Tursunov Asror Allanazarovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Markaziy Osiyo davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining madaniy aloqalari tarixi (1991-2019 yy.)”, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: V.2021.1.PhD/Tar489.
Ilmiy rahbar: Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti, PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: Choriev Ahmad Xuvaevich, tarix fanlari doktori, professor; Ernazarov Fayzulla Narzullaevich, tarix fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991-2019 yillarda davomida madaniy sohada olib borgan hamkorlik faoliyati va bu sohadagi jarayonlar mohiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Markaziy Osiyodagi barqarorlik, hamjihatlik va mustaqil taraqqiyot uchun siyosiy huquqiy asos yaratilgani, mintaqaviy integratsiyaning to‘la shakllanishi uchun qardosh davlatlar o‘rtasida keng ko‘lamdagi madaniy aloqalarning hamda xalq diplomatiyasining o‘zaro hamkorlik uchun muhimligi asoslangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o‘zaro hamkorligi bir tekis rivojlanmagani, zamonaviy bosqichda mamlakatimizning Markaziy Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalarining yo‘lga qo‘yilishi, rivojlanish dinamikasi va ayrim muammolari davriy kesimda dalillangan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan olib borgan ta’lim va ilmiy-texnikaviy hamkorliklarining o‘ziga xos xususiyatlari, mavjud yutuq va muammolar, ularning davlatlar ma’naviy rivojidagi ahamiyati hamda istiqbolli yo‘nalishlari ochib berilgan;
madaniy aloqalarni mustahkamlash omillari va yo‘nalishlari, madaniyat kunlari, turizmni, ayniqsa, madaniy ma’rifiy va ziyorat turizmini rivojlantirishda O‘zbekistonning boy imkoniyatlarini ko‘zda tutgan holdagi mintaqaviy hamkorlik barcha davlatlar uchun manfaatli ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Markaziy Osiyo davlatlari bilan O‘zbekiston Respublikasining 1991-2019 yillarda madaniy aloqalarining shakllanish va rivojlanish tarixiga oid ishlab chiqilgan ilmiy natijalar va amaliy takliflardan:
Markaziy Osiyodagi barqarorlik, hamjihatlik va mustaqil taraqqiyot uchun siyosiy huquqiy asos yaratilgani, mintaqaviy integratsiyaning to‘la shakllanishi uchun qardosh davlatlar o‘rtasida keng ko‘lamdagi madaniy aloqalarning hamda xalq diplomatiyasining o‘zaro hamkorlik uchun muhimligi kabi xulosalardan Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi faoliyatida, xususan, “Viloyatda tashkil etilayotgan yangi turistik ob’ektlar va maskanlarni o‘rganish hamda turistik marshrutlarga kirish”da, “Viloyatda etnoturizmga moslashgan mahallalar ro‘yxatini shakllantirish”dagi ish rejalarida hamda 2019 yilning 20-23 mart “II - Xalqaro milliy liboslar” festivali, 2019 yil 1-3 avgust kunlari “Xalqaro Geoturizm Forumi” mavzudagi xalqaro festivalining tashkiliy loyihalarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining 2020 yil 9 avgustdagi 02-16/3779-son ma’lumotnoma). Natijada O‘zbekistonda turizm salohiyatini oshirishda va mazkur sohani rivojlantirishda madaniy aloqalarning ahamiyatini ko‘rsatib berishga erishilgan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlari, so‘nggi yillarda bu yo‘nalishda ro‘y berayotgan ijobiy o‘zgarishlar, turli sohalarda ikki va ko‘p tomonlama aloqalarni yo‘lga qo‘yish borasidagi fikrlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Mavzu” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2020 yil 22 iyuldagi 02-04-742 son ma’lumotnomasi). Natijada O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin aloqalarni yo‘lga qo‘yish nafaqat O‘zbekiston, balki mintaqa va jahon hamjamiyati uchun ham manfaatli ekani ko‘rsatib berilgan;
O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan ta’lim sohasida olib borayotgan hamkorligidagi mavjud muammolar va istiqbolli yo‘nalishlar, madaniy aloqalarni mustahkamlashda turizm, ayniqsa, madaniy-ma’rifiy va ziyorat turizmini rivojlantirishda O‘zbekistonning boy imkoniyatlarini ko‘zda tutuvchi mintaqaviy hamkorlik barcha qo‘shni davlatlar uchun birdek manfaatli ekani to‘g‘risidagi xulosa va tavsiyalardan Qashqadaryo viloyat teleradiokompaniyasining 2019 yil 23 avgust kuni uzatilgan “Mulohaza” radio eshittirishini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2020 yil 15 iyuldagi 01-12-02-28-25 son ma’lumotnomasi). Natijalar ta’lim va turizm sohasida mintaqaviy hamkorlik jarayonlarining bosqichlari, muammolari hamda madaniy aloqalarni yanada kengaytirishda O‘zbekistonning rolini ilmiy asoslashga xizmat qilgan.