Seitnazarova Guljahan Suxanatdinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yangi davr jurnalistikasida ijodiy mahoratning o‘rni va ahamiyati (Qoraqalpog‘iston matbuoti materiallari misolida», 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Fil915.
Ilmiy rahbar: Mo‘minov Fayzulla Abdullaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, PhD.03/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Teshabaeva Dilfuza, filologiya fanlari doktori, professor; Doniyorov Salim, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq matbuotida yangilanishlar davri va islohotlarning mohiyatini ochib berishda jurnalistlarning ijodiy mahoratining o‘ziga xos jihatlarini aniqlashdan iborat.
II. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq davriy nashrlari faoliyatini yangi davr jurnalistikasi me’yorlari asosida modernizatsiyalash, jurnalist mahoratini yangi pog‘onaga olib chiqadigan raqamli tendensiyalarga jadal moslashtirish hamda asar ta’sirchanligini ta’minlash, auditoriya e’tiborini jalb qilishga doir ijodiy talablar shakllantirilgan;
jurnalistika funksiyalari va prinsiplarining yangi davr jurnalistikasiga xos tasnifi, jurnalistik mahoratda material muammosini to‘g‘ri qo‘yish va uni izchil yoritish, jurnalistik ijod psixologiyasi va auditoriya tomonidan axborotni qabul qilish imkoniyatlari, jurnalistik materialning hujjatliligi, badiiyligi hamda publisistliligi, vatanparvarlik tamoyili, baynalmilallik kabi strategik yondashuvlarning ahamiyati dalillangan;
media yo‘nalishlarining zamonaviy modifikatsiyasi va G‘arbdagi «yangi jurnalistika»ning o‘ziga xos xususiyatlarini tahririyat ijodiga joriy etish davriy nashrlar kontenti va reytingini ko‘tarishning samarali usuli ekanligi, qoraqalpoq matbuotida chop etilgan materiallarning sifat ko‘rsatkichlari, salmog‘i, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolarni ko‘rsatib berish va tanqid qilishda jurnalistik taktikaning oldingi davrlarga nisbatan farq qilishi, an’anaviy jurnalistik matn tuzishda faktlarni argumentatsiyalash va uning interpretatsiyasi, axborot etkazish uslubi, so‘z va til birliklaridan foydalanish mahorati hamda janr imkoniyatlarining kengaygani dalillangan;
mediakonvergensiya sharoitida jurnalistik asar kontenti sifatini yaxshilash, OAV xodimlari va jurnalistlarning kasbiy kompetensiyasi, ijodiy mahoratini oshirish bo‘yicha mavzuiy va texnologik, shakliy va mazmunni taqdim etishda tahririyatlar faoliyati muhim ahamiyat kasb etishi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Yangi davr jurnalistikasida ijodiy mahoratning o‘rni va ahamiyatinining qoraqalpoq matbuoti materiallari asosidagi tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar, ilmiy xulosalar, amaliy taklif va tavsiyalar asosida:
jurnalistikaning yangi davri va milliy OAVning yangilanishlar jarayonida jurnalistlarning o‘rni va ijtimoiy mavqei, matbuotning islohotlar mazmuni va ahamiyatini ochib berishdagi xizmati bo‘yicha tahlillaridan Qoraqalpog‘iston OAV xodimlari va jurnalistlar faoliyatida keng foydalanilgan (O‘zbekiston jurnalistlari ijodiy uyushmasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2021 yil 28 iyuldagi 41-son ma’lumotnomasi). Natijada, qoraqalpoq davriy nashrlari faoliyatini yangi davr jurnalistikasi me’yorlari asosida modernizatsiyalash, jurnalist mahoratini yangi pag‘onaga olib chiqadigan raqamli tendensiyalarga jadal moslashtirishga xizmat qilgan;
matbuotda chop etilayotgan asarlar jurnalistik faoliyatning asosiy prinsip va funksiyalari talablariga mosligi, hozirgi zamonaviy jurnalistika qaysi prinsiplar asosida ish olib borishi va qanday funksiyalarni bajarishi lozimligi bo‘yicha olingan xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining nashrlari - “Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyati tomonidan ilmiy-amaliy manba sifatida qo‘llanilgan (“Yangi O‘zbekiston” va “Pravda Vostoka” gazetalari tahririyatining 2021 yil 16 iyuldagi 112-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi davr jurnalistikasi nuqtai nazaridan jurnalistika funksiyalari va prinsiplarining yangi tasnifi tahririyatning ijodiy faoliyatiga keng joriy etilgan;
tahririyatning ijodiy faoliyatni samarali tashkil qilish va auditoriya talablariga mos ravishda faoliyat yuritishga oid fikr-mulohazalaridan Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining faoliyatida foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2021 yil 19 iyuldagi 01-02/368-son ma’lumotnomasi). Natijada, Qoraqalpog‘iston teleradiokanalining «Xabar bag‘darlamalar Bas redaksiyasi», «Jәmiyetlik-siyasiy hәm sotsial-ekonomikaliq bag‘darlamalar Bas redaksiyasi» va «Saz-sәo‘bet hәm keo‘il ashar bag‘darlamlar Bas redaksiyasi» tahririyatlari tomonidan tayyorlanadigan ko‘rsatuvlar va eshittirishlarning sifatini oshishi va teleradio materiallari mazmunini yangilanishlar jarayoniga hamohang boyitilishiga asos bo‘lgan;
qoraqalpoq matbuotida chop etilgan materiallarning sifat ko‘rsatkichlari, salmog‘i, jamiyatdagi mavjud ijtimoiy muammolarni ko‘rsatib berish va tanqid qilishda jurnalistik taktikaning oldingi davrlarga nisbatan farq qilishi, an’anaviy jurnalistik matn tuzishda faktlarni argumentatsiyalash va uning interpretatsiyasi, axborot etkazish uslubi, so‘z va til birliklaridan foydalanish mahorati va janr imkoniyatlarining kengayganiga oid xulosalaridan Qoraqalpog‘iston matbuoti va ommaviy axborot vositalari faoliyatida keng foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasining 2021 yil 27 iyuldagi BK-01-325-son ma’lumotnomasi) va (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va Vazirlar Mahkamasining nashrlari - “Erkin Qaraqalpaqstan” va “Vesti Karakalpakstana” gazetalari tahririyatining 2021 yil 28 iyuldagi 90-son ma’lumotnomasi). Natijada, OAV xodimlari va jurnalistlarning kasbiy kompetensiyasi, ijodiy mahoratini oshirish bo‘yicha mavzuiy va texnologik, shakliy va mazmunni taqdim etishda tahririyatlar faoliyatiga doir konsepsiya va amaliy tavsiyalari qoraqalpoq davriy nashrlar kontenti sifatini oshirish va reytingini yanada ko‘tarishda manba vazifasini bajargan.