Payziev Shermaxamat Dalievichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qattiq jismli quyosh nuri bilan ishlaydigan neodim lazerlari», 01.04.11–Lazer fizikasi (fizika-matematika fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.2.DSc/FM52.

Ilmiy maslahatchi: Baxramov Sagdilla Abdullaevich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Fizika-texnika instituti, Ion-plazma va lazer texnologiyalari instituti, Samarqand davlat universiteti, DSc.27.06.2017.FM/T.34.01 asosidagi bir martalik ilmiy kengash.

Rasmiy opponentlar: Ashurov Muxsin Xuramovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor, akademik; Kodirov Mumin Kodirovich, fizika-matematika fanlari doktori; Nematov Sherzod Kalandarovich, fizika-matematika fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Milliy universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: qattiq jismli lazer faol muhitlarining optik, termik va mexanik xususiyatlarini hisobga olgan holda, quyosh lazerlari tizimida sodir bo‘ladigan fizik jarayonlar asosida quyosh energiyasini lazer nuri energiyasiga aylantirishning samarali usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

bir necha bor takrorlanadigan qaytish, sinish, yutilish, fotolyuminessensiya jarayonlarini modellashtirishning yangi uslubi ishlab chiqilgan;

birinchi marta Katta Quyosh Pechida nurlanish quvvati 80 Vt bo‘lgan lazerning tajriba namunasi yaratilgan;

yaratilgan kompyuter modeli konsentratsiyalovchi tizimlar sifatlarini kiritgan holda, quyosh yordamida optik damlanadigan lazer tizimlarining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha raqamli tajribalar o‘tkazish imkoni yaratilgan;

Katta Quyosh Pechi va kichik parabolik konsentratorlarda Nd:YAG, Nd:Cr:YAG, Cr:GSGG lazerlarini optik damlashning eng maqbul usuli aniqlangan;

ilk bor Nd:YAG lazerlari samaradorligini 30-32% darajaga etkazish imkonini beruvchi quyosh nuri spektri chastotasini tashqi qayta o‘zgartirgichga asoslangan yangi muqobil yondashuvi ishlab chiqilgan;

Cr:YAG, Se:YAG Cr:GSGG, Cr:LICAF, Ti:Sapfir materiallarini quyosh nuri spektri chastotasida qayta o‘zgartirgich sifatida ishlatish mumkinligi asoslangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Quyosh nuri energiyasini lazer nuri energiyasiga aylantirishning turli mexanizmlarini hamda GaAs kristalli asosidagi passiv zatvorlar yordamida ul`tra qisqa lazer impul`slarini olish imkoniyatlarini tadqiq qilish asosida:  

Katta Quyosh Pechida nurlanish quvvati 80 Vt bo‘lgan lazerning tajriba namunasi yaratilgan (O‘zbekistan Respublikasi Fanlar akademiyasining 2017 yil 24 oktyabrdagi ma’lumotnomasi). Yaratilgan lazer quyosh lazerlariga nisbatan 5 baravar yuqori samaradorlikka erishish va  qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishga asoslangan yangi texnologiyalarni ishlab chiqish imkonini bergan;

Nd3+:YAG, Nd3+:Cr3+:YAG aktiv elementlardan foydalanib konsentratsiyalangan quyosh nuri oqimini lazer nuriga aylantirish bo‘yicha olingan natijalar  xorijiy jurnallarda (Opt. Mater. Express 6, 552-557, 2016, IF : 2.591; International journal of hydrogen energy 39(26), (2014): pp.14227-14233, IF: 3.64;  International Journal of Photoenergy, 2014, IF: 2.37) lazer materiallarining spektroskopik xarakteristikalarini nazariy hisob-kitob qilishda va quyosh energiyasidan foydalanib vodorod olishning yangi usullarini yaratishda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish keramik lazer materiallarning spektroskopik xarakteristikalarining nazariy yo‘l bilan aniqlangan qiymatlarini ishonchliligini, quyosh energiyasidan foydalanib vodorod olish samaradorliligini asoslash kabi muhim natijalarga erishish imkonini bergan;

GaAs kristalli nochiziqli optik xossalarini o‘rganish bo‘yicha ishlab chiqilgan model` va taklif etilgan yangi yondashuvlar xorijiy jurnallarda (Optics and Spectroscopy  119, no. 2 (2015), IF: 0.644;  Optics and Spectroscopy, vol. 115, issue 3 (2013), IF: 0.673; Optics and Spectroscopy 121(5):710-712, 2016, IF: 0.716) passiv sinxronizatsiya jarayonini tadqiq qilishda qo‘llanilgan. Ilmiy natijalardan foydalanish Nd:YAG lazerlarni samarali passiv sinxronizatsiya qilish hamda A3B5 kristallarning optik yutilish koeffisientlarining haroratga bog‘liqligini batafsil tadqiq qilish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish