Do‘stova Surayyo Savronovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
“Hasanmurod Laffasiyning «Tazkirai shuaro» asari va uning qiyosiy-matniy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Fil284.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Dilorom Salohiy, filologiya fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Jizzax davlat pedagogika instituti, PhD.03/04.06.2020.Fil.113.02.
Rasmiy opponentlar: Nafas Nomozovich Shodmonov, filologiya fanlari doktori, professor; Mahmudjon Ochilovich Shoniyozov, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Hasanmurod Laffasiy ilmiy ijodiy biografiyasini yaratish, «Tazkirai shuaro» asarining qo‘lyozma nusxalarini aniqlash, matniy tahlilini amalga oshirish, davrining yondosh tazkiralari bilan qiyoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
«Tazkirai shuaro»ning 12561, 11499, 9494, 213 raqamli qo‘lyozma nusxalari, Bobojonov nashri qiyosi natijasida yuzaga kelgan harflar va so‘zlarning o‘zgarishi, qisqartirilgan baytlar, ko‘p nuqta qo‘yilgan qatorlar, nashrda berilmagan masnaviylar kabi matniy farqlar aniqlangan, shu orqali mazkur qo‘lyozmalarning yig‘ma-qiyosiy matnini tuzishda muallifning so‘nggi tahririga yaqin matnni tiklashdagi ahamiyati belgilangan;
«Tazkirai shuaro» va Xiva adabiy muhitiga oid Tabibiyning «Majmuai si shuaroi payravi Feruzshohiy», Bobojon Tarroh Xodimning «Xorazm shoir va navozandalari» tazkiralaridagi shoirlarning soni, ularning asarga kiritilishi, tazkira tuzilishi, she’riy janrlar, namuna she’rlarning berilishi va ma’lumotlardagi farqlar qiyosi amalga oshirilgan;
Tabibiy va Xodim asarlari qiyosi orqali Laffasiyning o‘zbek adabiyotida Alisher Navoiy tomonidan boshlab berilgan tazkira janrining davomiyligi, an’anasini davom ettirishdagi asarni turkiy tilda yaratgani, ko‘proq turkiy ijodkorlarning namunalarini berishi, ayol ijodkorlarning faoliyatini yoritishni reja qilgani kabi o‘ziga xos va tazkiranavislik qonuniyatlariga o‘xshash, tazkira tuzish an’anasi qoidasi bo‘yicha mushtarak jihatlari ko‘rsatilgan;
«Tazkirai shuaro»ning qo‘lyozma nusxalari va nashri asar nomi, muallifi, boshlanishi, oxiri, tarkibiy tuzilishi, matnning to‘liqligi, nusxani ko‘chirgan kotib, ko‘chirilgan yili, o‘rni, qo‘lyozma nusxaning o‘lchami, varaqlar soni, muqovasi, siyohi, qog‘ozi, yozuv turi, muhr va bezaklari, satrlar soni, poygirlarning qo‘yilishi va saqlanish holati kabi kitobat xususiyatlari dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Hasanmurod Laffasiyning «Tazkirai shuaro» asari va uning qiyosiy-matniy tadqiqi bo‘yicha olingan natijalar asosida:
Hasanmurod Laffasiyning qo‘lyozma va arxiv materiallari asosida ilmiy biografiyasi yaratilgan, ijodkor sifatida yozib qoldirgan adabiyotshunoslik va tarixiy asarlarining nomlanishiga oid ma’lumotlari hamda qo‘lyozmalar fondlaridagi ijodiy merosi manbalari haqidagi xulosalardan O‘zR FA QQA Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2017-2020 yillarda amalga oshirilgan FA-F1-OO5 «Qoraqalpoq fol`klorshunosligi va adabiyotshunosligi tarixini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental ilmiy loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 1 iyundagi 17.01/207-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental tadqiqot loyihasi XIX asr oxiri va XX asr boshlari Xiva adabiy muhiti, unda yashab ijod etgan Laffasiy va qoraqalpog‘istonlik ijodkorlardan Haqiriy, Inoyat kabi shoirlarning biografiyasi va asarlariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan;
