Il`yasov Azizbek Baxtiyarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Homilada xromosom va genetik kasalliklarni invaziv prenatal usul bilan aniqlash», 14.00.01 – Akusherlik va ginekologiya  (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Tib610.
Ilmiy rahbar: Yusupbaev Rustem Bazarbaevich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi PhD.04/05.06.2020.Tib.114.01.
Rasmiy opponentlar: Eshimbetova Gul`sara Zakirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Djabbarov Ulugbek Uzakovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent pediatriya tibbiyot instituti.
Dissertatsiyaning yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: homilada xromosom va gen kasalliklarini prenatal tashxislash usullarini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor irsiy kasalliklar rivojlanishi bo‘yicha ul`tratovush, biokimyoviy va anamnestik xavf omillarini aniqlashning diagnostik mezonlari takomillashtirilgan; ul`tratovush va biokimyoviy skrining orqali xromosom kasalliklar bilan bolalar tug‘ilishini erta tashxislashning prognostik imkoniyatlari aniqlangan;
ilk bor genetik kasalliklarni tug‘ruqqa qadar erta aniqlashda prenatal diagnostika usullarining sezuvchanligi hamda spesifik jihatlari aniqlangan;
ilk bor operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini kamaytirish maqsadida ul`tratovushli datchik va xolder uchun biopsiya nasadkasidan foydalangan holda biologik materialni yig‘ishning abdominal texnikasi takomillashtirilgan;
ilk bor homilada irsiy genetik patologiyalar rivojlanishining yuqori xavfi bo‘lgan homiladorlarni olib borishning differensial yondashuvi ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Genetik patologiyalarning antenatal diagnostikasini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Gestatsiyaning erta muddatlarida homilada irsiy kasalliklarni qursoq ichida diagnostika qilish bo‘yicha tadqiqotning ilmiy natijalari asosida ishglab chiqilgan «Gestatsiyaning erta muddatlarida homilada irsiy kasalliklarni qursoq ichida diagnostika qilish algoritmi» nomli uslubiy tavsiyanoma tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 23 noyabrdagi 8n-r/456-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy tavsiyanoma homiladorlikning erta muddatlarida xromosom va gen anomaliyalarini prenatal aniklash hamda populyasiyaning genetik yukini engillatish imkonini bergan.
Invaziv prenatal diagnostika usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar amaliy tibbiyotda qo‘llanilib, jumladan Toshkent viloyati perinatal markazi, Qibray tumanidagi tuman tibbiyot birlashmasi klinik amaliyotiga kiritilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 6 dekabrdagi 08-05/19188-son ma’lumotnomasi). Natijada davolab bo‘lmaydigan jiddiy nuqsonlar bilan bolalar tug‘ilishining oldini olish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish