Saydamatov Farxod Rajabovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Maktab geografiya ta’limida ekologik o‘lkashunoslik vositasida o‘quvchilarning ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish metodikasi”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (geografiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.3.PhD/Ped68.
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Ilmiy rahbar: Avazov Sherimmat, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti,  DSc.03/30.04.2021.Ped.82.03.
Rasmiy opponentlar: Raximov Atanazar Karimovich, pedagogika fanlari doktori, dotsent; Boymirzaev Karimjon Mirzaxmedovich, geografiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi maktab geografiya ta’limi jarayonida ekologik o‘lkashunoslik vositasida o‘quvchilarning ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geografiya ta’limi mazmuni o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishga doir o‘quv materiallari bilan analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash, umumlashtirish, xulosalash kabi o‘quv maqsadlariga uyg‘un tarzda gorizontal va vertikal boyitib borish algoritmi geografik muhitga hissiy-qadriyatli munosabat tizimini qaror toptirish orqali takomillashtirilgan;
maktab geografiya ta’limi orqali o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish tuzilmasi motivatsion, kognitiv, refleksiv, jarayonli tarkibiy asoslarning bilishga qiziqish, ijodiy topqirlikka intilish, empirik va nazariy bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini tahlil qilish va baholash, mantiqiy operatsiyalarga asoslangan ko‘nikmalarni o‘zlashtirish kabi ko‘rsatkichlar bilan bevosita va bilvosita qayta aloqaga kirishish darajasi validligini belgilash orqali aniqlashtirilgan;
ma’rifiy ekologik o‘lkashunoslik vositasida o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish modelining texnologik komponentini  loyihalash, o‘quvchilarning mashg‘ulotlarga ijodiy yondashuvini (kombinatsion, innovatsion va tadqiqiy ijodkorlik) ta’minlash, mashg‘ulotlarning borishi va natijalarini monitoring qilish, o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish samaradorligini ta’minlaydigan metodik shart-sharoitlarning produktivlik jihatini optimal hisobga olish asosida takomillashtirilgan;
geografiya ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirish metodikasining lokal-modulli darajasi ekoo‘lkashunoslikning adabiy, kartografik, statistik, anketa so‘rovi, dala tadqiqoti metodlari va tavsiflash, sabab-oqibat bog‘lanishini o‘rnatish, modellashtirish, loyihalash, baholash, prognozlash kabi metodik usullarini fakul`tativ va to‘garak mashg‘ulotlarida variativ qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Maktab geografiya ta’limida ekologik o‘lkashunoslik vositasida o‘quvchilarning ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
geografiya ta’limi mazmunini o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirishga doir o‘quv materiallari bilan analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash, tasniflash, umumlashtirish, xulosalash kabi o‘quv maqsadlariga uyg‘un tarzda gorizontal va vertikal boyitib borish algoritmini geografik muhitga hissiy-qadriyatli munosabat tizimini qaror toptirish mantiqiga ustuvorlik berish asosida aniqlashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan A-1-230. “Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” darsligi va “Ekologik o‘lkashunoslik” o‘quv-metodik qo‘llanmasini tayyorlash” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02-07-2267/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, ekologik o‘lkashunoslik vositasida geografiya ta’limida o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish samaradorligini oshirishga erishilgan;
maktab geografiya ta’limi orqali o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish tuzilmasini motivatsion, kognitiv, refleksiv, jarayonli tarkibiy asoslarning bilishga qiziqish, ijodiy topqirlikka intilish, empirik va nazariy bilimlarga egalik, o‘z-o‘zini tahlil qilish va baholash, mantiqiy operatsiyalarga asoslanga ko‘nikmalarni o‘zlashtirish kabi ko‘rsatkichlar bilan bevosita va bilvosita qayta aloqaga kirishish darajasi validligini belgilash orqali aniqlashtirish, ma’rifiy ekologik o‘lkashunoslik vositasida o‘quvchilarda ijodiy faoliyat tajribasini shakllantirish modelining texnologik komponentini takomillashtirishga doir amaliy taklif va tavsiyalardan   YoA-1-OT-0-80469. “Yoshlarda atrof olamdagi tartib va tarkibiy tuzilish mukammalligini his etish qobiliyatini rivojlantirishning nazariy hamda amaliy imkoniyatlarini tatbiq etish” (2015-2017 yy.) amaliy loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (Toshkent davlat pedagogika universitetining 2021 yil 10 sentyabrdagi 02-07-2267/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, geografiya ta’limida o‘quvchilarning ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirishda ijodiy topshiriqlar tizimidan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
geografiya ta’limida ekologik o‘lkashunoslik vositasida o‘quvchilarning ijodiy faoliyati tajribasini shakllantirish metodikasining lokal-modulli darajasini ekoo‘lkashunoslikning adabiy, kartografik, statistik, anketa so‘rovi, dala tadqiqoti metodlari va tavsiflash, sabab-oqibat bog‘lanishini o‘rnatish, modellashtirish, loyihalash, baholash, prognozlash kabi metodik usullarini mualliflik fakul`tativ va to‘garak mashg‘ulotlarida variativ qo‘llashning didaktik imkoniyatlarini kengaytirish orqali takomillashtirishga doir taklif va mulohazalardan “Oʻzbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRK “O‘zbekiston” teleradiokanali DUKning 2021 yil 18 avgustdagi    02-40-1329-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy o‘rta ta’lim maktabi tabiiy fanlar o‘qituvchilarining metodik kompetentligini oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish