Lokteva Lyubov` Mixailovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonda parvovirus infeksiyaning klinik ko‘rinishlarini va differensial tashxisotini baholash», 14.00.10 – Yuqumli kasalliklar (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.Phd/Tib635.
Ilmiy rahbar: Musabaev Erkin Isakovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami:  Toshkent tibbiyot akademiyasi, Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.01.
Rasmiy opponentlar: Xudaykulova Gulnara Karimovna, tibbiyot fanlari doktori, dotsent; Ibadova Gulnara Alievna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Toshkent shahri misolida bolalarda parvovirus V19 infeksiyasining klinik-laborator ko‘rinishlarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
allergologiya va kardiorevmatologiya bo‘limlariga yotqizilgan bemorlarda toshmalar va artrit shakllanishida parvovirus V19 ning etiologik roli mavjudligi isbotlangan;
parvovirus V19 infeksiyasining 4-7 va 8-14 yoshdagi bolalar guruhida ustunlik qilishi aniqlangan;
ilk bor parvovirus V19 infeksiyasining klinik kechishi va laborator ko‘rsatkichlarining o‘zgarishi aniqlangan;
parvovirus infeksiyasi V19 ni erta tashxislash uchun PZR ni joriy etish zarurligi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Parvovirus V19 infeksiyasining klinik va laborator xususiyatlarini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalariga asoslanib:
parvovirus V19 infeksiyasi tashxisotini takomillashtirish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishlab chiqilgan «Parvovirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni kuzatish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2019 yil 30 dekabrdagi 8n-r/614-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma parvovirus V19 infeksiyasi bilan kasallangan bemorlarni tashxislash va o‘z vaqtida davolash uchun choralarni qo‘llashga xizmat qilgan;
parvovirus V19 infeksiyasining klinik va laborator xususiyatlarini o‘rganishda olingan natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, 1-sonli shahar bolalar klinik kasalxonasida va Toshkent shahridagi ToshPTI klinikasi shifoxonalari amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 10 fevraldagi 8-n-9/18-son ma’lumotnomasi). Joriy qilingan natijalar parvovirus V19 infeksiyasini o‘z vaqtida tashxislash, antibakterial, yallig‘lanishga qarshi terapiya yukini bekor qilish, bemorlarni davolash vaqtini qisqartirish va bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga imkoniyat yaratgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish