Ochilov Farxodjon Shavkatjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish”, 08.00.08 – “Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Iqt1377.
Ilmiy rahbar: Qo‘ziev Islomjon Ne’matovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent moliya instituti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Axmedjanov Karimjon Bakidjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ibragimov Abdugapur Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga moslashtirish uchun buxgalteriya hisobida 6640 – “Sud da’volari bo‘yicha rezerv”, 6650 – “Amal qilinishi to‘xtatilayotgan shartnomalar bo‘yicha rezerv”, 6670 - “Ob’ektlarni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha rezerv” nomli yangi schyotlarni kiritish orqali baholanadigan majburiyatlar hisobini yuritish tartibi takomillashtirilgan;
moliyaviy hisobotlarda axborotlarning shaffofligi va ochiqligini ta’minlash maqsadida hisob siyosatida baholanadigan majburiyatlarni tan olish tartibi taklif etilgan va kutilayotgan qiymat usuli orqali baholash asoslangan;
auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda majburiyatlar holati va harakatiga haqqoniy baho berish maqsadida ichki nazorat savolnomasi takomillashtirilgan;
majburiyatlar auditi bo‘yicha dalil to‘plash jarayonida tashqi tasdiqlash amallarini qo‘llash taklif etilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Majburiyatlar hisobi va auditini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Buxgalteriya hisobida 6640 – “Sud da’volari bo‘yicha rezerv”, 6650 – “Amal qilinishi to‘xtatilayotgan shartnomalar bo‘yicha rezerv”, 6670 - “Ob’ektlarni foydalanishdan chiqarish bo‘yicha rezerv” ishchi schyotlarini kiritish orqali baholanadigan majburiyatlar hisobini yuritish bo‘yicha taklifi “Toshkent mexanika zavodi” AJ va “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ tomonidan hisob siyosatini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (“Toshkent mexanika zavodi” AJning 2021 yil 25 avgustdagi DF-85–son hamda “Jizzaxdonmahsulotlari” AJning 2021 yil 10 sentyabrdagi 667–son ma’lumotnomalari). Natijada, aksiyadorlik jamiyatining haqiqiy moliyaviy holatini aniqlashga hamda xarajatlarni to‘g‘ri taqsimlashga xizmat qilib, axborotlarning shaffofligini ta’minlashga olib kelgan;
hisob siyosatida baholanadigan majburiyatlarni tan olish va kutilayotgan qiymat usuli orqali baholash bo‘yicha taklifi “Toshkent mexanika zavodi” AJ va “Jizzaxdonmahsulotlari” AJ tomonidan qo‘llanilgan (“Toshkent mexanika zavodi” AJning 2021 yil 25 avgustdagi DF-85–son hamda “Jizzaxdonmahsulotlari” AJning 2021 yil 10 sentyabrdagi 667–son ma’lumotnomalari). Natijada, baholanadigan majburiyatlar qiymatini aniq baholash imkoniyati yaratilgan;
auditorlik tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarda majburiyatlar holati va harakatiga haqqoniy baho berish maqsadida ichki nazorat savolnomasini qo‘llash bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan qo‘llanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 27/A–son ma’lumotnomasi). Natijada, auditorlik tekshiruvlarida nazorat riskining kamayishiga hamda haqqoniy auditorlik xulosasining shakllanishiga xizmat qilgan;
majburiyatlar auditi bo‘yicha dalil to‘plash jarayonida tashqi tasdiqlash amallarini qo‘llash algoritmidan foydalanish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Auditorlar Palatasi tomonidan qo‘llanilgan (O‘zbekiston Auditorlar Palatasining 2021 yil 13 sentyabrdagi 27/A–son ma’lumotnomasi). Natijada, firibgarlik yoki xato tufayli yuzaga kelgan muhim buzib ko‘rsatish risklariga javob berish uchun auditorga talab etiladigan o‘ta ishonchli auditorlik dalillarini olishda yordam bergan.