Naxalbaev Jaxangir Tursunbaevichning
dissertatsiya himoyasisiz seleksiya yutug‘i (ixtiro patenti) asosida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish bo‘yicha e’lon matni

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Lalmikor maydonlarda ekish uchun no‘xatning askoxitoz kasalligiga chidamli, serhosil navini yaratish», 06.01.05–Seleksiya va urug‘chilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx163.
Ilmiy rahbar: Xamdamov Iskandar Xamdamovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Lalmikor dehqonchilik ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, PhD.05/27.02.2020.Qx.42.02.
O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiroga patenti olingan: no‘xat navining «Iftixor» navi (№ NAR 00332). O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 2021 yil 31 avgustdagi 01-11/2223-sonli xulosasi.
II. Tadqiqotning maqsadi: lalmi erlar uchun askoxitoz kasalligiga chidamli yuqori xosil beradigan no‘xatning yangi navini yaratish hamda ishlab chiqarishga keng maydonlarda joriy etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor O‘zbekiston lalmikor mintaqalarida askoxitoz kasalligiga chidamli serxosil navlar yaratishda ICARDA no‘xat nav namunalari hamda mahalliy Yulduz navi ishtirokida murakkab chatishtirish asosida duragay kombinatsiyalar olingan;
duragay kombinatsiyalarning biologik xususiyatlari va morfologik belgilari, askoxitoz kasalligiga chidamliligi o‘rganilgan hamda kompleks qimmatli xo‘jalik belgilarga ega istiqbolli tizmalar ajratilgan. Ushbu tizmalar asosida yakka tanlash yo‘li bilan yangi “Iftixor” navi yaratilgan;
“Iftixor” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan seleksiya yutug‘iga patent olingan (№ NAP 00332);
no‘xatning yaratilgan yangi “Iftixor” navi qurg‘oqchilikka, issiqlikka, askoxitoz kasalligiga o‘rganilgan boshqa nav namunlariga nisbatan bardoshliligi, lalmikor maydonlarda etishtirishga mosligi, ekishga tavsiya etilgan navlarga nisbatan hosildorligi 12-15 foiz va don tarkibidagi oqsil miqdori 1,4-2,5 foizga yuqori ekanligi bilan boshqa navlardan farq qilishi tasdiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
ICARDA no‘xat nav namunalari hamda mahalliy Yulduz navi ishtirokida murakkab chatishtirish orqali olingan duragay kombinatsiyalardan ko‘p yillar davomida seleksiya jarayonining barcha bosqichlarida o‘rganish, baholash va tanlash asosida olib borilgan tadqiqotlar natijasida:
no‘xatning kompleks qimmatli xo‘jalik belgilariga ega askoxitoz kasalligiga chidamli yangi “Iftixor” naviga O‘zbekiston Respublikasi Intellektual Mulk agentligi tomonidan NAR 00332 (05.03.2021) raqamli patent olingan hamda ushbu nav 2018-2019 yillar konkurs sinovi natijalari va Ekspert komissiyasi xulosasiga asosan, Jizzax va Samarqand viloyatlarining lalmi maydonlarida ekish uchun 2020 yildan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan (Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markazining 2021 yil 23 avgustdagi t-6/01-08-516-son ma’lumotnomasi). Natijada no‘xatning Iftixor navidan andoza Yulduz naviga nisbatan o‘rtacha 1,0-2,0 sentner qo‘shimcha don hosili olingan. Shu bilan birga, 1000 dona urug‘ vazni 284-318 g, to‘kilishga va yotib qolishga chidamlilik 5 ballni tashkil etgan;
no‘xatning yangi “Iftixor” navi 2017-2020 yillarda Don va dukkakli ekinlar ilmiy-tadqiqot instituti G‘allaorol ilmiy-tajriba stansiyasida jami 24 gektar maydonga, G‘allaorol tumani Qipchoqsuv SIU “Sardor Diyor Razzoqov” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, Zarbuloq SIU “Chuvilloq lalmikor” fermer xo‘jaligida 10,0 gektar, Ko‘kbuloq QFY “Lalmikor baraka” fermer xo‘jaligida 7,0 gektar maydonga, jami 27 gektar lalmikor maydonlarda joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligining 2021 yil 27 oktyabrdagi 02/021-4399-son ma’lumotnomasi). Natijada “Iftixor” navidan andoza navga nisbatan 2,1 s/ga qo‘shimcha don hosili olinib, rentabellik darajasi 36,2-39,8 foizni tashkil etgan;
«Lalmikor maydonlarda dukkakli don va em-xashak ekinlarini etishtirish etishtirish» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2021 yil 29 maydagi 02/021-4399-son ma’lumotnomasi). Natijada respublikamizning qishloq xo‘jaligi soxasida, jumladan lalmikor maydonlarda faoliyat yuritayotgan fermer xo‘jaliklari tomonidan foydalanib kelinmoqda.

Yangiliklarga obuna bo‘lish