«Tazkirai shuaro»ning qo‘lyozma nusxalari va nashri asar nomi, muallifi, boshlanishi, oxiri, tarkibiy tuzilishi, matnning to‘liqligi, nusxani ko‘chirgan kotib, ko‘chirilgan yili, o‘rni kabi ilmiy xususiyatlari, shuningdek, qo‘lyozma nusxaning o‘lchami, varaqlar soni, muqovasi, siyohi, qog‘ozi, yozuv turi, muhr va bezaklari, satrlar soni, poygirlarning qo‘yilishi va saqlanish holati kabi kitobat xususiyatlari to‘g‘risidagi natijalaridan O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida bajarilgan PZ-20170925213 raqamli «O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida saqlanayotgan qo‘lyozma devonlar katalogini tuzish» nomli amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining 2020 yil 26 oktyabrdagi 297-son ma’lumotnomasi). Natijada katalogdagi XIX asr oxiri XX asr boshlari Xiva adabiy muhitida yashab ijod etgan xorazmlik ijodkorlar biografiyasi va asarlariga oid ma’lumotlar ko‘lamini kengaytirish imkoni yuzaga kelgan;
«Tazkirai shuaro»ning 12561, 11499, 9494, 213 raqamli qo‘lyozma nusxalari, Bobojonov nashri qiyosi natijasida yuzaga kelgan harflar va so‘zlarning o‘zgarishi, qisqartirilgan baytlar, ko‘p nuqta qo‘yilgan qatorlar, nashrda berilmagan masnaviylar kabi matniy farqlar aniqlangan, shu orqali mazkur qo‘lyozmalarning yig‘ma-qiyosiy matnini tuzishda muallifning so‘nggi tahririga yaqin matnni tiklashdagi ahamiyati to‘g‘risidagi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2012-2016 yillarda bajarilgan F1-FA-0-43429, FA-F1, GOO2 «Qoraqalpoq fol`klori va adabiyoti janrlarining nazariy masalalarini tadqiq etish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2021 yil 1 iyundagi 17.01/207-son ma’lumotnomasi). Natijada fundamental loyihalar «Tazkirai shuaro»ga kiritilgan g‘azal janrining nazariy asoslariga tayangan holda yaratilgan go‘zal va falsafiy g‘azallar hisobiga hamda ularni qiyosiy tahlil qilish jarayoni bilan boyigan;
Tabibiy va Xodim asarlari qiyosi orqali Laffasiyning o‘zbek adabiyotida Alisher Navoiy tomonidan boshlab berilgan tazkira janrining davomiyligi, an’anasini davom ettirishdagi asarni turkiy tilda yaratgani, ko‘proq turkiy ijodkorlarning namunalarini berishi, ayol ijodkorlarning faoliyatini yoritishni reja qilgani kabi o‘ziga xos va tazkiranavislik qonuniyatlariga o‘xshash, tazkira tuzish an’anasi qoidasi bo‘yicha mushtarak jihatlari haqidagi fikrlaridan Toshkent davlat pedagogika universitetida bajarilgan ITD-1-098 raqamli «Yoshlar ma’naviyatini shakllantirishda Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlarining o‘rni va ahamiyati» mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2020 yil 12 avgustdagi 02-07-1407/04-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning amaliyotga joriy etilishi, Alisher Navoiy adabiy-pedagogik qarashlari, tazkiranavislikning XX asr Xorazm adabiy muhitidagi izchil davomiyligiga oid xulosalarga erishilgan;
«Tazkirai shuaro» va Xiva adabiy muhitiga oid Tabibiyning «Majmuai si shuaroi payravi Feruzshohiy», Bobojon Tarroh Xodimning «Xorazm shoir va navozandalari» tazkiralaridagi shoirlarning soni, ularning asarga kiritilishi, tazkira tuzilishi, she’riy janrlar, namuna she’rlarning berilishi va ma’lumotlardagi farqlar qiyosi to‘g‘risidagi natijalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali ijodkorlari tomonidan «Buyuk yurt allomalari» ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi «Madaniyat va ma’rifat» telekanali DUKning 2019 yil 11 sentyabrdagi 02-16/384-son ma’lumotnomasi). Natijada adabiyot ixlosmandlari bo‘lgan tomoshabinlar uchun yangi ma’lumotlar taqdim etilgan, ularda ma’naviy merosimizdan faxrlanish tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qilgan.