisbiy ustunliklari bo‘yicha natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (2016 yil 23 noyabrdagi ISh-3-2/10-10-331-son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (2017 yil 10 fevraldagi 1179/03-19-son ma’lumotnoma) amaliyotida qo‘llanilgan. Ilmiy natijalarning normativ hujjat darajasida joriy qilinishi xorijiy va xususiy sektorning iqtisodiyot tarmoqlari tarkibidagi ulushini hamda tovar va xizmatlar bozoridagi faoliyat samaradorligini baholashning metodik jihatlarini boyitish imkonini bergan;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini integral ko‘rsatkichlar orqali diagnostika qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan uslubi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi (2016 yil 23 noyabrdagi ISh-3-2/10-10-331-son ma’lumotnoma), O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (2017 yil 10 fevraldagi 1179/03-19-son ma’lumotnoma) amaliyotida foydalanilgan. Mazkur taklif etilgan uslubiy yondashuv hamda ko‘rsatkichlar kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning rivojlanishini hamda faoliyati samaradorligini baholash va hisoblash metodikasini takomillashtirish imkonini bergan hamda investisiyalar hajmi bo‘yicha 961 mln. so‘mlik, kichik biznes bo‘yicha 76 ta sub’ekt va 794 ta ish o‘rinini tashkil etishga xizmat qilgan;
barqaror o‘sish sifatining ishlab chiqilgan ko‘p omilli ekonometrik modellari va aniqlangan omillarning ta’sirchanlik koeffisientlari bo‘yicha natijalar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amaliyotida (2016 yil 23 noyabrdagi ISh-3-2/10-10-331-son ma’lumotnoma) hamda 2012–2016 yillarda bajarilgan F-1-100 – «Razrabotka teorii investisionnogo potensiala i nauchnix osnov postroeniya mexanizma egoformirovaniya v usloviyax modernizatsii i innovatsionnogo razvitiya ekonomiki Uzbekistana» mavzusidagi fundamental Davlat loyihasida foydalanilgan (Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasining 2017 yil 10 martdagi FTQ-0313/272-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi barqaror iqtisodiy o‘sish darajasi hamda ularning omillardan foydalanish holatini natijaviy jihatlarini aniq baholash imkonini bergan;
barqaror o‘sish davomiyligi hamda sifati bo‘yicha ishlab chiqilgan prognoz parametrlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi amaliyotida qo‘llanilgan (2016 yil 23 noyabrdagi ISh-3-2/10-10-331-son ma’lumotnoma). Ilmiy natijalardan foydalanish asosida asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarni iqtisodiy o‘sish sur’atidan kam bo‘lmagan darajada belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqishga xizmat qilgan.