Nazarova Dilrabo Tolibjonovnaning
falsafa doktori (Phd) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Yangi tola tarkibli maxsus kiyimbop to‘qima ishlab chiqarish texnologiyasini yaratish», 05.06.02– «To‘qimachilik materiallari texnologiyasi va xomashyoga dastlabki ishlov berish» (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam :B2019.3.PhD/T1342
Ilmiy rahbar: Xamraeva Sanovar Ataevna, texnika fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti, DSc.03/30.12.2019.T.08.01.
Rasmiy opponentlar: Nabieva Iroda Abdusamatovna, texnika fanlari doktori, professor;  Valiev Gulam Nabidjanovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Namangan muhandislik texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yangi tola tarkibli maxsus kiyimbop to‘qimani ishlab chiqarishning resurstejamkor texnologiyasini yaratish, mahsulot raqobatbardoshligini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turli ulushdagi paxta va rogoz tolali aralashmalardan  ishlab chiqarilgan ipdan oxorlash jarayonini qisqartirgan holda, maxsus kiyimbop to‘qima olish texnologiyasi ishlab  chiqilgan;
ilk marta maxsus kiyimbop to‘qima ishlab chiqarish uchun aralashma tarkibli ipdagi paxta va rogoz tolalarining optimal ulushi aniqlangan va asoslangan;
to‘qimani bir vaqtning o‘zida tanda va arqoq yo‘nalishi bo‘yicha bir tekisda deformatsiyalash uchun maxsus asbob yaratilgan hamda mato tuzilishining deformatsiyalashdan keyingi o‘zgarishini hisoblash usuli ishlab chiqilgan;
yangi tarkibli paxta va rogoz tolali aralashma ipdan to‘qima ishlab chiqarish texnologik parametrlari tanda va arqoq iplari bo‘yicha uzish kuchi, ishqalanishga chidamlilik va havo o‘tkazuvchanlikning optimal qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Dissertatsiya tadqiqoti jarayonida olingan natijalar asosida:
yangi tarkibli maxsus kiyimbop to‘qimani ishlab chiqarishda  paxta tolasi bilan rogoz tolasining aralashmasi asosida yangi aralashma tarkibli ip olish Buxoro ko‘zi ojizlar jamiyati qoshidagi korxonada ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O`zto`qimachiliksanoat”uyushmasining 2021 yil 15 noyabrdagi 03/17-3161-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta tolasidan olingan ipga nisbatan 25% ga mustaxkamlik darajasiyuqori bo‘lgan,  sifatli  ip olingan;
yangi aralash tarkibli  maxsus kiyimbop  to‘qima olish texnologiyasi “AL HAKIM PLYUS” MChJkorxonada ishlab chiqarishga joriy etilgan (“O`zto`qimachiliksanoat” uyushmasining 2021 yil 15 noyabrdagi № 03/17-3161-son ma’lumotnomasi). Natijada, yangi aralash  tarkibli maxsus kiyimbop to‘qimalarning ishqalanishga chidamliligini 35,8% ga, uzish kuchini tanda bo‘yicha 25,1% ga, arqoq bo‘yicha 30,2% ga yuqori, havo o‘tkazuvchanligini 34,2% ga oshishiga erishilgan va mahalliy korxonalarda ichki va eksportga yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish