Alisultonova Nigora Abibullaevnaning
falsafa doktori (RhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Chingiz Aytmatov asarlarida fol`klorizmlar tipologiyasi», 10.00.08 – Fol`klorshunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.RhD/Fil1004.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Mirzaeva Salimaxon Rayimjanovna, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va fol`klori instituti, DSc.02/30.12/2019.Fil.46.02.
Rasmiy opponentlar: Yormatov Isomiddin Turg‘unovich, filologiya fanlari doktori, professor; Jo‘raqo‘ziev Nodir Imomqo‘zievich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Chingiz Aytmatov asarlari fol`klorizmlarining spesifikasini, tasnifini amalga oshirish prinsiplarini, genezisi va poetik xususiyatlarini ochib berish, davr ruhiyati va ijodkor shaxsiyati mushtarakligini belgilab ko‘rsatishda fol`klorizmlarning o‘rni va rolini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Chingiz Aytmatov asarlarida ijtimoiy turmush tasviriga aloqador etnografik fol`klorizmlar (marosimlar va irimlar misolida), qahramon nutqida aks ettirilgan oddiy va analitik fol`klorizmlar (maqol, matal, olqish, qarg‘ishlar misolida), janrlar stilizatsiyasi va sintezlashtirilishi bilan bog‘liq murakkab fol`klorizmlar (afsona, rivoyat, ertak, qo‘shiq misolida), obraz va xarakter tasviriga oid stilizatsion fol`klorizmlar uchrashi aniqlangan;
Chingiz Aytmatov asarlari fol`klorizmlarining milliy o‘ziga xosligi adibning kelin va qaynona obrazlari tasvirida xalqona estetik idealga tayanish mahorati, ularga oid semantik geshtal`tlar, “qiyomat” va “oxirzamon” tushunchalari bilan bog‘liq mifologizmlar talqini, olam manzarasini yaratishda “tog‘” etnomadaniy idioglossasidan foydalanish uslubi hamda tuya, ot, bug‘u zoonimik obrazlarini fol`kloriy asoslarda ifoda etgani asoslangan;
Aytmatov asarlarida fol`klorizmlarni yuzaga chiqaruvchi tasvir vositalari, ijtimoiy-psixologik omillar, poetik usullar, ijodiy an’ana va individuallik, badiiy shakl va mazmun uyg‘unligi, uslubiy izlanish tamoyillarining o‘ziga xosligi zamonaviy adabiyotshunoslikning nazariy tushunchalariga tayanib dalillangan;
Chingiz Aytmatovning fol`klorizmlar yaratish adabiy-estetik tajribasining o‘ziga xosligi, qahramon ma’naviy-ijtimoiy va psixologik hayotini talqin etishda xalq og‘zaki ijodi bilan yozma adabiyot an’analarini sintezlashtirish mahorati adibning fol`klorizmlari bilan bog‘liq shakliy-uslubiy izlanishlari, poetik ifoda tarzining badiiy kontekstdagi o‘rni isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Chingiz Aytmatov asarlarida fol`klorizmlar tipologiyasini tadqiq etish hamda uning ilmiy-nazariy asoslarini ishlab chiqish asosida:
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutida bajarilgan F1-FA-043429, FA-F1, G002 “Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish” (2012-2016 yy.) hamda FA-F-1-005 “Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish” (2017-2020 yy.) mavzusidagi fundamental ilmiy loyihalarda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 17 yanvardagi 152-son ma’lumotnomasi). Natijada fol`klor va yozma adabiyotning bir-biriga o‘zaro ta’siri asoslanib, bunda fol`klorizmlarning o‘rni va roli ochib berilgan;
 “Kirgiz Respublikasinin Uluttuk jazuuchular soyuzu” (Qirg‘iziston Respublikasi Milliy yozuvchilar uyushmasi)ning 1196/1-son yig‘ilishida dissertatsiyada ilgari surilgan mulohazalardan zamonaviy ijodkorlarning fol`klordan foydalanish mahoratini baholash, ularning asarlaridagi fol`klorizmlar turlarini ko‘rsatib o‘tish uchun qilingan ma’ruzada foydalanilgan (Qirg‘iziston Respublikasi Milliy yozuvchilar uyushmasining 2021 yil 8 iyuldagi 1196/1-son ma’lumotnomasi). Natijada uyushma a’zolarining fol`klorizmlar bo‘yicha nazariy tushunchalarini yanada boyitishga erishilgan;
Qirg‘iziston Respublikasi “ElTR” davlat teleradiokompaniyasining “Bilim jana Ilim” kanalining adabiy-badiiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi “Sayakbay”, “Adabiyat aydiӊi”, “Jan dүynѳ”, “Babalar baskan baraan jol” (25.08.2021. 01-8/47) nomli teledasturlarida Chingiz Aytmatov ijodi bo‘yicha berilgan eshittirishlarda foydalanilgan (Qirg‘iziston Respublikasi “ElTR” davlat teleradiokompaniyasining “Bilim jana Ilim” kanalining 2021 yil 25 avgustdagi 01-8/46-son ma’lumotnomasi). Natijasi teletomoshabinlarning Chingiz  Aytmatov ijodiga qiziqishi kuchaytirilgan;
Andijon teleradiokompaniyasining “Ma’naviyat – qalb ko‘zgusi”, “Xazinamsan kitob” ko‘rsatuvlari, “Radiomutolaa” va “Ma’naviyat sarchashmasi” eshittirishlarida Ch.Aytmatovning fol`klordan foydalanish mahorati tahlil etishda foydalanilgan (2021 yil 22 sentyabrdagi 20-24/241-son ma’lumotnoma). Natijada bu eshittirishlarning mazmunini ilmiy jihatdan boyitishga muvaffaq bo‘lingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish