Rozikova Dilshoda Abdullajanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Azot, fosfor, kaliyli o‘g‘itlar va xlorat tutgan defoliantlar olish texnologiyasi», 02.00.13 – Noorganik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/T1275.
Ilmiy rahbar: Xamdamova Shoxida Sherzodovna, texnika fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, PhD.03/30.12.2019.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Sultonov Boxodir Elbekovich, texnika fanlari doktori; Tojiev Rustam Rasulovich, texnika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: o‘simliklarni kompleks oziqlantirish uchun universal ta’sirga ega bo‘lgan azot-fosforli va azot-fosfor-kaliyli murakkab o‘g‘itlar va g‘o‘za barglariga yumshoq ta’sir etuvchi defoliantlar olishning texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YuKFKni xlorid kislotada parchalashda P2O5 ni o‘simlik o‘zlashtiradigan shaklga o‘tish tezligini vaqtga bog‘liqligi aniqlangan;
YuKFKni xlorid kislotada parchalab olingan xloridfosforkislotali bo‘tqani ikki marta fil`trlash orqali fosfokonsentrat olish jarayoni aniqlangan;
fosfokonsentrat, tarkibida azot tutgan birikmalar va kaliy xlorid asosida NP- va NPK- o‘g‘itlar olish imkoniyatlari asoslangan;
xloridfosforkislotali bo‘tqa, NP- va NPK-o‘g‘itlarning fizik-mexanik, tovar va reologik xossalari aniqlangan;
yangi turdagi kompleks NP- va NPK-o‘g‘itlar olishni material oqimi, iqtisodiy ko‘rsatkichlari hisoblangan va texnologik tizimi ishlab chiqilgan;  
YuKFKni xlorid kislotada parchalash natijasida hosil bo‘lgan kal`siy xlorid eritmasi asosida kal`siy xloratli defoliant olishni maqbul kattaliklari aniqlangan;
kal`siy xlorid eritmasining  kristall xoldagi natriy xlorati bilan konversiyalash kinetikasi harorat, konsentratsiya va vaqtga bog‘liq holda aniqlangan hamda asosiy ta’sir etuvchi moddasi kal`siy xlorat-xloridi bo‘lgan suyuq defoliant olish texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Mahalliy MQ fosfat xomashyosidan murakkab o‘g‘itlar va defoliant olish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
YuKFKdan olingan fosfokonsentrat, ammoniy nitrat  va kaliy xloridlar asosida NP- va NPK-turidagi murakkab o‘g‘itlar olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2021 yil 26 oktyabrdagi 203-son ma’lumotnomasi). Natijada, ozuqa komponenti yuqori bo‘lgan hamda qishloq xo‘jaligi talablariga mos keladigan  NP- va NPK-turidagi murakkab o‘g‘itlar olish imkonini bergan;
YuKFKni xlorid kislotali parchalab va fil`trlab olingan kal`siy xlorid eritmasi hamda natriy xlorat asosida  suyuq kal`siy xlorat defoliant olish texnologiyasi «Elektrokimyozavod» QK AJning «2022-2024 yillarda amaliyotga joriy joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan («Elektrokimyozavod» QK AJning 2021 yil 26 oktyabrdagi 203-son ma’lumotnomasi). Natijada, yuqori samaradorlikka ega bo‘lgan suyuq kal`siy xlorat defolianti ishlab chiqarish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish