Karimov Rasulbek Xasanovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Xorazm viloyatida perinatal o‘limning sabablari va patologik anatomiyasi» 14.00.15 – Patologik anatomiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.2.PhD/Tib992.
Ilmiy rahbar: Tursunov Xasan Ziyaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasida.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.04/30.12.2019.Tib.30.03
Rasmiy opponentlar: Mavlyan-Xodjaev Ravshan Shuxratovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Daurexanov Asatoy Mametovich, tibbiyot fanlari doktori, professor. (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Xorazm viloyatida perinatal davrda o‘limga sabab bo‘lgan kasalliklar xavf omillari, patologik anatomiyasini va morfofunksional xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Xorazm viloyatida tumanlar kesimida perinatal o‘lim sabablarini nafas buzilish sindromi, asfiksiya, pnevmoniya, pnevmopatiya, bronxopnevmoniya, homila ichi infeksiyalari tashkil qilganligi, Apgar shkalasi bo‘yicha baholanganda og‘ir asfiksiya bilan tug‘ilish etuklik darajasi bo‘yicha asosan 22-28 haftalikda chala tug‘ilish holatlari bilan bog‘liqligi isbotlangan;
perinatal o‘limda xavf omillari sifatida onaning ekstragenital kasalliklari, tez-tez homiladorlik va tug‘ruqlar, preeklampsiya, homila atrofi suyuqligining kamligi, surunkali homila ichki gipoksiyasi, yo‘ldoshning muddatidan oldin ajralishi, gestoz, kindik tizimchasining homila bo‘yniga o‘ralib qolishi o‘pkaning birlamchi atelektazlari morfologik aniqlanishi bilan asoslangan;
erta neonatal davrda vafot etgan chaqaloqlarda o‘pka pnevmopatiyalarining patologoanatomik xususiyatlari va uchrash chastotasi orasidagi korrelyasion bog‘liqlik isbotlangan;
erta neonatal davrda vafot etgan chaqaloqlarda o‘pka pnevmopatiyalaridagi o‘pka to‘qimasida rivojlangan morfologik o‘zgarishlar makroskopik jihatdan tasdiqlanishi, pnevmopatiya belgilari aniq namoyon bo‘lishi, bunda o‘pkaning bitta yoki bir-nechta bo‘laklarida va ba’zan polisegmentarligi, pnevmopatiyaga xos morfologik belgilar joylashishi isbotlangan;
perinatal o‘limda aniqlangan kasalliklarning asoratlarni rivojlanishni baholash mezonlari takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Perinatal o‘limning patomorfologik xususiyatlarini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
perinatal o‘lim sabablari va patologik anatomiyasini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqotning natijalari asosida ishlab chiqilgan «Perinatal o‘lim sabablarini aniqlashda klinik, morfologik tekshiruv usullari» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 6 maydagi 8n-d/155-son ma’lumotnomasi). Natijada, chaqaloqlarda aniqlangan perinatal o‘lim xolatlari, nafas buzilish sindromi, pnevmoniya, pnevmopatiya kabi kasalliklarni erta tashxislash, davolash tartibini samarli tashkillashtirish imkonini bergan;
perinatal o‘lim sabablari va patologik anatomiyasini asoslash bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Xorazm viloyati patologik anatomiya byurosi, Toshkent tibbiyot akademiyasining Urganch filiali klinikasi amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021 yil 13 dekabrdagi 08-09/19669-son ma’lumotnomasi). Natijada, perinatal o‘lim kasalliklarida chaqaloqlarda nafas buzilish sindromi natijasida rivojlanadigan xavf omillarini erta tashxislash, kasallikning kechishi va asoratlar xavfini o‘z vaqtida baholash, kasallikni davolash va oldini olishga samarali yondoshuvlarni tanlash va bemorlarning xayot sifatini yaxshilash imkonini bergan.