Mamasodikova Nodira Yusubjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Neft mahsulotlari ekstraksiya jarayonini boshqarishning noravshan-to‘plam modellari va algoritmlari», 05.01.08 – «Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T404.
Ilmiy raxbar: Sidikov Isamidin Xakimovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Toshkent davlat texnika universiteti, DSc.03/30.12.2019.T.03.02.
Rasmiy opponentlar: Ismailov Mirxalil Agzamovich, texnika fanlari doktori, professor.
Sapaev Mamatkarim, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: turli noaniqliklar sharoitida neft mahsulotlarini ekstraksiyalash jarayonini intellektual texnologiyalar usullari asosida boshqarishning modellari va algoritmlarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
dinamik ob’ektlarni boshqarish jarayonini intellektuallashning matematik asosi bo‘lgan neyron tarmoqlar va noravshan-mantiq negizida neft mahsulotlarini ekstraksiyalash jarayonining noravshan-mantiqiy gibrid modellari ishlab chiqilgan;
turli strukturali neyron tarmoq modellarini qurish imkoniyati bilan farq qiluvchi umumlashgan-regression neyron tarmoqning adaptiv o‘qitish algoritmi ishlab chiqilgan;
neft mahsulotlari ekstraksiyalash jarayonini xususiyatlarini hisobga olgan holda noravshan-mantiqiy rostlagichning strukturasini va optimal sozlangan parametrlarini aniqlashning samarali algoritmi ishlab chiqilgan;
ob’ekt xossasi va tashqi ta’sirlarning noaniqligi sharoitida neft mahsulotlarini ekstraksiyalash jarayonining texnologik parametrlarini noravshan-mantiqiy boshqarish sistemasini sintezlash algoritmi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Neft mahsulotlarini ekstraksiyalash jarayonining raqamli noravshan-mantiqiy boshqarish sistemasini sintez qilish natijalari asosida:
neft mahsulotlarini ekstraksiyalash jarayonining takomillashgan boshqarish sistemasini tadqiq qilishning noravshan-to‘plam modellari va algoritmlari “Chinoz NQIZ”da joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2021 yil 16 iyundagi 28-1/686 - son ma’lumotnomasi). Natijada, axborotlarni qayta ishlash vaqtini 1,2 % ga kamaytirish hisobiga, jarayonni boshqarishda natijalarni olish va qaror qabul qilishning tezligini 1,6 % ga oshirish imkonini bergan;
tozalangan moy olish jarayonining texnologik parametrlarini optimal qiymatlarini ta’minlovchi raqamli boshqarish sistemasi Chinoz NQIZda joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2021 yil 16 iyundagi 28-1/686- son ma’lumotnomasi). Natijada, “Chinoz NQIZ”da ekstraktorning harorat rejimini nominal qiymatdan og‘ishi 2,2 % ga kamaytirish imkonini bergan;
neyro-noravshan texnologiyalarni qo‘llash asosida ekstraksiyalash jarayonini asosiy boshqariluvchi parametrlarini texnologik reglamentga mos ravishda ushlab turishni ta’minlovchi mikrokontrollerli boshqarish sistemasi “Chinoz NQIZ”da joriy etilgan (“O‘zbekneftgaz” AJ ning 2021 yil 16 iyundagi 28-1/686- son ma’lumotnomasi). Natijada, fenol suyuqligi sarfini 0,7 % ga hamda energiya sarfini 1-2 % ga kamaytirish imkonini bergan.