Narmamatov Ixtiyar Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish yo‘llari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.3.PhD.Iqt1435.
Ilmiy rahbar: Bobakulov Tulkin Ibodullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent moliya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Dsc.03/10.12.2019.1.16.01
Rasmiy opponentlar: Sattarov Odiljon Berdimuratovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent; Raximova Havoxon Usmonjonovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda naqd pulsiz hisob-kitob shakllaridan foydalanish amaliyotini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kredit to‘loviga layoqatliligi yuqori bo‘lgan mijozlar guruhiga “qoplanmagan”,“qayta tiklanadigan”, “avansli akkreditiv”lar ochishni yo‘lga qo‘yish orqali mijozlarning to‘lov majburiyatlari yuzasidan ochiladigan akkreditivlar hajmini oshirish taklif etilgan;
banklarda likvidlilikni ta’minlash maqsadida transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘i ulushini oshirish taklif etilgan;
mijozlarning kreditor qarzdorligini kamaytirishda yuridik shaxslarning to‘lov majburiyatlari yuzasidan bank kafolatlarini berishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
tijorat banklarida to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida aktivlar va majburiyatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish, kredit riski ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajalarini ta’minlash taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
kredit to‘loviga layoqatliligi yuqori bo‘lgan mijozlar guruhiga “qoplanmagan”,“qayta tiklanadigan”, “avansli akkreditiv”lar ochishni yo‘lga qo‘yish orqali mijozlarning to‘lov majburiyatlari yuzasidan ochiladigan akkreditivlar hajmini oshirish AT «Asakabank»ning 2020 yilga mo‘ljallangan «Hisob siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari»da qabul qilingan va kiritilgan (AT “Asakabank”ning 2020 yil 31 dekabrdagi SS–16/18–13-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida AT “Asakabank” tomonidan mijozlarning to‘lov majburiyatlari yuzasidan ochilgan moliyaviy hujjatlashtirilgan akkreditivlar summasi 2020 yilda 2016 yilga nisbatan 993,9 mln. so‘mga oshgan;
banklarda likvidlilikni ta’minlash maqsadida transaksion depozitlarning barqaror qoldig‘i ulushini oshirish taklifi AT «Asakabank»ning 2020 yilga mo‘ljallangan «Hisob siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari»da qabul qilingan va kiritilgan (AT “Asakabank”ning 2020 yil 31 dekabrdagi SS–16/18–13-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasidaAT “Asakabank”da likvidlilikni qoplash me’yori koeffisientining darajasi 2019 yilda 2016 yilga nisbatan 0,65 punktga oshgan;
mijozlarning kreditor qarzdorligini kamaytirishda yuridik shaxslarning to‘lov majburiyatlari yuzasidan bank kafolatlarini berish taklifi AT «Asakabank»ning 2020-2023 yillarda rivojlantirish Dasturida qabul qilingan va kiritilgan(AT “Asakabank”ning 2020 yil 31 dekabrdagi SS–16/18–13-son ma’lumotnomasi).Ushbu taklifning amaliyotga tatbiqi natijasidaAT “Asakabank”ning komission daromadlari miqdori 2020 yilda 2016 yilga nisbatan 27,8 foizga ko‘paygan;
tijorat banklarida to‘lovlarning uzluksizligini ta’minlash maqsadida aktivlar va majburiyatlar o‘rtasidagi nomuvofiqlikni yo‘qotish, kredit riski ko‘rsatkichlarining me’yoriy darajalarini ta’minlash taklifi AT «Asakabank»ning 2020-2023 yillarda rivojlantirish Dasturida qabul qilingan va kiritilgan (AT “Asakabank”ning 2020 yil 31 dekabrdagiSS–16/18–13-son ma’lumotnomasi). Mazkur prognoz natijasidaAT “Asakabank”da 2020 yilda yuqori likvidli aktivlarning o‘sish sur’ati (68,2%) beqaror passivlarning o‘sish sur’atidan (66,5%) yuqori bo‘lishi ta’minlangan.