Djamaldinova Shaxlo Obloberdievnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Maktab adabiy ta’limida xalq og‘zaki ijodi namunalarini muammoli metod asosida o‘rganish yo‘llari” (5–9-sinflar misolida), 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (o‘zbek tili) .
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Ped1646.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
Ilmiy rahbar: Husanboeva Qunduzxon Parpalievna, pedagogika fanlari doktori, dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Niyozmetova Roza Xasanovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Qodirov Valijon Abduraxmonovich, pedagogika  fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi 5-9 sinflar adabiyot darslarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini muammoli ta’limdan foydalangan holda o‘rganish metodikasini yaratishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
adabiyot darslarida xalq og‘zaki ijodi namunalari muammoli metoddan foydalangan holda tashkil etilsa, barcha ŭquvchilarning ma’naviĭ kamoloti, bilim olishga bo‘lgan qiziqishlari, ijodiĭ tasavvuri, mustaqil va mantiqiy tafakkur darajasi oshishi mumkinligi isbotlangan;
“Adabiët” darsliklarida berilgan maqollar, topishmoqlar, ertak va dostonlar kabi  xalq og‘zaki ijodi namunalari misolida dars mashg‘ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni tashkil etish metodikasi yaratilgan;
5-sinfda topishmoqlar va ertaklar, 6-sinfda maqollar va qo‘shiqlar, 7-sinfda “Ravshan” dostoni, 8-sinfda “Kuntug‘mish” dostoni va 9-sinfda “Alpomish” dostoni misolida o‘quvchilar oldida muammoli savol va topshiriqlar qo‘yish, muammoli vaziyatlar yaratish va qo‘yilgan muammoning echimini topish metodikasi yaratilgan;
adabiyot darslarida muammoli ta’limdan samarali foĭdalanish uchun 5-9-sinflar ëshidagi ŭsmirlar ruhiĭ holati va intellektual imkoniyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 5-9 sinf o‘quvchilarini  adabiyot darslarida xalq og‘zaki ijodi namunalarini muammoli metoddan foydalanishning, nazariy-amaliy xususiyatlari tadqiqi natijalari asosida:
adabiyot darslarida muammoli ta’limdan samarali foĭdalanish uchun 5–9-sinflar ëshidagi ŭsmirlar ruhiĭ holati va intellektual imkoniyatlari haqidagi, “Adabiët” darsliklarida berilgan xalq og‘zaki ijodi namunalari: maqollar, topishmoqlar, ertak va dostonlar misolida muammoli vaziyatlarni tashkil etish metodikasidan tajriba ishlarini olib borishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 02-02/3-1178-son ma’lumotnomasi). Tajriba ishlarini olib borish jarayonida o‘quvchilardagi muammoli savol va topshiriqlarning echimini topishga bo‘lgan qiziqish, o‘z-o‘zini rivojlantirishga intilish, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish va o‘z fikrini himoya qila olish, hamda ixtisoslik fanlarini o‘qitish, malaka oshirish kurslari, yuqori sinf o‘qituvchilarining dars samaradorligini oshirishga erishilgan;
5-sinfda topishmoqlar va ertaklar; 6-sinfda maqollar va qo‘shiqlar; 7-sinfda “Ravshan” dostoni; 8-sinfda “Kuntug‘mish” dostoni va 9-sinflarda “Alpomish” dostoni misolida o‘quvchilar oldida muammoli savol va topshiriqlar qo‘yish orqali muammoli vaziyatlar yaratish va qo‘yilgan muammoning echimini topish metodikasi yuzasidan kelingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar instituti innovatsion loyixalar markazi tomonidan amalga oshirilgan I-204-4-5 “Ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Samarqand davlat chet tillar instittining 2021 yil 12 avgustdagi 1696/30.02.04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha yuqori sinf o‘quvchilarning fikrlash, mantiqiy tafakkur, muammoli savollar hamda muammoli vaziyatlar echimini topish darajasining o‘sish holati, o‘quvchilarning muammoli vaziyatlar echimini topishga bo‘lgan qiziqishlari, ularning ijodiy tasavvur va tafakkurining rivojlanish darajasini ilmiy tasnif asosida o‘rganilgani o‘zbek va ingliz tili mutaxassislik predmetlaridan axborot-kommunikatsion texnologiyalari asosida virtual resurslar yaratish va o‘quv jarayoniga joriy etishda yetakchi omillardan biri ekanligi haqidagi nazariy ma’lumotlar bilan boyigan;
muammoli savol va topshiriqlar, qo‘yilgan muammoli masalalar o‘quvchilarning mustaqil, tafakkuri va faoliyatini rivojlantirish omili ekanligi asoslangan xulosalardan Xalq ta’limi vazirligi faoliyatida foydalanilgan (Xalq ta’limi vazirligining 2021 yil 20 apreldagi 02-02/3-1178-son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori sinflar adabiyot ta’limida muammoli o‘qitish texnologiyasiga tayanib ish olib borish ijobiy samara berishi aniqlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish